Luka Modrić
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Luka Modrić | ||
Tavallud sanasi | 9-sentyabr 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Zadar, Yugoslavia | ||
Boʻyi | 174 sm | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2003 | Dinamo Zagreb | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2008 2003—2004 2004—2005 2008—2012 2012 — hz. |
Dinamo Zagreb → Zrinski → Inter Zapreshich Tottenham Real Madrid |
(112 (31) 22 (8) 18 (4) 110 (11) 0 (0)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2001 2001 2003 2003—2004 2004—2005 2006 — hz. |
Xorvatiya U-15 Xorvatiya U-17 Xorvatiya U-18 Xorvatiya U-19 Xorvatiya U-21 Xorvatiya |
(2 (0) 2 (0) 7 (0) 11 (1) 15 (2) 57 (8)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Luka Modrich (xor.: Luka Modrić; 9-sentyabr 1985, Zadar, Yugoslavia) — Xorvatiyalik futbolchi, Xorvatiya terma jamoasi va Real Madrid klubi yarim himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2002-yilda 16 yoshli Luka Modrich zagrebning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ammo yoshlar tarkibida bir mavsum toʻp surganidan soʻng, „Zrinski“ jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Luka u yerda oʻzining iqtidorini tezda namoyish etdi va 18 yoshida Bosniya premyer ligasining eng yaxshi oʻyinchisi nomini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili u yana boshqa bir jamoaga, xorvatiyaning „Inter Zapreshich“ jamoasiga ijara berildi. U yerda esa u „Xorvatiya futbolining umidi“ nomiga ega boʻldi. 2005-yili „Dinamo“ga qaytgach, Modrich jamoa bilan tuzgan shartnomasini 2015-yilgacha uzaytirdi.
2008-yil 26-aprelda Modrich angliyaning „Tottenxem Hotspur“ jamoasi bilan oldindan kelishuvga erishdi, jamoaga qoʻshilguncha u tibbiy koʻrikdan oʻtishi va Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma olishi kerak edi. Shartnoma 6 yilga moʻljallangan boʻlib, transfer summasi 16,5 mln. funt sterlingni tashkil etdi. Bu transfer summasi jamoa uchun rekord boʻldi, undan oldin rekord summa 2007-yilda xarid qilingan Darren Bent transferiga tegishli edi.
2012-yil 27-avgustda Modrich madridning „Real“ jamoasi bilan 5 yilga shartnoma imzoladi[1]. Ispaniya jamoasi xorvat uchun 35 mln. funt sterling toʻladi. U Real tarkibida 19 raqamli maykada toʻp suradigan boʻldi.
U „Real“ safidagi debyutini 29-avgustda jamoaning azaliy raqibi boʻlgan Barselonaga qarshi kechgan Ispaniya superkubogi musobaqasi uchrashuvida oʻtkazdi. Oʻyin 2:1 hisobida „Real“ foydasiga hal boʻldi va Luka kelganiga ikki kun boʻlganiga qaramay, Ispaniya superkubogi sohibi boʻlishga erishdi. Chempionlar ligasidagi birinchi uchrashuvi 18-sentyabrda Manchester Sitiga qarshi kechdi. Luka oʻzining birinchi golini 2012-yil 3-noyabrda „Real Saragosa“ga qarshi kechgan uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu oʻyinda yana bir jamoaning yangi aʼzosi Maykl Essyen ham oʻzining birinchi golini nishonladi. Oʻyin natijasiga koʻra, „Real Madrid“ 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi oʻzi debyutini 2006-yil 1-martda Shveysariyaning Bazel shahrida Argentina terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvida oʻtkazdi.
2008-yili Luka Xorvatiyaning yil oʻyinchisi deb tan olindi.
2011-yil 11-oktabrda oʻzining terma jamoa safidagi 50-nchi uchrashuvini oʻtkazdi.
Erishgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoalardagi
- Yevropa chempionati ramziy terma jamoasi: 2008
- Xorvatiya chempioni: 2006, 2007
- Xorvatiya superkubogi sohibi: 2006
- Xorvatiya kubogi sohibi: 2007
- Jahon chempionatida kumush medal 2018
- Ispaniya superkubogi sohibi: 2012,2020,2021
- UEFA Chempionlar ligasi Gʻolibi 5karra 2013/14, 3 marta ketma ket 2016/17/18 va 2022
- 3 karra LALIGA gʻolibi 2017,2020,2022.
Shaxsiy
- Bosniya birinchi ligasi yil oʻyinchisi: 2003
- Xorvatiya futboli umidi (yillar boʻyicha): 2004
- Xorvatiya birinchi ligasi yil oʻyinchisi: 2008
- Tottenham Hotspur jamoasi mavsum oʻyinchisi: 2010/11
- Oltin toʻp sohibi 2018
Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Real Madrid rasmiy saytidagi sahifasi
- 1hnl.net saytidagi statistikasi Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-02-13).
- Fifa saytidagi statistikasi Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-07-18).