Dandana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dandana (fors, dandon) — 1) qad. miskarlikda — mis boʻlaklarini bir-biriga ulash usuli. Boʻlaklar birining kemtiklariga (tishlariga) ikkinchisining kemtiklari kiritilib jipslashtirilgan va kavsharlangan. Bu usul hozir ham qoʻllaniladi; 2) temirchilikda — (oʻchoq) ning dam chiqarib, metallni qizdiradigan joyi (Andijon, Margʻilonda); 3) meʼmorlikda — gʻishtlarni qirra qilib terib hosil qilinadigan bezak usuli, kungura. Bu usuldan hovuz va gulzor chekkalarini, binolarning yuqori qismlari (karnizlar) ni bezashda foydalaniladi. Turar joylarda poygoh (oyoq kiyimlari yechiladigan maxsus joy) ham D. usulida gʻisht bilan atrofdan ajratilgan. Devorlar tepasidagi D. devorni qor-yomgʻirdan himoya qilgan; 4) dehqonchilikda — uzunasiga olinadigan ariqcha (qarang Joʻyak). Tishli mola (sixmola) ham D. deb ataladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil