Yangibozor (Yangibozor tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Yangibozor
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Yangibozor tumani
Koordinatalari 41°42′39″N 60°32′21″E / 41.71083°N 60.53917°E / 41.71083; 60.53917Koordinatalari: 41°42′39″N 60°32′21″E / 41.71083°N 60.53917°E / 41.71083; 60.53917
Aholisi 6 300 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yangibozor (Yangibozor tumani) (Oʻzbekiston)
Yangibozor

Yangibozor — Xorazm viloyati Yangibozor tumanidit shaharcha (1983 yildan), tuman markazi. Xorazm viloyatining shim.gʻarbiy qismida joylashgan. Viloyat markazi (Urganch shahri) gacha 20 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Urganch (20 km). Aholisi 6,3 ming kishi (2005). Ya.da paxta tozalash, gʻisht zavodlari, qurilish korxonalari, yirik, oʻrta biznes, kichik korxonalar, mikrofirmalar, avtokorxona, MTP ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, litsey, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, amfiteatr, klub muassasalari, stadion, Xotira maydoni bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Ya.dan Urganch shahri va Gurlan shaharchasiga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.