Balxi gumbaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Balxi gumbaz — gumbazning sodda turi. Toʻgʻri toʻrtburchak va murabba tarhli xonalar devori ustiga oʻrnatiladi. B. g . koʻpincha past tomli binolarda (hammom, suv ombori va qaznoqlarda) qoʻllaniladi. Gumbazli bino xonalarining tarhida koʻrsatilgan shakliga putur yetkazmagan holda yopilgan. B. g .da xona devorlarining past boʻlishi va gumbazning birinchi qator gʻishti xona ichiga surib terilishi binoning mustahkamligini oshirgan. Gumbazning ogʻmaligi har bir burchakdan boshlab qoʻyilgan gʻishtning ogʻmaligiga bogʻliq boʻlgan. Devor burchaklariga qoʻyiladigan "neshburik" yoki "gʻoz" gʻishtlari pona shaklida yoʻnaladi.

Poʻlat Zohidov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil