Gerd Müller

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gerxard Myuller (nemischa: Gerhard "Gerd" Müller Gerxard "Gerd" Myuller)—G'arbiy Germaniyalik futbolchi.Jahon,Yevropa va 3 karra Yevropa Chempionlar kubogi g'olibi.Gerd Myuller 1945-yil 3-noyabrda Germaniyaning AQSH armiyasi egallab turgan qismi Bavariyaning Nyordlingen hududida tavallud topgan."Bavariya" va Germaniya terma jamoasida hujumchi sifatida o'ynagan.Futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri.[1]

G'arbiy Germaniya terma jamoasi bilan xalqaro miqyosda 62 ta o'yinda 68 ta gol urgan.Klub darajasida "Bavariya" safida 15 yil davomida milliy chempionatda 427 ta o'yinda 365 ta gol urdi.Yevrokuboklarda 74 ta o'yinda 65 ta gol urdi.Myullar eng yaxshi 48 ta o'yinchiga qaraganda kam o'yin o'tkazganiga qaramay eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 21-o'rinni egallab turibdi.Eng yaxshi to'purarlar orasida u har bir o'yinda gol urish bo'yicha uchinchi o'rinni egallab turibdi.

1970-yil Myuller Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Bavariya" bilan muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng u 1970-yilgi Jahon chempionatida 10 ta gol urib musobaqaning eng yaxshi to'purari sifatida "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi.1972-yilda Yevropa chempionatida u finalda ham 2 ta gol urib eng yaxshi to'purarga aylandi.Ikki yil o'tgach u Jahon chempionatida 4 ta gol urdi bu gollardan biri finaldagi g'alaba golidir.

Mundiallarda 14 ta gol urgan Myuller 32 yil davom etgan rekordni o'rnatdi.(Uning rekordi avval braziliyalik Ronaldo tomonidan,keyin esa hamyurti Miroslav Kloze tomonidan rekord yangilangan)[2].1999-yilda u Yevropaning "Asrning eng yaxshi futbolchisi" tanlovida 9-o'rinni egalladi.Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS)[3] "Asrning eng yaxshi futbolchisi" tanlovida 13-o'rinni egalladi.2004-yilda Pele Myullerni FIFA-100 ro'yxatiga kiritdi.[1]

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerd Myullerning otasi Geynrix Myuller yuk mashinasi haydovchisi bo'lib ishlagan,onasi Karolina uy bekasi edi.Gerd oilada olti farzandning eng kichigi edi.

Myuller olti yoshidan futbol o'ynashni boshlagan va bu faoliyatga juda qiziqib qolgan.15 yoshida otasi vafotidan keyin maktabni tashlab paxta zavodiga ishlashga majbur bo'ldi.Ammo Gerd barcha bo'sh vaqtini sevimli mashg'uloti futbolga bag'ishladi.[4]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerd Myuller 1967-yilda futbol to'piga dastxat qo'yayotgan vaziyatda uning o'ng tomonida Frans Bekkenbauer va Verner Olk

Myuller professional futbolchilik faoliyatini 1960-yilda "TSV-1861" klubida boshlagan.1964-yilda u Myunxenning "Bavariya"siga ko'chib o'tdi.U quyi ligada o'ynashga ham rozi bo'ldi.Gerdning jamoadoshlari bo'lajak nemis futbol yulduzlari Frans Bekkenbauer va Zepp Mayer edi.Bir mavsum o'tgach klub Bundesligaga kirdi va uni boshqa tark etmadi.

Myuller 1960-1970-yillarda Yevropa futbolining deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi.Gerd bu g'alabalarga munosib hissa qo'shdi.Bundesligada 427 ta o'yinda 365 ta gol urgan (o'zidan keyingi Klaus Fisherdan 97 ta ko'p).1971/72-yilgi mavsumda u 40 ta gol urdi va bir mavsumda gol urish bo'yicha Bundesliga rekordini o'rnatdi.Robert Levandovski 2020/2021-yilgi mavsumda 41 ta gol urganiga qadar saqlanib qoldi.[5] Bundan tashqari Myuller Yevrokuboklardagi urilgan gollar bo'yicha rekordchiga aylandi.U Yevrokuboklarda 77 ta o'yinda 69 ta gol urgandi (2010-yil 20-oktabrda bu rekord ispaniyalik Raul tomonidan yangilangan).Gerd 1970/71-yilgi "Yarmarkalar kubogi" musobaqasida ham 7 ta gol urdi,lekin bu musobaqa UEFA tomonidan o'tkazilmagandi.U bir taqvimiy yilda eng ko'p gol urish bo'yicha rekordi uzoq yillar yangilanmadi.U 1972-yilda[6] 85 ta gol urdi,to 2012-yilda Lionel Messi[7] bu rekordni yangilamaguncha rekord unga tegishli edi.

