Kontent qismiga oʻtish

Ogʻirlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

OgʻirlikYer tortish kuchi maydonida tinch turgan jismning uning erkin tushishiga toʻsqinlik qiladigan gorizontal tayanch (yoki osma) ga taʼsir kuchi. Nyutonning ikkinchi qonuniga koʻra (qarang Nyutonning mexanika qonunlari), jismning vazni P=m(g — a) =F(h — a/g), bunda: t — jism massasi, g — erkin tushish tezlanishi, a — tashqi kuchlar taʼsirida jism erishgan tezlanishi, Gʻ — tortishish kuchi va Yerning sutkalik aylanishi tufayli hosil boʻluvchi kuchning geometrik yigʻindisidan iborat ogʻirlik kuchi, a =0 boʻlganda vazn ogʻirlik kuchiga teng , g=a boʻlganda vazn nolga teng boʻladi, yaʼni vaznsizlik holati yuzaga keladi. Vazn — oʻzgaruvchan kattalik, u joyning geografik kengligiga boglik (qutbda u ekvatordagiga qaraganda kattaroq qiymatga ega boʻladi). Jismning ekvatordagi vazni qutbdagi vazniga qaraganda 1/288 marta kichik. Vazn va massa har xil fizik kattalik. Vazn jism harakteristikasi boʻla olmaydi. Jismning harakteristikasi — bu uning massasidir. Xalqaro birliklar tizimi SI da vazn ogʻirlik kuch birligi nyuton (N)da, massa — massa birligi kilogramm (kg) da oʻlchanadi [1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil