Mahram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahram (arab. — qarindosh) — shariatda oʻzaro nikoh man etilgan va eng yaqin qarindoshlik aloqasida boʻlgan erkak yoki ayol. Shaxsning eri yoki xotini, asosan, M. (tan M.) hisoblangan. Ayol kishi yuzi ochiq holda koʻrinishi mumkin boʻlgan yaqin erkak qarindoshlar shariatga koʻra, ayolning eri (tan M), otasi, oʻgʻillari, aka-uka, amaki, buva, togʻa, qaynatasi M., undan yiroq erkak qarindoshlar va yot erkaklar nomaxram hisoblanadi. Odatda, ayol kishi M.dan yuzini berkitmagan, ammo nikohdagi ayol erining bo-shqa qarindoshlaridan (qaynataqaynana va erining ruxsati bilan) qochmasligi mumkin hisoblangan. Er yoki xotin ajrashib ketsa yoki ulardan biri oʻlsa, oʻsha vaqtdan eʼtiboran ular bir-biriga nomahram hisoblangan. Ayol kishi oʻlsa uni qabrga nomaxram kishilar qoʻya olmay, balki oʻgʻil yo aka-uka, togʻa yoki marhum tiriklik vaqtida vasiyat qilingan kishi (goʻri M.) qoʻygan.

M.lik bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina rasmrusum va qoidalar hozirda yoʻqolib ketgan. Shuningdek, "M." sirdosh, sidqidildan xizmat qiluvchi xizmatkor maʼnolarida ham ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil