Roberto Baggio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Roberto Badjo (italyancha: Roberto Baggio;)-italiyalik futbolchi.1967-yil 18-fevralda Italiyaning Venesiya shahridagi Kaldonoda tavallud topgan.U hujum ortida va hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonda to'p suradi.Badjo o'z sport faoliyatini 1082-2004-yillar oralig'ida Italiyada o'tkazgan.U yerda "Vichensa" ,"Fiorentina","Yuventus", "Milan","Bolonya","Inter","Breshia" klublarida o'ynagan.U terma jamoa safida 1990,1994 va 1998-yilllardagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan.

1993-yilda Jahon va Yevropaning eng yaxshi futbolchisi,1992/93-yilgi UEFA kubogi g'olibi,1994-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori,1990-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori,1994/95 va 1995/96-yillarda Italiya chempioni,1994/95-yilgi Italiya kubogi g'olibi bo'lgan.Uchta Jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchi.

2000-yilda FIFA tomonidan o'tkazilgan internet so'rov natijalariga ko'ra XX-asrning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatida 4-o'rinni egalladi (Maradona,Pele,Eysebiodan keyin).2004-yilda FIFA 100 ro'yxatiga kirdi.World Soccer jurnaliga ko'ra XX-asrning eng buyuk futbolchilari ro'yxatiga kiritilgan.[1][2]

Futbolchilik faoliyatini tugatgach,xayriya ishlari bilan shug'ullana boshlagan.2002-yildan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining yaxshi niyat elchisi.[3] 2010-yilgi Jahon tinchlik mukofoti sovrindori.[4]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roberto Badjo Fiorindo va Matilda Badjoning 7 ta farzandidan iborat oilasida tavallud topdi.

U futbolchilik faoliyatini 1981-yilda "Vichensa" klubida boshlagan.Uni futbolchi sifatida payqagan skaut Antonio Moroga minnatdorchilik bildirgan.1982/83-yilgi mavsumni B seriyada "Vichensa"ning asosiy tarkibida boshlagan.[5]

1985-yil uni Florensiyaning "Fiorentina" klubi sotib oldi va klubdagi faoliyati davomida Roberto Badjo muxlislar orasida katta shuxrat qozondi va uni klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida hurmat qilishdi.1990-yilda u "Yuventus"ga 25 milliard italyan lirasiga[6] sotildi.Bu o'sha paytdagi rekord transfer edi."Fiorentina" muxlislari noroziliklariga javoban Badjo shunday dedi: "Men taklifni qabul qilishga majbur bo'ldim".

"Yuventus" tarkibidagi Badjo.

1993-yili u o'zining ilk Yevrokubogini qo'lga kiritdi.Ya'ni "Yuventus" safida UEFA kubogini yutishdi.Uning o'yini unga jahonning eng yaxshi futbolchisi va Yevropaning yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Badjo 1994/95-yilgi mavsumda "Yuventus" bilan o'zining ilk Italiya chempionligini qo'lga kiritdi.Keyin bosh murabbiy Marchello Lippi bilan mojarodan bo'lib o'tdi va Badjo "Milan"ga sotib yuborildi.O'zining ilk mavsumida yangi klubiga mamlakat chempioni bo'lishga yordam berdi va ketma-ket ikki yil boshqa jamoalarda mamlakat chempioni bo'lgan ilk futbolchiga aylandi.

1997-yili Badjo "Bolonya"ga o'tdi.Hammaga uni erta hisobdan chiqargani uchun isbotlamoqchi bo'ldi va bir mavsumda 22 ta gol urdi.Shu yutuqlari sabab 1998-yilgi Jahon chempionatiga Janfranko Zola o'rniga Italiya terma jamoasi safida qatnashish huquqini oldi.

1998-yilgi Jahon chempionatidan so'ng Milanning "Inter" klubi bilan shartnoma imzoladi.Birinchi mavsumi muommosiz o'tdi.Bir yil o'tib klubga "Yuventus"dan beri til topisha olmayotgan murabbiy Marchello Lippi keldi.Bu esa klub bazasida undan keyin terma jamoadagi o'rnini yo'qotishiga olib keldi.Keyinchalik Badjo o'z tarjimai holida Lippi "Inter" futbolchilarining u haqida salbiy gapirganini murabbiyga ko'rsatishdan bosh tortgani uchun e'tibordan chetda qoldirilganini yozgan.Klubning ga'labalar tarixiga oxirgi hissasini Yevropa Chempionlar Ligasining so'nggi yo'llanmasi uchun o'yinda "Parma" darvozasiga ikki goli bilan yordam berdi.Umuman olganda Roberto Badjo "Inter"dagi faoliyati davomida 58 ta o'yin o'tkazib,15 ta gol urgan.

"Inter"da ikki yil faoliyat yuritgach unchalik mashxur bo'lmagan "Breshia" klubiga o'tdi.Jiddiy jaroxatiga qaramay mavsum oxirigacha tuzalib ketdi.Biroq u terma jamoa bosh murabbiyi Jovanni Trapattoni tomonidan 2002-yilgi Jahon chempionati uchun tarkibga kiritilmaydi.Muxlislar va mutaxassislar bu qaror uchun uni tanqid qilishadi.Italiya barcha katta rejalarga qaramay chorak finalga ham chiqa olmadi.

Badjo 2004-yilgacha "Breshia"da o'ynadi va u yerda faoliyatini yakunladi.U oxirgi o'yinini 2004-yil 16-may kuni "San-Siro"da "Milan"ga qarshi o'tkazdi."Breshia" murabbiyi Janni de Byazi 88-daqiqada uni zaxiradan maydonga tushirdi va muxlislar bilan to'lgan stadion uni qarsaklar bilan tabriklashiga imkon berdi.Faoliyati davomida Roberto Badjo A seriyada 205 ta gol urdi.Bu uni musobaqa tarixida yettinchi to'purarga aylandi.Undan oldinda faqat Silvio Piola,Gunnar Nordal,Juzeppe Meassa,Xose Altafini,Franchesko Totti va Antonio Di Natale bor edi.

Afsonaviy futbolchi o'zining 300-golini 2002-yil 16-dekabrda "Breshia" mezbonligidagi "Pyachensa"ga qarshi o'yinda urdi.U faqat Piola (364) va Meassa (338)dan ortda qolgan holda 50 yildan oshiq vaqt mobaynida bu ko'rsatkichga erishgan birinchi futbolchi bo'ldi.

Badjoning 10-raqamli futbolkasi "Breshia"da abadiy Badjoniki bo'lib qoldi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U terma jamoadagi birinchi o'yinini 1988-yil 16-noyabrda Gollandiya terma jamoasiga qarshi Rimda o'tkazdi.Oxirgi o'yinini esa 2004-yil 28-aprelda Ispaniyaga qarshi Genuyada o'tkazdi.

1994-yilgi Jahon chempionatida Italiya terma jamoasida o'ynagan vaqtdagi Badjoning futbolkasi.

1998-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa bosh murabbiyi Chezare Maldini ikki mashxur hujumkor futbolchilari Roberto Badjo va Aleksandro del Pero bitta tarkibda maydonga tushishini xoxlamasligini aytdi: "Ularning bir vaqtda maydonda paydo bo'lishi mening taktik sxemalarimga to'g'ri kelmaydi".Badjoning o'zi esa-"Maldinining taktikasiga ko'ra Del Pero aniq birinchi.Agar men maydonga tushsam hursand bo'laman.Agar zahirada o'tirsam shunchaki hursand bo'lishim kerak".1998-yilgi Jahon chempionati ilk ikki o'yini Chili va Kamerunga qarshi baxslarda Roberto Badjo asosiy tarkibda maydonga tushdi (sababi jarohatdan keyin tiklanish jarayonidagi Del Pero edi).Chili bilan o'yinning ohirgi 5 daqiqasida Badjo tomonidan amalga oshirilgan penaltidan gol italyanlarni mag'lubiyatdan asrab qoldi.Kamerunga qarshi o'yinning 65-daqiqasida Del Pero Badjoning o'rniga maydonga tushganda hisob italyanlar foydasiga 1:0 bo'lib turgandi.Qolgan 25 daqiqada Del Pero hech narsa qilmasada italyanlar yana ikki bor gol urishdi.Biroq Chezare Maldini guruxning uchinchi o'yini bo'lgan Avstriyaga qarshi baxsda Del Peroni boshlang'ich tarkibda maydonga tushirdi va Badjo zaxirada qoldi.Del Pero golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsada 72-daqiqada Badjoga almashtirildi.Badjo asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa qolganda gol urdi va italyanlar g'alaba qozondi.Nimchorak finalda Norvegiyaga qarshi baxsda esa Badjo zaxirada qoldirildi va xatto zaxiradan ham tushirilmadi.Italyanlar juda ishinchsiz o'ynab 1:0 hisobda g'alaba qozonib chorak finalga chiqishdi.Chorak finalda Fransiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda yana Badjo o'rniga Del Pero tushdi.Del Pero terma jamoa yetakchi hujumchisi rolini yana uddalay olmadi va 67-daqiqada Badjoga o'rnini bo'shatib zaxiraga yo'l oldi.Bu almashtirish Italiyaning ustunligini o'yinda oshirdi va Badjo Fabiyen Bartez darvozasiga juda qulay vaziyatda gol ura olmadi.Durangdan so'ng Italiya penaltilar seriyasida Fransiyaga mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi.Keyinroq Maldini Badjodan u munosib bo'lgan asosiy tarkibga qo'ymagani uchun uzr so'radi.1998-yilgi Jahon chempionatida Badjo va Del Pero bir daqiqa ham birga o'ynashmadi.Hamma qaysi biri yaxshiroq edi deb baxslashayotganda markaziy hujumchi Kristian Vieri 5 ta gol urdi.

Terma jamoa safida 56 ta o'yinda 27 ta gol urib,terma jamoa tarixida sermahsullik bo'yicha beshinchi o'rinni egalladi.U birdaniga 3 ta jahon chempionatida gol urgan yagona futbolchidir.Jahon chempionatlarida 9 ta goli bilan Italiya terma jamoasi tarixida Kristian Vieri va Paolo Rossi bilan birga eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.

Italiya terma jamoasi uchun jahon chempionatlarida 16 ta o'yin o'tkazdi.U bir necha bor qarshi o'ynagan terma jamoa bu Irlandiya edi.1994-yilgi jahon chempionatida butun musobaqa bo'yicha eng yaxshi o'yinchi bo'lib turgan Badjo finalda Braziliyaga qarshi baxsda esa penaltilar seriyasidagi eng so'nggi zarbani berdi.Bu zarba noaniq ketdi va Italiya chempionlikni Braziliyaga topshirdi.Bitta shu zarba keyinchalik Badjoni oldingi obro'sini qaytarib olishiga qiyinchiliklar olib keldi.

Faoliyatini tugatgandan so'ng[tahrir | manbasini tahrirlash]

"San-Siro" muzeyidagi Roberto Badjoni butsilari

Badjo xayrlashuv o'yini 2004-yil 28-aprelda Ispaniyaga qarshi o'tkazdi.

Uning avtobiografik asari "Osmondagi to'p" yoki "Darvoza" asarida murabbiylar bilan ko'plab mojarolar haqida so'z boradi.

Badjoning "Ilohiy dum" nomi bilan tanilgan soch turmagi futbolchining dini bilan bog'liq.

2007-yil 18-fevralda 40 yoshga to'lgan kunida muxlislar bilan muloqot qilish uchun yangi veb-sayt ochdi.

2010-yilning yozida Italiya terma jamoasining navbatdagi jahon chempionatida nursiz o'yinidan so'ng u Italiya futbol federatsiyasiga yoshlar bilan ishlash va yangi iste'dodlarni izlash uchun mas'ul bo'lgan texnik direktor lavozimiga keldi.

2011-yil 18-iyulda Badjo Pro Liga (sobiq C seriya) klublarida murabbiylik qilish huquqini beruvchi 2-toifali professional murabbiylik litsenziyasini oldi.Bu litsenziya unga A va B seriya klublarida ikkinchi murabbiy bo'lib ishlash yoki Italiya yoshlar chempionatida ishtirok etuvchi klublarni boshqarishi mumkin edi.[7][8][9]

2012-yil 5-iyulda Koverchano shahridagi mutaxassislarni tayyorlovchi markazda to'qqiz oylik kursni tamomlagach Badjo imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi.Shundan so'ng UEFA Pro litsenziyasini qo'lga kiritdi.Bu litsenziya jamoalarda ishlovchi eng yuqori darajadagi litsenziya edi.[10]

Yutuqlari va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Yuventus"da

"Milan"da

"Bolonya"da

Italiya terma jamoasi

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Oltin to'p" sohibi (France Football)-1993.
  • Jahonning eng yaxshi futbolchisi-1993.
  • FIFA ning eng yaxshi futbolchisi-1993.
  • "Onze Mondial" bo'yicha Yevropaning eng yaxshi futbolchisi-1993.
  • Jahon kubogi kumush to'p sohibi-1994.
  • Jahon chempionatida gollar soni bo'yicha Italiya terma jamoasining rekordchisi-9 gol[11]
  • Juzeppe Prisko mukofoti sohibi-2004[12]
  • Bravo mukofoti sohibi-1990.
  • "Guerin Sportivo" versiyasi bo'yicha Italiyaning eng yaxshi futbolchisi-1985,1996,2001.
  • Gaetano Shirea mukofoti sohibi-2001.
  • Golden Foot mukofoti sohibi-2003.
  • Jahon terma jamoasining ramziy terma jamoasiga kirgazilgan-1994.
  • FIFAning barcha davrlar jamoasiga kiritilgan.
  • FIFA 100 ro'yxatiga kiritilgan.
  • "World Soccer" ma'lumotlariga ko'ra XX-asrning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatiga kiritilgan.
  • "Placar" versiyasi bo'yicha 100 ta eng yaxshi Jahon chempionatida o'ynagan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan.[13]
  • "Planete Foot" versiyasi bo'yicha dunyoning eng yaxshi 50 futbolchisi ro'yxatiga kirgan.
  • "Milan" klubi shon-shuxrat zaliga kirgan.
  • Italya futboli shon-shuxrat zaliga kirgan-2011.

Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Italiya respublikasining xizmatlari uchun" kavaler ordeni.[14]
  • World Peace Award-2010[15]

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andreina Fabbi bilan turmush qurgan.Ularning uch nafar farzandi bor.Valentina (1990-yil),Mattia (1994-yil),Leonardo (2005-yil) shular jumlasidandir.

Gollar hisoboti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butun faoliyati davomida urgan gollari soni-318 ta.

  • Klublar uchun-291 ta
    • A Seriyada-205 ta
    • Yevrokuboklarda-32 ta
  • Milliy terma jamoa uchun-27 ta
    • Jahon chempionatida-9 ta

91 penaltidan 76 tasini golga aylantirgan.(Italiyadagi eng yaxshisi)[12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA names greatest list (BBC Sports)“ (en). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2010-yil.
  2. „Maradona or Pele? (CNN Sports Illustrated)“ (en). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2010-yil.
  3. „Роберто Баджо на сайте ФАО“. 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2010-yil.
  4. „AFP: Baggio delight at World Peace Award“ (en). AFP (9-noyabr 2010-yil). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2010-yil.
  5. Божественный Баджо[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  6. на тот момент 19 млн долларов.
  7. „Roberto Baggio supera esami allenatore“ (it). ANSA (18-iyul 2011-yil). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2011-yil.
  8. „Роберто Баджо получил тренерскую лицензию“. Чемпионат.com (19-iyul 2011-yil). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2011-yil.
  9. „Roberto Baggio: Allenatore patentato“ (it). CalcioMercato.com (19-iyul 2011-yil). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2011-yil.
  10. „Роберто Баджо начинает тренерскую карьеру“. calcionews.net. 6-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyul 2012-yil.
  11. Наряду с Кристианом Вьери и Паоло Росси.
  12. 12,0 12,1 „Roberto Baggio Statistics“ (en). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2010-yil.
  13. „The Best X Players“ (en). 21-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2010-yil.
  14. „Cavaliere Ordine al Merito della Repubblica Italiana“ (it). 17-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2010-yil.
  15. „Baggio delight at World Peace Award - Yahoo! News“ (en). news.yahoo.com (9-noyabr 2010-yil). 14-noyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2010-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]