Xoʻjamberdibiy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`jamberdibiy Madrasasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjamberdibiy madrasasiXivadagi meʼmoriy yodgorlik (1688, 1834); Ichan qalʼada, Polvon darvoza yaqinida. Dastlab tarkibida masjid, 10—12 hujrali, bir hovlili qilib toʻrtburchak tarhli (20x38 m) Xoʻjamberdibiy madrasasi qurilgan. 1834 y. Olloqulixon madrasasi qurilishi munosabati bilan Madrasa ikki hovlili qilib qayta qurilgan: shakli xurjunga oʻxshagani uchun "Xurjun Madrasa" deb ham atalgan. Avvalgi madrasadan masjid va unga yondosh hujralar saqlangan. Bir gumbazli oddiy darvozaxona (3,0x3,0 m) dan hovlilarga hamda Olloqulixon madrasasiga olib boruvchi yoʻlak (pandus)ga oʻtiladi. Shim. hovlida (11,7x9,8 m) 10 ta hujra va jan. hovlida (4x7 m) 6 ta hujra hamda darsxona (3,5x3,5 m) joylashgan; darsxona devoriga ishlangan mehrob undan masjid sifatida foydalanilganini koʻrsatadi. Bino qiyofasi Olloqulixon madrasasi meʼmoriy shakliga yaqinlashtirilgan, hujralar pastqam, balxi gumbazli, sodda bezaksiz; faqat eshik yogʻoch oʻymakorligida ziynatlangan.