Kanalizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kanalizatsiya — korxonalar, jamoat va turar joy binolari hamda aholi yashaydigan joylardan chiqadigan oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan muhandislik inshootlari va jihozlari majmui, shuningdek, bu suvlardan foydalanish yoki suv havzalariga oqizishdan oldin tozalash va zararsizlantirish tadbirlari. K. tizimining asosiy qismlari: kanalizatsiya tarmogʻi, nasos st-yasi, tozalash inshootlari va oqova suvlar qoʻshimcha tozalanadigan inshootlar. Kanalizatsiya t a r m o gʻ i korxona va turar joylardan okrva suvlarni olib ketadigan quvurlar tarmogʻi; u ichki va tashqi K. tarmoqlariga boʻlinadi. Ichki K. tarmogʻidan maishiy va i.ch. okrva suvlarini bino yoki inshootlar tashkarisiga chiqarib tashlashda foydalaniladi. Unga oqova suvlarni qabul qiladigan asboblar (sanitariya asboblari), stoyaklar, binodan chiqarib yuborish qurilmalari kiradi. Baʼzi korxonalarda okrva suvlarni oldindan tozalaydigan uskunalar ham oʻrnatiladi. Tashqi K. tarmogʻi turar joy binolari, sanoat obʼyektlaridan chiqadigan iflos va yogʻin suvlarni qabul qilish hamda oqizib yuborish uchun xizmat qiladi. U xovli ichi, kvartal ichi va koʻcha tarmoqlariga boʻlinadi. Bir necha K. liniyalaridan kelgan suvlar kollektorlarga yigʻiladi, u yerdan umumiy K. tarmogʻiga qoʻshilib ketadi. K. tarmogʻi trassasi iloji boricha okrva suvlar oʻz-oʻzidan oqadigan qilib yotqiziladi. Agar buning iloji boʻlmasa, nasos stansiyasi oʻrnatiladi. U oqova suvlarni bosimli quvurlar boʻylab haydaydi. Oʻz-oʻzidan oqadigan tarmoqlarga sopol, asbest-sement va plastmassa quvurlar, bosimli tarmoqlarga choʻyan, temirbeton, asbest-sement va plastmassa quvurlar ishlatiladi va ular yerning muzlash chuqurligini hisobga olgan holda imkoni boricha yuza yotqiziladi. K. tarmogʻini tekshirib turish va tozalash uchun trassata K. quduklari quriladi.

Birlashgan va alohida K. tizimlari ham mavjud. Birlashgan K. tizimida barcha suvlar bitta quvur orqali ketadi. Alohida K. tizimida uy-joylardan chiqadigan yoki okrva suvlar, yogʻin suvlari uchun alohidaalohida K. tarmoqlari quriladi. Zamonaviy kommunal qurilishda, asosan, aloxdsa K. tizimi qoʻllaniladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan suvlar tozalash inshootlarida, kimyoviy, biologik va mexanik usullar bilan tozalangandan soʻnggina umumiy K.ga qoʻshiladi. Markazlashtirilgan K. boʻlmagan joylarda har qaysi uy (yoki bir necha uy) uchun mahalliy K. tizimi quriladi.

K. tizimi qadimda Misr, Hindiston, Rim, Yunonistonda qurilgan. Yunoniston va Rimda ancha mukammal K.lar boʻlgan. Ilgari Oʻzbekistan hududida ham K.lar yotqizilgani maʼlum (qarang Afrosiyob). U paytlarda K.da, asosan, sopol quvurlardan foydalanishgan. Zamonaviy K. tizimi 19-asrdan boshlab qurila boshlangan. K. yashash va ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilashga, suv resurslaridan samarali foydalanishga hamda tabiatni muhofaza qilishga imkon beradi va turar joylarni obodonlashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil