Paolo Rossi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Paolo Rossi (italyancha: Paolo Rossi)—italiyalik futbolchi.1956-yil 23-sentyabrda Toskana viloyatining Prato shahrida tugʻilgan.1978-1986-yillarda Italiya terma jamoasi hujumchisi .

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paolo Rossi 1956-yil 23-sentabrda Toskananing Prato shahrida tug‘ilgan.

1978-yilda Argentinada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida u terma jamoa uchun 3 ta gol urdi (Fransiya,Vengriya va Avstriyaga qarshi oʻyinlarda)[1].

1979-yilda „Perudja“da oʻynab yurganida Paolo Rossi kelishilgan oʻyin bilan bogʻliq firibgarlikda qatnashgani uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi va bir necha oyga qamaldi,toʻgʻrirogʻi „Perudja“ va „Avelino“ oʻrtasidagi oʻyinda durang oʻynashga tayyorligi uchun u ikkita gol urgandi."Yuventus"ga oʻtganidan soʻng, u Mishel Platini va Zbignev Bonek bilan birga Turin jamoasining ajoyib triosiga aylandi.

1982-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan (6 ta gol) bu musobaqada Italiya terma jamoasi jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.Musobaqa boshlanishiga atigi bir oy qolganda muddati tugagan uzoq diskvalifikatsiyaga qaramay Rossi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida ham eʼtirof etildi.Oʻsha yili u fransuz haftaligi France Football tomonidan Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.

Keyinchalik Rossi turli vaqtlarda „Milan“, „Komo“, „Vichensa“, „Perudja“ va „Verona“da oʻynadi (u erda u oʻz faoliyatini 1987-yilda yakunlagan).U hech qachon xorij klublarida oʻynamagan.

Meksikada boʻlib oʻtgan 1986-yilgi jahon chempionatiga bordi, lekin u yerda birorta ham oʻyin oʻtkazmadi.

FIFA 100 roʻyxatiga va World Soccer jurnali talqiniga koʻra XX-asrning eng buyuk futbolchilari roʻyxatiga kirdi.

Sportni tark etgach va umrining soʻnggi kunigacha Rossi televideniyada futbol eksperti sifatida ishladi.U 2020-yil 9-dekabrda 64 yoshida oʻpka saratonidan vafot etdi[2].Vichensada dafn etilgan[3].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Vichensa"

"Yuventus"

Italiya terma jamoasida

  • Jahon chempioni-1982

Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Paolo Rossi.Xayolparast va jangchi“ hujjatli filmi ishlangan./ Paolo Rossi,Chempion yuragi (Italiya, 2018).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Paolo Rossi moments at the WC 1978“. 26-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2021-yil.
  2. Грант Гетадарян. „Ставил на себя, сидел в тюрьме, а потом стал лучшим игроком мира. Умер Паоло Росси“ (ru). www.championat.com. 10-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.
  3. „Чемпиона мира 1982 года Паоло Росси похоронили в Виченце“. 3-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-dekabr 2020-yil.
  4. Roberto Di Maggio, Igor Kramarsic, Alberto Novello. „Italy — Serie A Top Scorers“. RSSSF (11-iyun 2015-yil). 31-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2015-yil.
  5. „Italy — Serie B Top Scorers“. rsssf.com. RSSSF. 31-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-aprel 2015-yil.
  6. Naryadu s Roberto Badjo i Kristianom Veri.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]