Xoʻjash mahram madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjash mahram madrasasi - Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1839); Ichan qalʼa hududidagi Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida. Madrasa toʻrtburchak tarxli (21 x 19,5 m), bir qavatli. Bosh tarzi peshtokdi (bal. 7,5 m), gumbaz tomli, ikki yonida hovli atrofi boʻylab hujralar joylashgan, ikki burchagida guldastalar bor. Hovli (11,8x11,8 m)ning shim.sharqiy burchagidagi darsxona (3,8x3,8 m) tashqariga bir oz turtib chiqqan. Peshtoq ortidagi ikki qavatli, gumbazli miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Bino tarzlari gʻishtdan, faqat bosh tarzi, peshtogʻi va minora — guldastalar, "dandana"li hoshiyalar sirli koshinlar bilan bezatilgan.