1979-yilda Myuller Amerika Qo'shma Shtatlarga jo'nab ketdi va u yerda Shimoliy Amerika futbol ligasining "Fort-Loderdeyl Straykers" klubida 3 mavsum to'p tepdi.Bu mavsumlarda esa 40 ta gol urdi.U jamoasi bilan "Soccer Boul" musobaqasi finaligacha chiqdi va finalda esa "Nyu-York Kosmos" klubiga 0:3 hisobda mag'lub bo'lishdi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerd Germaniya terma jamoasidagi debyutini 1966-yil 12-oktabrda Turkiyaga qarshi o'tkazdi.[8] U terma jamoada 62 ta o'yin o'tkazib 68 ta gol urdi.Myuller o'tkazgan o'yinlaridan ko'ra urgan gollari ko'p bo'lgan kam sonli futbolchilardan biridir.

Futbolchi terma jamoadagi so'nggi o'yinini 1974-yilgi Germaniyada bo'lgan Jahon chempionati finalida o'tkazgan.1974-yil 7-iyul kuni Myunxengi finalda G'arbiy Germaniya Gollandiya terma jamoasini finalda 2:1 hisobda mag'lub etgan va g'alaba to'pini Myuller kiritgan edi.Myuller 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.Bunga sabab sifatida esa oilasi bilan ko'proq vaqt o'tkazish bilan izoxlagan.[9]

Yuqorida ta'kidlaganimizga ko'ra Myuller Jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo'yicha uzoq vaqt rekordchi bo'lib keldi.Qiziq fakt bor shu yerda 2006-yilgi Germaniyada o'tgan Jahon chempionatida braziliyalik Ronaldo Gerdning rekordini yangiladi.Lekin 2014-yilgi Braziliyada o'tgan Jahon chempionatida germaniyalik Miroslav Kloze braziliyalik Ronaldo o'rnatgan rekordni yangiladi.2014-yilgacha Gerd terma jamoada eng ko'p gol urgan futbolchi edi.Uning rekordini yana o'sha biz bilgan Kloze yangiladi.Lekin Kloze 69 ta golni urish uchun 132 ta o'yin o'tkazganligini hisobga olish kerak.[10]

Futbolchilik faoliyatidan so'ng[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yil nafaqaga chiqqan Gerd depressiyaga tushib alkogolga ruju qo'ydi.Uning klubdagi sobiq hamkorlari uni davolanish kursi o'tashga ko'ndirishdi.Keyin unga "Bavariya" havaskorlar jamoasiga murabbiylik qilishni taklif etishdi.[11][12] Adidas kompaniyasi Gerd Myuller nomi bilan liboslar kolleksiyasini chiqardi.

Myuller 2009-yil 1-oktabrda dunyo yuzini ko'rgan "PerfectGoal" onlayn futbol menejer o'yini qo'llab quvvatladi.

2015-yilda Gerd qariyalar uyiga tushib qoldi.Bu vaqtda Alsgeymer kasalligi bilan og'rigan edi.[13]

2021-yil 15-avgustda Gerd Myuller 75 yoshida vafot etdi.[14]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerd xotini bilan ajrashgan va qizi bor.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Myuller kichkina,zarbasi kuchli futbolchi edi.U qisqa masofalarda tez tezlasha olardi.Bosh bilan o'ynashi ham a'lo darajada edi.Eng muhimi gol urish instinkti bor edi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerd Myuller Jahon kubogi bilan.1974-yil.

"Bavariya" safida[1][15][16][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Germaniya chempioni 4 marta-1969,1972,1973,1974-yillar.
  • Germaniya kubogi soxibi 4 marta-1966,1967,1969,1971-yillar.
  • Yevropa Chempionlar kubogi g'olibi 3 marta-1974,1975,1976-yillar.
  • UEFA kubog egalari kubogi soxibi-1967-yil.
  • Qit'alararo kubok soxibi-1976-yil.

Germaniya terma jamoasida[1][15][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jahon chempioni-1974-yil.
  • Yevropa chempioni-1972-yil.

Individual yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Oltin to'p" soxibi-1970-yil[17]
  • "Oltin butsa" sovrindori-1970,1972-yillar[18]
  • Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi-1967,1969-yillar.[19]
  • Germaniya chempionatining eng yaxshi to'purari-1967,1969,1970,1972,1973, 1974,1978-yillar[1]
  • G'arbiy Germaniya kubogi to'purari-1967,1969,1971-yillar
  • Yevropa Chempionlar kubogi to'purari-1972/73,1973/74,1974/75, 1976/77
  • Jahon chempionati to'purari-1970-yil[1]
  • 1972-yilgi Yevropa Chempionati saralashining eng yaxshi to'purari-7gol
  • Yevropa chempionatining eng yaxshi to'purari-1972-yil (4 gol)
  • Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to'purar-365 ta gol.
  • G'arbiy Germaniya kubogi tarixidagi eng yaxshi to'purar-78 gol.
  • "Bavariya" tarixidagi eng yaxshi to'purar-571 gol.
  • Bir mavsumda barcha musobaqalarda gollar soni bo'yicha "Bavariya" rekordchisi-67 gol.
  • Nemsi futbolchilari orasida Yevrokuboklarda gol urish bo'yicha rekordchi-66 gol.
  • Xizmatlari uchun ordeni soxibi (FIFA)-1998-yil.[20]
  • FIFA-100 ro'yxatiga kiritilgan.[1]
  • "Golden Foot" mukofoti sovrindori ("Futbol afsonalari" yo'nalishi bo'yicha)-2007 2007-yil
  • "Bravo Otto" mukofoti sovrindori:
  • Oltin xaykalcha-1973,1974
  • Kumush xaykalcha-1975
  • Bronza xaykalcha-1972,1976[21]
  • IFFHS ga reytingiga kirgan[22]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Der Bomber wrote records for eternity“. FIFA.com. 24-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2018-yil.
  2. „World Cup Rewind: Ronaldo sets all-time goals world record“. Guinness World Records. Qaraldi: 13-sentabr 2018-yil.
  3. Stokkermans, Karel „IFFHS Century Elections“. RSSSF.com (30-yanvar 2000-yil). 23-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  4. Герд Мюллер «Я бомбардир из Нёрдлингена»
  5. „Lewandowski makes Bundesliga history with goal 41 in Bayern Munich's title-winning campaign“. goal.com (22-may 2021-yil). Qaraldi: 22-may 2021-yil.
  6. Uli Hesse. „Looking for Goals“. ESPN (17-noyabr 2012-yil). 21-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-noyabr 2012-yil.
  7. „Lionel Messi of Barcelona sets new goal-scoring record“. BBC Sport (10-dekabr 2012-yil). 10-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2012-yil.
  8. Turkey vs West Germany, 12 October 1966
  9. „Герд Мюллер: «Завершил карьеру в 28 лет ради дочки»“. sportbox.ru (16-oktabr 2010-yil). 15-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2011-yil.
  10. „World Cup in sight as Germany see off Austria“. UEFA.com (6-sentabr 2013-yil). 13-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2016-yil.
  11. www.abendblatt.de
  12. www.faz.net
  13. БОЛЕЗНЬ ГЕНИЯ. КАК ГЕРД МЮЛЛЕР ЗАКАНЧИВАЕТ ЖИЗНЬ В ДОМЕ ПРЕСТАРЕЛЫХ
  14. Диана Валавичюте. „Чемпион мира и Европы Герд Мюллер скончался в возрасте 75 лет“ (ru). www.championat.com. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  15. 15,0 15,1 „Gerd Müller“ (de). fussballdaten.de. 19-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-sentabr 2014-yil.
  16. „Der 38. Spieltag der Regionalliga Süd 1964/1965“ (de). fussballdaten.de. 5-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-sentabr 2014-yil.
  17. „European Footballer of the Year ("Ballon d'Or")“. RSSSF. 19-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-sentabr 2014-yil.
  18. „Topscorer 2012/2013: Lionel Messi (FC Barcelona)“. eusm.eu. 4-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-sentabr 2014-yil.
  19. „Fußballer des Jahres seit 1960: Die Siegerliste“ (de). kicker.de. 17-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-sentabr 2014-yil.
  20. „FIFA Order of Merit“. 24-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  21. Fast alles über 50 Jahre Bundesliga (de). Kiepenheuer & Witsch eBook, 2013 — 139 bet. ISBN 978-3-462-30643-9. 15-avgust 2021-yilda qaraldi. 
  22. „IFFHS announce the 48 football legend players“. IFFHS (25-yanvar 2016-yil). 24-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.