Alfredo Di Stéfano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Alfredo Di Stéfano
Alfredo Di Stefano River Plate (cropped).jpg
Di Stéfano 1960-yil Ispaniya uchun o`yinda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alfredo Stéfano Di Stéfano Laulhé[1]
Tavallud sanasi 4-iyul 1926-yil(1926-07-04)
Tavallud joyi Buenos Aires, Argentina
Vafot sanasi 7-iyul 2014-yil(2014-07-07)
(88 yoshda)
Vafot joyi Madrid, Ispaniya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Hujumkor yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1940–1943 Unión Progresista
1944–1945 River Plate
Professional karyerasi*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1945–1949 River Plate 66 (49)
1945–1946Huracán (loan) 25 (10)
1949–1953 Millonarios 101 (90)
1953–1964 Real Madrid 282 (216)
1964–1966 Espanyol 47 (11)
Milliy terma jamoa
1947 Argentina 6 (6)
1949 Kolumbiya 4 (0)
1957–1962 Ispaniya 31 (23)
Boshqargan klublari
1967–1968 Elche
1969–1970 Boca Juniors
1970–1974 Valencia
1974 Sporting CP
1975–1976 Rayo Vallecano
1976–1977 Castellón
1979–1980 Valencia
1981–1982 River Plate
1982–1984 Real Madrid
1985 Boca Juniors
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)


Alfredo Stefano Di Stéfano Laulhé [2] (1926-yil 4-iyul - 2014-yil 7-iyul) Argentinada tug'ilgan. Professional futbolchi va murabbiy bo'lib, hujumchi sifatida yorqin o'yin ko`rsatgan, barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri hisoblanadi. "Saeta rubia" ("Sariq o'q") laqabi bilan[3][4][5] u "Real Madrid" da ko`plab yutuqlar yutgan, u klubning 1950-yillardag Evropa kubogi va La Ligadagi hukmronligida muhim rol o'ynagan. Fransisko Gento va Xose Mariya Zarraga bilan birga u beshta finalning har birida gol urgan beshta g'alabaning barchasida ishtirok etgan. Di Stefano Madridga ko'chib o'tgandan keyin asosan Ispaniya terma jamoasida futbol o'ynagan, ammo Argentina va Kolumbiya terma jamoalarida ham o'ynagan.

Di Stefano o'zining professional faoliyatini 1943-yilda Argentinaning " River Pleyt " klubida 17-yoshida boshlagan. 1946-yilgi mavsumda u "Atletiko Huracan" klubiga ijaraga berildi, ammo 1947-yilda "River"ga qaytdi. 1949-yilda Argentinadagi futbolchilarning ish tashlashi tufayli Di Stefano Kolumbiya chempionatining Bogotaning " Millonarios " jamoasiga yo`l oladi.[6] U Argentina va Kolumbiyadagi faoliyatining dastlabki 12 yilida oltita chempionlikni qo‘lga kiritdi.[7][8] Real Madrid bilan shartnoma imzolaganidan so'ng u barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan birining ajralmas qismi bo'ldi. Di Stefano "Real" safida maydonga tushib 282 o'yinda 216 ta gol urdi (o'sha paytdagi klub rekordi, Raul va Krishtianu Ronaldudan o'zib ketgan edi), klubda u Ferens Pushkash bilan muvaffaqiyatli juftlik sifatida ajoyib o`yinlar ko`rsatdi. Di Stefanoning 58 o'yinda 49 ta gol urib evrokuboklar tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi. Oradan ancha yillar o`tib 2005-yil "Real Madrid" futbolchisi Raul ushbu rekordni ortda qoldirdi. Di Stefano 1956-1960 yillar oralig'ida "Real Madrid" safida ketma-ket beshta evrokubok finallarida gol urgan bo`lib, shu jumladan oxirgisida xet-trik . Di Stefanoning klubdagi faoliyatining eng yorqin voqea 1960-yilda Hampden Parkda bo'lib o'tgan Evropa kubogi finalida Frankfurtning "Ayntraxt" ustidan 7:3 hisobidagi g'alabasi bo'lgan, ushbu o`yini ko`pchilik muhlislar bevosita kuzatib borib Evrokubog finallaridagi eng yorqin deb esda saqlab qolishgan.[6] U 1964-yilda « Espanyol »ga ko'chib o'tdi va u erda 40 yoshga chiqqunga qadar o'ynadi.[8]

"Real Madrid"dagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Di Stefano 11 yil davomida "Real Madrid" safida to`p surdi va shu yillar oralig`ida 8 marta Ispaniya chempioni, 1 marta Ispaniya kubogi, 2 marta Lotin kubogi, 5 marta ketma-ket Chempionlar kubogi (barcha finallarda urgan), 1 marta Qit'alararo kubok, bir nechta shaxsiy unvonlar, shu jumladan 5 marta liga to`purari bo`ldi. U 510 ta o'yinda 418 ta gol urdi, shundan 396 ta rasmiy o'yinda, 308 ta gol (Chempionlar kubogidagi 59 ta o'yinda 49 ta gol) klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi, bir necha o'n yillar o'tib, Raul bu rekorddan o'tib ketdi va so`ng Krishtianu Ronaldu tomonidan bu rekord qayt etildi.

O'yin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juda kuchli o'yinchi sifatida qaralgan. Di Stefano kuchli, tezkor, mohir va sermahsul gol muallifi bo'lib, ajoyib chidamlilik, taktik jihatdan ko'p qirrali, kreativ va ko'rish qobiliyatiga ega, maydonning deyarli istalgan joyida o'ynay olagan.[9][10][11]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Di Stefano 1950-yilda Sara Freitesga uylandi; ularning olti farzandi bor edi: Alfredo, Ignasio, Sofiya, Silvana, Xelena va Nanetta. Sara 2005-yilda vafot etdi [12] 2013 yilda Di Stefanoning farzandlari undan 50 yosh kichik bo'lgan Kosta-Rikalik kotibi Jina Gonsales bilan rejalashtirilgan nikoh to'yining oldini olish uchun uni va uning mol-mulkini vasiylikka olishdi. [13]

Monako knyazligining dengiz bo'yida joylashgan "Chempionlar yurishi"da Di Stefanoning " Oltin oyoq " mukofoti.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boka Xuniors

  • Primera divizioni : 1969 yil
  • Argentina kubogi : 1969 yil

River Pleyt

  • Torneo Nacional: 1981 yil

Valensiya

  • La Liga : 1970–71
  • Evropa kubogi g'oliblari kubogi : 1979–80
  • Segunda divizioni : 1986–87

Real Madrid

Rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Evropa kubogi finallarida eng ko`p gol urgan futbolchi: beshta [14]
  • Ketma-ket yevrokuboklarning eng ko‘p finalida gol urgan: beshta
  • Evrokuboklar finallarida urilgan eng ko'p gol: 7ta (Ferents Pushkash bilan birga)
  • Super Oltin to'pga sazovor bo'lgan yagona futbolchi [15]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „di Stéfano Profile“ (es). Yahoo! Deportes España. 22-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-mart 2011-yil.
  2. „Di Stéfano Profile“ (es). Realmadrid.com. 15-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  3. „The birth of the Saeta Rubia“ (es). Clarin (16-iyul 2005-yil). 13-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-dekabr 2008-yil.
  4. „Saeta Rubia (Movie)“. 30-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-dekabr 2008-yil.
  5. „Alfredo di Stéfano was one of football's greatest trailblazers“. The Guardian (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 8-iyul 2014-yil.
  6. 6,0 6,1 „Alfredo Di Stéfano, Soccer Great, Dies at 88“. NY Times (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 8-iyul 2014-yil.
  7. „Alfredo Di Stefano: Real Madrid legend dies at the age of 88“. BBC (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 8-iyul 2014-yil.
  8. 8,0 8,1 „Alfredo Di Stefano, celebrated soccer player, dies at 88“. The Washington Post (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 8-iyul 2014-yil.
  9. „Alfred Di Stefano“. International Football Hall of Fame. 22-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2015-yil.
  10. Paolo Corlo. „Addio a Di Stefano, leggenda del Real e del calcio mondiale“ (it). Panorama (7-iyul 2014-yil). 30-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2015-yil.
  11. „Maradona? Di testa segnava solo di mano...“ (it). La Repubblica (17-sentabr 2009-yil). 26-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-sentabr 2015-yil.
  12. Couzens, Gerard. „Soccer great, 86, to wed secretary, aged 36“. The Irish Independent (5-may 2013-yil). Qaraldi: 14-mart 2022-yil.
  13. Galaz, Mábel. „Di Stéfano's children win custody over their soccer legend father“. El País (1-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 14-mart 2022-yil.
  14. „Archived copy“. 8-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2010-yil.
  15. „Tal día como hoy, Di Stéfano ganó el Súper Balón de Oro - Real Madrid CF“. 17-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-iyul 2016-yil.