La Liga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
La Liga
Toʻliq nomi La Liga
Davlat Ispaniya
Konfederatsiya UEFA
Asos solingan sana 1929-yil
Klublar soni 20 ta
Amaldagi chempion Barselona (27 martta)]
Sayt lfp.es

Primera Division (Birinchi divizion) — Ispaniyaning professional futbol ligasi (LFP), Primera va La Liga nomi bilan ham taniqlidir. La Liga dunyoning eng yaxshi ligalaridan biri deb hisoblanadi. Ligada 20 ta klub ishtirok etadi, soʻnggi natijaga koʻra, ohirgi oʻrinlarni egallagan uchta klub Segunda Divisiónga tushib ketadi, aksincha Segunda Divisióndagi eng yuqori oʻrinlarni egallagan uchta klub esa Primera Divisionga oʻtadi.

Birinchi va hozir ham amaldagi chempion Barselona hisoblanadi. Shu vaqtgacha La Ligada 59 ta klub oʻynagan, ulardan gʻoliblar soni 9 ta boʻlgan. 1950 yildan boshlab yetakchi boʻlib, „Real Madrid“ (35 ta chempionlik tituli) va "Barselona " (26 ta chempionlik tituli) klublari kelmoqda. 1930 yildan 1940 yilgacha „Real Madrid“ va „Barselona“lar bilan „Valensiya“, „Atletiko Madrid“ va „Atletik Bilbao“lar ham raqobatlashayotgan edi, 1990-2000 yillarda esa yana oʻsha „Valensiya“ va „Deportivo“lar bilan gʻoliblik uchun raqobatlashdilar.

2008/09 Yevrokuboklar mavsumiga koʻra, La Liga UEFA milliy futbol assosiatsiyalari reytingi boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladilar. 2005/06 mavsumda esa La Liga klublari „oltin dubl“ni qoʻlga kiritdilar, Barselona Chempionlar Ligasi gʻolibi boʻldi, Sevilya esa UEFA Kubogini qoʻlga kiritdi. Bungacha bir ligani oʻzidan ikkita klub qoʻlga kiritgan natijani 1996/97 yilgi mavsumda qayd etishgan edi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyada futbol ligasini tashkil etish gʻoyasini birinchi marta 1927 yilda „Arenas“ klubi direktori Xose Mariya Acha bergan. Liga kattaligi va klublarni qoʻshilish mezonlari hususidagi uzoq bahslardan soʻng, 1928 yilda Qirollik futbol federatsiyasi liganing oʻnta birinchi qatnashuvchilarni saralab oldi. Unga koʻra, „Real Madrid“, „Barselona“, „Atletik Bilbao“, „Real Sosedad“, „Arenas Gecho“ va „Real Union“lar Qirollik kubogida gʻoliblikni kiritganligi uchun, „Atletik Madrid“ (Oʻsha vaqtdagi „Atletiko Madrid“), „Espanyol“ va „Europa“lar Qirollik kubogi final qatnashchilari boʻlganliklari uchun ligada qatnashish huquqini qoʻlga kiritishdi. ‘’Racing" (Santander) esa ligadagi oʻz oʻrnini oʻtish turnirida gʻolib boʻlgani uchun egalladi. 2010/11 mavsumi yakunlangandagi holatiga koʻra, shu vaqtgacha faqatgina „Real Madrid“, „Barselona“ va „Atletik Madrid“lar quyi divizionga tushib ketmaganlar.

1930-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi chempionlikni „Barselona“ qoʻlga kiritishiga, 1932 va 1933 yillarda „Real Madrid“ gʻalaba qozonishiga qaramasdan birinchi yillarda Ispaniya futboli lideri „Atletik Bilbao“ hisoblanardi. U 1930, 1931, 1934 va 1936 yillarda birinchi oʻrinni, 1932, 1933 yillarda ikkinchi oʻrinni egalladi. 1935 yilda esa birinchi marotaba (hozirgacha bir marotaba) u vaqtlarda „Betis Balompiye“ deb nomlangan „Real Betis“ chempionlikni qoʻlga kiritdi. Liga oʻyinlari Ispaniyadagi fuqarolar urushi sababli toʻxtatildi. Lekin respublika territoriyasidagi klublar (ikkita Madrid klublaridan tashqari) Oʻrtayer dengizi ligasi oʻtkazishdi va 1937 yilgi chempionatda „Barselona“ chempion boʻldi.

1940 yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga qayta tashkil etilgandan soʻng, boshlanishida kuchli jamoalar deb „Atletiko Aviacion“, „Valensiya“ va „Sevilya“lar eʼtirof etilgan. „Atletiko Aviacion“ („Atletiko Madrid“ klubining oʻsha vaqtdagi nomi) esa urush vaqtida stadioni buzilib ketgan „Real Ovedo“ klubi oʻrniga 1939/40 mavsumida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Madridliklar oʻsha mavsumni oʻzidayoq gʻalabani qoʻlga kiritishdi hamda 1941 yilda ham oʻz mavqeini saqlab qoldi. Boshqa klublar mamlakatni tark etganliklari, qatl etilganliklari va urushda oʻlganliklari sababli koʻp oʻyinchilarni yoʻqotishdi, lekin „Atletiko“, qaytaga, kuchaydi, bunga asosiy sabablardan biri Saragosaning „Aviason Nasional“ klubi bilan qoʻshilishi edi. Urushdan oldingi „Valensiya“ning yosh tarkibi ham saqlanib qolindi va urushdan keyingi yillarda muvaffaqqiyatlarga erishib, 1942, 1944 va 1947 yillarda gʻoliblik titulini qoʻlga kiritdi va 1948 va 1949 yillarda ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlindi. „Sevilya“ ham koʻtarilishni boshdan kechirib, 1940 va 1942 yillarda ikkinchi oʻrinni egallashga va hozirgacha yagona hisoblangan chempionlik titulini 1946 yili qoʻlga kiritdi. Oʻn yillikning oxirida, 1945, 1948 va 1949 yillarda gʻolib boʻlgan „Barselona“ esa sekin-asta liderlikni oʻz qoʻliga ola boshladi.

Di Stefano, Pushkash, Kubala va Suares[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garchi 1950 va 1951 yillarda Elenio Errera boshchiligidagi „Atletiko Madrid“ (qaytadan nomini oʻzgartirgan) chempionlikni qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, 1950 yillar „Real“ va „Barselona“lar hukmronligi boshlanishi edi. 1930, 1940 va 1950 yillarda xorijiy oʻyinchilarga jiddiy cheklov mavjud edi. Koʻp hollarda jamoalar faqatgina uchta xorijiy oʻyinchilarni oʻyinga tushirishar edi. Lekin 1950 yillarda „Real“ va „Barselona“ qoidani chetlab oʻtish imkoniyatini Alfredo Di Stefano, Ferensts Pushkash va Ladislao Kubalularni oʻz fuqaroliklariga qabul qilish orqali amalga oshirishdi. Kubaluning ruhlantiruvchi oʻyinidan soʻng, „Barselona“ 1952 va 1953 yillarda musobaqa gʻolibi boʻlishga erishdi. Di Stefano, Pushkash va Fransisko Xentolar 1950-yillarning ikkinchi yarmida yetakchilikni qoʻlga olgan „Real Madrid“ tarkibining asosiylaridan edilar. „Real“ 1954, 1955, 1957 va 1958 yillarda ligani yutishga muvaffaq boʻldi. 1956 yilda esa gʻoliblik „Atletiko Madrid“ga nasib etdi. „Barselona“ Elenio Errera boshchiligida va tarkibdagi Luis Suareslar saʼy-harakati bilan 1959 va 1960 yillarda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Madrid yetakchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1961 va 1980 yillar oraligʻida Primera yetakchisi deb „Real Madrid“ deb eʼtirof etildi. Shu vaqt mobaynida jamoa 14 marta, shu jumladan, 1961 va 1965 yillarda ketma-ket besh marta va ikki marotaba ketma-ket uch marta (1967-1969 va 1978-180 yillar) ligada tengsizligini isbotladi. Bu davr mobaynida faqatgina „Atletiko Madrid“ „Real Madrid“ uchun raqobatchilik qila oldi va toʻrt marta gʻolib boʻldi (1966, 1970, 1973 va 1977 yillar). Yana ikki titul 1971 yili „Valensiya“ga va 1974 yilda tarkibida Yoxan Kruyf oʻynaydigan „Barselona“ga nasib etdi.

1980 yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madridning ikki jamoasi yetakchiligini nihoyat vaqtincha Bosqon avtonom davlati jamoalari toʻxtatishga erishdilar. „Real Sosedad“ 1981 va 1982 yillarda, „Atletik Bilbao“ 1983 va 1984 yillarda titulni qoʻlga kiritdilar. Terri Veneybls „Barselona“ yana bir titulni 1985 yilda qoʻlga kiritishda katta yordam berdi. Bundan keyin „Real Madrid“ Leo Benhakker boshchiligida ketma-ket yana besh marotaba (1986-1990) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Oʻsha vaqtlarda madridliklar tarkibida Ugo Sanches, Emilio Butragueno, Manuel Sanchez, Martin Vaskes, Michel va Migel Pardesalar toʻp surar edilar.

1990 yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoxan Kruyf 1988 yilda „Barselona“ga murabbiy sifatida qaytib, afsonaviy „orzu jamoasi“ni yigʻdi. Tarkibda Josep Guardiola, Xose Mari Bakero, Chiki Begiristayn, Goykoechea, Ronald Kuman, Mikael Laudrup va Xristo Stoichkovlar jamlanishgan edi. Bu jamoa musobaqani ketma-ket toʻrt marta (1991 — 1994) qoʻlga kiritdilar va 1992 yilda Chempionlar Kubogini qoʻlga kiritdi. Kruyf bn Laudrup oʻrtasidagi kelishmovchilikdan keyin Laudrup „Barselona“ning asosiy raqibi „Real Madrid“ tarkibiga oʻtib ketib, „Barselona“ning gʻalabalik yurishlarini toʻxtatishga katta yordam berdi va „Real Madrid“ bilan 1995 yilda gʻolib deb eʼlon qilindi. Shundan soʻng, 1996 yilda serblik Radomir Antich boshchiligida „Atletiko Madrid“ gʻolib boʻldi va 1997 yili yana „Real Madrid“ barchadan ustun keldi. Kruyf muvaffaqqiyatlaridan keyin Kamp Nouga yana bir gollandiyalik mutaxassis Lui Van Gal keldi va u tarkibni Luish Figo, Luis Enrike va Rivaldolar bilan toʻldirib, „Barselona“ni 1998 va 1999 yillarda gʻoliblikka yetaklab bordi.

Yangi mingyillik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi mingyillikda „Real Madrid“ va „Barselona“ yana bir raqobatchi bilan toʻqnash keldilar. 1993 yildan 2004 yilgacha „Deportivo La-Korunya“ chempionatni sovrinli uchta oʻrin bilan 10 marta yakunladi. 2000 yili Havyer Irureta boshchiligida „Depor“ liga tarixidagi toʻqqizinchi musobaqa gʻolibi boʻldi. „Real Madrid“ 2001 va 2003 yillarda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, lekin oʻsha vaqtda eng katta raqobatchi Ektor Kuper boshchiligidagi, 2000 va 2001 yillarda Chempionlar Ligasi finaligacha chiqishga muvaffaq boʻlgan „Valensiya“ edi. Ektor Kuperdan keyin klubni Rafael Benitez boshqara boshladi va 2002 yilda klubni chempion qildi, Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogini 2004 yilda qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Ronaldinyo oʻyinlaridan ruxlangan „Barselona“ esa 2005 va 2006 (ikkinchi mavsumda Chempionlari Ligasi ham) yillarda muvaffaqqiyat qozondi. Bir vaqtni oʻzida „Sevilya“ klubi ham muvaffaqqiyat qozona boshladi. Milliy ligani yuta olmagan boʻlsada, lekin ketma-ket ikki marotaba (2005/06, 2006/07) UEFA kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Lekin oxirgi oʻng yillikda „Real“ yoʻqotilgan oʻz oʻrnini qaytarishga jiddiy kirishdi va 2007 va 2008 yilda tengsiz deb topildi. Madridliklarning asosiy raqobatchilari ham orqada qolmadilar. „Barselona“ 2009 yilda raqiblarini ancha qoldirib va hatto „Real“ni „Santiago Bernabeu“da 6:2 hisobida yutgan holda gʻoliblik qoʻlga kiritdi. 2009/10 mavsumda „Real“ va „Barsa“ raqobatchiligi shunchalik avjiga chiqdiki, hatto 96 ochko yigʻgan „Real“ uchun bu ochkolar gʻoliblik uchun yetmadi, chunki „Barselona“ u vaqtda 99 ochko yigʻgan edi. Oʻsha mavsumda „Barselona“ faqatgina bir marotaba „Atletiko Madrid“ga 2:1 hisobiga yutqizgan edi.

2011/12 mavsumda „Real Madrid“ Jose Mourinho qoʻl ostida 32-marta Ispaniya chempioni boʻlishga erishdi. Shuningdek, ular yigʻilgan ochko va urilgan gollar rekordini yangilashga, yaʼni, bir mavsumda 100 ochko va 121 ta gol urishga erishdilar. 2012/13 mavsumida esa „Barselona“ oʻtgan yilgi rekord 100 ochkoni takrorlab, La Liga gʻolibi boʻlishga muvaffaq boʻldi.

Futbol boʻyicha Ispaniya gʻoliblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madridning „Real“i va „Barselona“lar Ispaniya chempionatining eng yaxshi natijali jamoalari hisoblanadi. 2022 yilgi holatga koʻra, bu ikki jamoa umumiy hisobda 61 marta gʻolib boʻlganlar: 35 marta „Real“ va 26 marta „Barselona“. „Atletik Bilbao“ va „Barselona“ besh marotaba „oltin dubl“ (bir mavsumda ham chempionat, ham kubokni qoʻlga kiritganlar) qilishga muvaffaq boʻlganlar. „Barselona“ — ispan klublari orasida „oltin xet-trik“ (liga chempioni, kubok sohibi va UEFA Chempionlari Ligasi gʻolibi)ga erishgan yagona jamoa hisoblanadi.

Oʻziga xos mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Primerada futbolchilarga topshiriladigan juda koʻplab oʻziga xos, shaxsiy mukofotlari mavjud. Ulardan asosiylaridan biri „Pichichi mukofoti“ (yoki shunchaki Pichichi) — ligada mavsumda eng koʻp gol urgan futbolchiga topshiriladi yoki „Zamora mukofoti“ — eng yaxshi darvozabonlarga beriladi (darvozabonlarga oʻrtacha oʻyin davomida eng kam goʻl oʻtkazganiga qarab beriladi). Ikkala mukofot ham Ispaniyadagi eng yirik sport gazetasi hisoblanmish Marca tomonidan topshiriladi.
2008 yildan yana bir yangi mukofot topshirilishi boshlandi. Bu — „Di Stefano mukofoti“. U Primeradagi eng yaxshi oʻyinchiga topshiriladi. Bu mukofot Marca gazetasi oʻquvchilari bilan har hafta oʻtkaziladigan soʻrovnoma orqali tanlovni yakuniy bosqichiga chiqiladi, keyin yetakchi futbol mutaxassislari ularni orasidan eng yaxshi oʻyinchi deb topishgan futbolchiga mukofotni topshiradilar.

Gʻoliblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar boʻyicha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Gʻolib Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
1929 Barselona Real Madrid Atletik Bilbao
1929/30 Atletik Bilbao Barselona Arenas Gecho
1930/31 Atletik Bilbao Rasing Santander Real Sosedad
1931/32 Real Madrid Atletik Bilbao Barselona
1932/33 Real Madrid Atletik Bilbao Espanyol
1933/34 Atletik Bilbao Real Madrid Rasing Santander
1934/35 Betis Balompi Real Madrid Ovedo
1935/36 Atletik Bilbao Real Madrid Ovedo
1936/39 Fuqarolik urushi oqibatida musobaqa oʻtkazilmadi
1939/40 Atletiko Aviason Sevilya Atletik Bilbao
1940/41 Atletiko Aviason Atletik Bilbao Valensiya
1941/42 Valensiya Real Madrid Atletiko Aviason
1942/43 Atletik Bilbao Sevilya Barselona
1943/44 Valensiya Atletiko Aviason Sevilya
1944/45 Barselona Real Madrid Atletiko Aviason
1945/46 Sevilya Barselona Atletik Bilbao
1946/47 Valensiya Atletik Bilbao Atletiko Aviason
1947/48 Barselona Valensiya Atletiko Madrid
1948/49 Barselona Valensiya Real Madrid
1949/50 Atletiko Madrid Deportivo La Korunya Valensiya
1950/51 Atletiko Madrid Sevilya Valensiya
1951/52 Barselona Atletik Bilbao Real Madrid
1952/53 Barselona Valensiya Real Madrid
1953/54 Real Madrid Barselona Valensiya
1954/55 Real Madrid Barselona Atletik Bilbao
1955/56 Atletik Bilbao Barselona Real Madrid
1956/57 Real Madrid Sevilya Barselona
1957/58 Real Madrid Atletiko Madrid Barselona
1958/59 Barselona Real Madrid Atletik Bilbao
1959/60 Barselona Real Madrid Atletik Bilbao
1960/61 Real Madrid Atletiko Madrid Barselona
1961/62 Real Madrid Barselona Atletiko Madrid
1962/63 Real Madrid Atletiko Madrid Real Ovedo
1963/64 Real Madrid Barselona Real Betis
1964/65 Real Madrid Atletiko Madrid Real Zaragoza
1965/66 Atletiko Madrid Real Madrid Barselona
1966/67 Real Madrid Barselona Espanyol
1967/68 Real Madrid Barselona Las Palmas
1968/69 Real Madrid Las Palmas Barselona
1969/70 Atletiko Madrid Atletik Bilbao Sevilya
1970/71 Valensiya Barselona Atletiko Madrid
1971/72 Real Madrid Valensiya Barselona
1972/73 Atletiko Madrid Barselona Espanyol
1973/74 Barselona Atletiko Madrid Real Zaragoza
1974/75 Real Madrid Real Zaragoza Barselona
1975/76 Real Madrid Barselona Atletiko Madrid
1976/77 Atletiko Madrid Barselona Atletik Bilbao
1977/78 Real Madrid Barselona Atletik Bilbao
1978/79 Real Madrid Sportin Xixon Atletiko Madrid
1979/80 Real Madrid Real Sosedad Sportin Xixon
1980/81 Real Sosedad Real Madrid Atletiko Madrid
1981/82 Real Sosedad Barselona Real Madrid
1982/83 Atletik Bilbao Real Madrid Atletiko Madrid
1983/84 Atletik Bilbao Real Madrid Barselona
1984/85 Barselona Atletiko Madrid Atletik Bilbao
1985/86 Real Madrid Barselona Atletik Bilbao
1986/87 Real Madrid Barselona Espanyol
1987/88 Real Madrid Real Sosedad Atletiko Madrid
1988/89 Real Madrid Barselona Valensiya
1989/90 Real Madrid Valensiya Barselona
1990/91 Barselona Atletiko Madrid Real Madrid
1991/92 Barselona Real Madrid Atletiko Madrid
1992/93 Barselona Real Madrid Deportivo La Korunya
1993/94 Barselona Deportivo La Korunya Real Zaragoza
1994/95 Real Madrid Deportivo La Korunya Real Betis
1995/96 Atletiko Madrid Valensiya Barselona
1996/97 Real Madrid Barselona Deportivo La Korunya
1997/98 Barselona Atletik Bilbao Real Sosedad
1998/99 Barselona Real Madrid Malyorka
1999/00 Deportivo La Korunya Barselona Valensiya
2000/01 Real Madrid Deportivo La Korunya Malyorka
2001/02 Valensiya Deportivo La Korunya Real Madrid
2002/03 Real Madrid Real Sosedad Deportivo La Korunya
2003/04 Valensiya Barselona Deportivo La Korunya
2004/05 Barselona Real Madrid Villareal
2005/06 Barselona Real Madrid Valensiya
2006/07 Real Madrid Barselona Sevilya
2007/08 Real Madrid Villareal Barselona
2008/09 Barselona Real Madrid Sevilya
2009/10 Barselona Real Madrid Valensiya
2010/11 Barselona Real Madrid Valensiya
2011/12 Real Madrid Barselona Valensiya
2012/13 Barselona Real Madrid Atletiko Madrid
2013/14 Atletiko Madrid [[Barselona_(futbol_klubi)|Barselona Real Madrid
2014/15 Barselona Real Madrid Atletiko Madrid
2015/16 Barselona Real Madrid Atletiko Madrid
2016/17 Real Madrid Barselona Atletiko Madrid

Jamoa boʻyicha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Gʻolib Ikkinchi oʻrin Gʻoliblik yili
Real Madrid
32
20
1931/32, 1932/33, 1953/54, 1954/55, 1956/57, 1957/58, 1960/61, 1961/62, 1962/63, 1963/64, 1964/65, 1966/67, 1967/68, 1968/69, 1971/72, 1974/75, 1975/76, 1977/78, 1978/79, 1979/80, 1985/86, 1986/87, 1987/88, 1988/89, 1989/90, 1994/95, 1996/97, 2000/01, 2002/03, 2006/07, 2007/08, 2011/2012, 2016/17, 2019/2020, 2021/22
Barselona
22
23
1929, 1944/45, 1947/48, 1948/49, 1951/52, 1952/53, 1958/59, 1959/60, 1973/74, 1984/85, 1990/91, 1991/92, 1992/93, 1993/94, 1997/98, 1998/99, 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2017/18, 2018/19, 2022/23
Atletiko Madrid
09
08
1939/40, 1940/41, 1949/50, 1950/51, 1965/66, 1969/70, 1972/73, 1976/77, 1995/96, 2013/14, 2020/21
Atletik Bilbao
08
07
1929/30, 1930/31, 1933/34, 1935/36, 1942/43, 1955/56, 1982/83, 1983/84
Valensiya
06
06
1941/42, 1943/44, 1946/47, 1970/71, 2001/02, 2003/04
Real Sosedad
02
03
1980/81, 1981/82
Deportivo
01
05
1999/00
Sevilya
01
04
1945/46
Real Betis
01
0-
1934/35

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Federatsiyaning rasmiy sayti (isp.)
Rasmiy sayt (isp.)
Statistika (Wayback Machine saytida 2012-12-20 sanasida arxivlangan) (ingl.)