Fabio Cannavaro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fabio Cannavaro
Cannavaro 2015-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fabio Cannavaro[1]
Tavallud sanasi 13-sentyabr 1973-yil (1973-09-13) (50 yosh)
Tavallud joyi Naples, Italiya
Boʻyi 1.76 m[2]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Benevento (bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988-1992 Napoli
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991—1995 Napoli 58 (1)
1995—2002 Parma 212 (5)
2002—2004 Internazionale 50 (2)
2004—2006 Juventus 74 (6)
2006—2009 Real Madrid 94 (0)
2009—2010 Juventus 27 (0)
2010—2011 Al-Ahli 16 (2)
Milliy terma jamoa
1993—1996 Italiya oʻsmirlar terma jamoasi 21 (0)
1997—2010 Italiya milliy terma jamoasi 136 (2)
Boshqargan klublari
2013—2014 Al-Ahli F.C (yordamchi murabbiy)
2014—2015 Guangzhou F.C
2015—2016 Al-Nassr F.C
2016—2017 Tianjin Tianhai F.C
2017—2021 Guangzhou F.C
2022— Benevento
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Fabio Cannavaro(talaffuzi: Fabiyo Kannavero) (1973-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Fabio Cannavaro hozirda B Seriyada „Benevento“ klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fabio Cannavaro faoliyatining asosiy qismini markaziy himoyachi sifatida Italiya Seriyasida oʻtkazdi. Fabio Cannavaro oʻz faoliyatini „Napoli“da boshlagan va u bilan ikki marta Italiya kubugini (1999 yilda Italiya Superkubogi va 1999-yilda UEFA kubogini) qoʻlga kiritgan. „ Internazionale“ va "Juventus" klublarida oʻynaganidan soʻng, Fabio Cannavaro (menejer Fabio Capello bilan birga) 2006-yilda „Juventus“ klubidan „Real Madrid“ klubiga oʻtdi. Fabio Cannavaro „Real Madrid“ klubi bilan birga 2007 va 2008-yillarda ketma-ket La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2009-2010-yilgi mavsumda Fabio Cannavaro „Juventus“ga qaytganidan soʻng, u Dubayning " Al-Ahli " jamoasiga qoʻshildi. 2011-yilda Fabio Cannavaro „Al-Ahli“ klubidagi oʻyinida jarohat olgan mavsumidan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi. U barcha davrlarning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi[3].

Cannavaro 1994 va 1996-yillarda 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatlarida ketma-ket gʻolib chiqqan Italiya jamoasi tarkibida boʻlgan. 1997-yilda Fabio Cannavaro kattalar jamoasi tarkibiga kiritildi va keyinchalik 202-yilda jamoa sardori Paolo Maldini nafaqaga chiqqanidan keyinu jamoa sardor boʻldi. Cannavaro 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Italiyani gʻalabaga olib keldi va himoyadagi oʻyinlari tufayli italiyalik muxlislari unga "Il Muro di Berlino" („Berlin devori“) laqabini berishgan.Turnirning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilganidan soʻng Fabio Cannavaro "Kumush toʻp " bilan taqdirlandi. 2009-yilda Cannavaro Maldinini ortda qoldirib, mamlakat tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylandi. Fabio Cannavaro 2010-yil 25-iyunda Italiya terma jamoasi JCh-2010ning pley-off bosqichiga chiqa olmaganidan soʻng, terma jamoa safida 136 oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan holda xalqaro futboldagi faoliyatini yakunladi[4]. Umuman olganda, Fabio Cannavaro Italiyani toʻrtta Jahon chempionatida, ikkita UEFA Yevropa chempionatida, 1996-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida himoya qilgan. Hozirda Fabio Cannavaro Gianluigi Buffondan keyin Italiyaning barcha vaqtlardagi ikkinchi oʻyinchisi va Italiyaning eng koʻp maydonga tushgan himoyachisi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fabio Cannavaro 1996-yil 17-iyunda Daniela Arenosoga (1974-yilda tugʻilgan) uylandi. Ularning uchta farzandi bor: Christian (1998-yilda tugʻilgan) — ayni paytda futbolchi, hozirda A Seriyaning „Benevento“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynamoqda[5][6][7], Martina (2001-yilda tugʻilgan) va Andrea (2004-yilda tugʻilgan)[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[9][tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubuk Xalqaro Boshqalar Umumiy
Diviziya Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni
Napoli 1992—1993 A Seriya 2 0 1 0 0 0 - 3 0
1993—1994 27 0 2 0 - - 29 0
1994—1995 29 1 4 0 3 0 - 36 1
Umumiy 58 1 7 0 3 0 0 0 68 1
Parma 1995—1996 A Seriya 29 1 0 0 6 0 1 0 36 1
1996—1997 27 0 1 0 2 0 - 30 0
1997—1998 31 0 6 0 7 0 - 44 0
1998—1999 30 1 7 0 8 0 - 45 1
1999—2000 31 2 3 0 9 1 2 0 45 3
2000—2001 33 0 7 0 6 0 - 46 0
2001—2002 31 1 5 0 9 0 - 45 0
Umumiy 212 5 29 0 47 1 3 0 291 5
Internazionale 2002—2003 A Seriya 28 0 0 0 12 1 - 40 1
2003—2004 22 2 3 0 9 0 - 34 2
Umumiy 50 2 3 0 21 1 0 0 74 3
Juventus 2004—2005 A Seriya 38 2 0 0 9 1 - 47 3
2005—2006 36 4 2 0 9 0 1 0 48 4
Umumiy 74 6 2 0 18 1 1 0 95 7
Real Madrid 2006—2007 La Liga 32 0 1 0 6 0 - 39 0
2007—2008 33 0 1 0 6 0 2 1 42 1
2008—2009 29 0 1 0 7 0 - 37 0
Umumiy 94 0 3 0 19 0 2 1 118 1
Juventus 2009—2010 A Seriya 27 0 1 0 5 0 - 33 0
Al-Ahli 2010—2011 UAE Ligasi 16 2 0 0 0 0 - 16 2
Umumiy 531 16 45 0 113 3 6 1 695 19

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiya[10]
Yil Ishtiroki Gollar

soni

1997-yil 12 0
1998-yil 11 0
1999-yil 8 0
2000-yil 14 0
2001-yil 9 0
2002-yil 12 0
2003-yil 10 0
2004-yil 6 1
2005-yil 8 0
2006-yil 15 0
2007-yil 8 0
2008-yil 8 1
2009-yil 10 0
2010-yil 5 0
Jami 136 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA World Cup South Africa 2010: List of Players: Italy“. FIFA (2010-yil 4-iyun). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Fabio Cannavaro“. Juventus. 2009-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  3. Sinnott. „Cannavaro 'deserves' Ballon d'Or“. BBC Sport (2006-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  4. „Cannavaro quits Italy duty“. Sky Sports (2010-yil 25-iyun). 2010-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-iyul.
  5. „Benevento complete double swoop“. Football Italia (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
  6. Calfapietra. „UFFICIALE: Carpi, ingaggiati Pachonik e Cannavaro Jr.“ (it). tuttomercatoweb.com (2017-yil 4-avgust). Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
  7. Schira. „Altro colpo del Benevento: preso Cannavaro Junior“ (it). gazzamercato.it (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
  8. Donaddio. „Pallone d'Oro a Cannavaro: "Lo dedico ai ragazzi di Napoli"“ (it). Il Sole 24 Ore (2006-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
  9. „Fabio Cannavaro league stats“. Lega Serie A. 2013-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
  10. „Fabio Cannavaro — Century of International Appearances“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oldingisi Italiya terma jamoasi sardorlari
2002–2010
Keyingisi