Turkman viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkman viloyati
turkmancha: تورکمن ولایتی
Mamlakat Sovet Ittifoqi SSSR
RSFSR bayrogʻi (1918-1937) RSFSR
Tegishli Turkiston ASSR bayrogʻi Turkiston ASSR
Tarkibida 4 ta uyezd
Maʼmuriy markazi Poltorask
Yirik shahari Poltorask
Boshqa yirik shaharlari Krasnovodsk, Marv, Tajan, Saraxs
Asos solingan sanasi 1918-yil 30-aprel
Bekor qilingan sanasi 1924-yil 27-oktyabr
Rasmiy tillar Rus tili va turkman tili
Aholi tax. 400 ming kishi
Millatlar tarkibi asosan turkmanlar va и qozoqlar-adaylar, shuningdek ruslar, qoraqalpoqlar va boshqalar
Dinlar tarkibi musulmon sunniylar, shuningdek, musulmon shialar, nasroniylar va bahoiylar
Maydoni 531 738 km²
Xaritada
Turkman viloyati xaritada

Turkman viloyati – RSFSR tarkibidagi Turkiston ASSRning beshta viloyatidan biri. 1918-yil 30-aprelda Kaspiyorti viloyati nomi ostida Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi ayni nomdagi viloyat oʻrnida tuzilgan. Turkiston ASSRning Turkman viloyati Turkiston oʻlkasining Kaspiyorti viloyati bilan aynan bir hududni egallaydi. 1921-yil 7-avgustda viloyat Turkman viloyati deb qayta nomlanadi.

1924-yil 27-oktyabrda Turkman viloyati tugatilib, uning hududi Oʻrta Osiyoning qolgan viloyatlari qatori milliy-hududiy chegaralanish jarayonida yangi tashkil etilgan ittifoq respublikalari oʻrtasida boʻlingan. Turkman viloyati hududida Turkmaniston SSR va qisman Qozoq ASSR tarkibidagi Qoraqalpoq avtonom viloyati tashkil etilgan.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatning maʼmuriy markazi va yirik shahri Poltorask (Ashxobod) shahri hisoblanadi. Boshqa yirik shaharlari – Krasnovodsk, Marv, Tajan, Saraxs. Viloyat dastlab 5 ta (Mangʻishloq uyezdi Qirgʻiz ASSRga beriladi), keyinchalik 4 ta uyezdga boʻlinadi: Krasnovodsk, Marv, Poltoratsk va Tajan, ularning maʼmuriy markazlari mos ravishda Krasnovodsk, Marv, Poltoratsk va Tajan shaharlari boʻladi.

Chegaralanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududini gʻarbdan Kaspiy, shimoli-sharqdan Orol dengizi suvlari yuvib turgan, shimoldan Qirgʻiz ASSR (ushbu ASSR tuzilgandan keyin), shimol va shimoli-sharqdan Xiva xonligi (keyinchalik Xorazm XSR va Xorazm SSR), janubi-sharqdan Buxoro amirligi (keyinchalik BXSR va Buxoro SSR) va Afgʻoniston amirligi, janubdan Qojar Eroni bilan chegaradosh boʻlgan.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda taxminan 400 ming kishi istiqomat qilgan. Aholining asosiy qismi turkmanlar. Shuningdek, katta miqdorda ruslar, oʻzbeklar, qirgʻiz-qozoqlar (yaʼni qozoqlar), bundan tashqari qoraqalpoqlar, eroniylar, kurdlar, armanlar, ukrainlar, tatarlar, polyaklar va boshqalar boʻlgan. Aholining katta qismi sunniy islomga eʼtiqod qilgan, ayni vaqtda shia musulmonlar salmogʻi ham yetarlicha boʻlgan. Shuningdek, aholining kichik boʻlmagan qismi nasroniylik (asosan pravoslavlik) va bahoiylikni qabul qilgan. Viloyat tashkil qilingandan keyin ancha liberal va bagʻrikengligi tufayli qoʻshni monarxiyalar – Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Afgʻoniston amirligi va Erondan koʻplab qochqinlar, xususan, savdogarlar, moliyachilar, ziyolilar va taʼqibga uchraganlar qochib kelgan yoki koʻchib kelgan[manba kerak].

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyat iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (asosan sabzavot va meva yetishtirish, paxtachilik), chorvachilik, baliqchilik (Kaspiy va Orol dengizlarida), ipakchilik tashkil etgan. Iqtisodiyot sohasida sanoat va bank ishi ham oʻz oʻrniga ega edi. Shuningdek, viloyat daromadining bir qismi gilamdoʻzlik (turkman gilami), loy va sopol idishlar, buyumlar ishlab chiqarish va shu kabilar kabi xalq amaliy sanʼati va hunarmandchiligidan kelib tushgan. Trans-Kaspiy temir yoʻli Kaspiy dengizi qirgʻogʻidagi yirik port shahar Krasnovodskdan boshlanib, Markaziy Osiyoning markaziy va sharqiy hududlariga yoʻl olgan.

Viloyatning asosiy qismi katta qumli Qoraqum choʻli hududida joylashgan boʻlib, janubdan Kopetdogʻ togʻlari bilan oʻralgan, gʻarbdan Kaspiy dengizi suvlari yuvgan, narigi tomoni Kavkaz.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „История Туркменской ССР“,, Ашхабад, 1960. 
  • „Народное хозяйство Средней Азии“,, Ташкент, 1924.