Dravidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dravidlar — Jan. Hindistonda yashovchi xalqlar guruhi (telugular, tamillar, malayalilar, kannaralar, gondlar, oraonlar va b.). Pokiston hamda Eron va Afgʻonistonning qoʻshni rayonlarida (braguylar) yashaydi. Jan. hind irqiga mansub. Dravid tillarida soʻzlashadi. Hindiston ya. o.ning tub joy aholisi. D. haqidagi ilk maʼlumotlar (Upanishad, Mahabharata) qad. hind adabiy yodgorliklarida keltiriladi. Bu esa D. oriy qabilalarining shim. Hindistonga bostirib kirguniga qadar tub aholi boʻlganini koʻrsatadi. Baʼzi tadqiqotchilar D.ni mil. av. 4-ming yillikda Gʻarbiy Osiyodan koʻchib kelgan deb hisoblaydilar. D. tarixiy taraqqiyot davomida oʻzlarining boy madaniyatlari (Harappa madaniyati, Mohenjoda)ni vujudga keltirganlar. D. orasida hinduizm, xristianlik, islom, togʻli va oʻrmonzor rayonlarida yashaydigan aholi oʻrtasida ibtidoiy diniy tasavvurlar yoyilgan. Aholining koʻpchiligi qishloqlarda yashaydi. Dexdonchilik (guruchdan yiliga ikki marta hosil olinadi, koks palmasi, choy, kofe, kauchuk daraxti), chorvachilik (qoʻy, echki), hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar (qarang Hindiston).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil