Kurdlar
کورد Kurdlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy aholi soni | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
30 - 38 million | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Katta aholiga ega mintaqalar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tillar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kurd tili Turk tili Fors tili | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Dinlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Islom, oz miqdori Zardushtiylik | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qarindosh etnik guruhlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Eronliklar,tojiklar,dariylar,pushtunlar va forsiy davlatlar |
Kurdlar (oʻzlarini kurd, boʻri, kurmanj deb ataydilar) — xalq. Turkiyada (7,5 mln. kishidan oshiq), Eronda (5,6 mln. kishiga yaqin), Iroqda (Kurd muxtor viloyatida 3,7 mln. kishi), Suriyada (745 ming kishidan ortiq) va boshqa mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 18 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kurd tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, yazidlar va boshqa ham bor.[13]
Kurdlar — Yaqin Sharqning qadimgi xalqlarining biri. Taniqli aktyorlardan Nejati Shashmaz, en:İbrahim Tatlıses, en:Kenan Çoban.
Asosan bobokolonlarining yerida va Turkiya, Eron, Iroq, Suriya davlatlarida istiqomat qilishadilar. Shu davlatlar bilan chegaradosh Afgʻoniston, Armaniston, Gurjiston, Ozarbayjon davlatlarida ham yashashadi.
Umumiy aholi soni — 40-millionga yaqin. Oʻzlarini Kurd deb nomlashadi, biroq qadimda bu xalqning qabilalarini gutei, kutei, kurtii, kardi, karduhi deb atagan. Kurd tili faqatgina Iroq davlati tili bilan birga qoʻllanadi. Dini — asosan islom.
Ona tili — kurd tili, hind-evropa tillar guruhining gʻarb eron tarmogʻiga kiradi, fors tiliga yaqin. Kurdlar fors, arab, turk, gurjin, rus tillarini qoʻllanadi (bu yashash joyiga bogʻliq). Kurdlarning milliy taomi — asosan syt va goʻshtni istemol qilishadi. Kurdlar qoʻshni xalqlar singari Navro'z bayramini qadimdan nishonlaydi. Kurdlardan musulmon buyuk generali Salladin chiqdi. Iroqning hozirgi davlatboshi — -Jalol Talabaniy ham kurd.
Kurdistonning qisqacha tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixchilarning fikricha Kurdlar Hind-Yevropa qavmining Fors tarmogʻiga mansubdirlar. Qadim zamonlarda Eron va Yefratiya oraligʻida joylashgan togʻli hududlarda Mitanni, Kassitlar qirolliklari navbati bilan xukmronlik qilishgan. Miloddan avvalgi 612-yilda kurdlarning ajdodlari boʻlmish medelar qudratli Ossuriya podsholigini yengib, butun Eron va Anatoliya hududida yangi imperiyaga asos soladilar.[14]
Medelarning hukmronligi atigi bir asrga choʻziladi, lekin ularning dini va sivilizatsiyasi Aleksandr Makedonskiy kelgunga qadar Eronda saqlanib qoladi. Xuddi shu davrdan to Islomning tugʻilishiga boʻlgan vaqt mobaynida kurdlarning taqdiri Eronni navbatma-navbat boshqargan yirik imperiyalar: Saljuqiylar, Parfiya va Sosoniylarga bogʻliq boʻlib qoladi.
X asrning ikkinchi yarmida Kurdiston 4 yirik kurd sulolari tomonidan boʻlib olinadi. Bular — shimolda Shaddadidlar (951-1174), sharqda Hasanvohidlar (959-1015) va Banu Annaz (990-1116), gʻarbda Diyorbakir Marvonidlari (990-1116). Bu sulolalardan qaysi biridir agarda Markaziy Osiyodan koʻchmanchi qabilalar bostirib kelmaganda butun kurdlarni birlashtirib, yagona kurd davlatini tuzishi mumkin edi. Eronni bosib olib, Bag`dodni siqib qoʻygan Saljuqiylar kurd sulolalarini birma-bir boʻysundirishadi. Tahminan 1150-yilda Sulton Sanjar Kurdistonda alohida viloyat tashkil qiladi.
Saljuqiylarning qulashidan 12 yil oʻtib mashhur Salohiddin tomonidan asos solingan kurdlar sulolasi- Ayyubiylar (1169-1250) to XIII asrdagi Mo`g`ullar bosqiniga qadar musulmon dunyosida yetakchilikni oʻz qoʻliga oladi. Yevropalik salibchilarga qarshi kurashlari bilan nom qozongan Salohiddinning imperiyasi Butun Kurdiston, Suriya, Misr va Yamanni oʻzida birlashtirilgan edi.
XV asrning yarmida kurdlar Turk-Moʻgʻullardan qutiladi. Kurd viloyati avtonomligini saqlab qoladi, lekin u amalda mayda sulolar orasida boʻlinib ketgandi.
XVI asrning boshlarida Kurdiston Usmoniylar va Eron oʻrtasidagi asosiy raqobat maydoniga aylanadi. Ikki buyuk davlat iskanjasiga tushib qolgan Kurdiston, tabiiyki, siyosiy jihatdan tarqoq holga kelib qoladi, birlashishga imkon qolmaydi. 1514-yilda Usmoniylar Eronning ustidan kichik gʻalaba qozonishadi, lekin forslar hali toʻliq magʻlub etilmagandi. Shu sababli Turkiya Eron chegarasiga doimo xavfsirab qarardi. Shunday vaqtda nufuzli kurdlardan boʻlgan Idrissi Bitlissi turk sultoniga kurd zodagonlarining barcha xuquqlari, imtiyozlarini qayta tiklash, oʻz davlatlarini tuzishga izn berish berishni soʻrab, buning evaziga mabodo Eron Usmoniylarga qarshi urush ochgudek boʻlsa, kurdlar Turkiya chegaralarini muhofaza etishlarini taklif qiladi. Sulton Salim Bitlissining taklifini qabul qilib, sodiqligiga ishonishi uchun barcha kurd zodagonlari bilan koʻrishib chiqadi. Shu tariqa Turkiya va Kurdiston ittifoqchilarga aylanadilar.
Bu kelishuv tufayli Kurdiston deyarli 3 asr davomida tinch yashaydi. Usmoniylarning Kurdistonda bir qancha garnizonlari boʻlishiga qaramay, hududning asosiy qismi kurdlar tomonidan boshqarilar edi. Bu vaqtda Kurdistonda 17 ta knyazlik mavjud boʻlib, hammasi nasldan-naslga qolardi. Vaqti-vaqti bilan markaziy hokimiyat bu knyazliklar ishiga aralashib turishiga qaramay kurdlar va Usmonlilar XIX asrning boshlarigacha tinch-totuvlikda yashadilar. Turkiya uchun kurdlar Eronga qarshi qalqon edi, ularga ishongan Usmoniylar boshqa frontlarda xotirjam jang qilardilar. Kurdlar mamlakatni deyarli mustaqil boshqarardilar. Mamlakat siyosiy jihatdan boʻlinib ketgan boʻlsa ham, xuddi shu davrdagi 350 ta avtonom davlatga boʻlinib ketgan Germaniyaga solishtirganda Kurdistonning siyosiy holati ancha yaxshiroq edi.
Har bir kurd zodagoni oʻzining davlati avlodlari qoʻlida abadiy qolishiga ishonar edi. Buyuk Fransuz Inqilobidan bir asr oldin, 1675-yilda kurd shoiri Ahmadi Xon barcha kurd zodagonlarini yagona davlat tuzishga chaqirdi. Uning daʼvati eʼtiborsiz qolib ketdi. Har bir zodagonni faqat oʻz sulolasi tashvishi qiziqtirardi.
Milliy davlat Fransuz davlatining asosiy gʻoyasiga aylandi. Germaniyada keng dunyoqarashli kishialr barcha kichik knyazliklar yagona milliy davlatga birlashishini xohlashardi. Pan-Germanizm pan-Slavyanizm va pan-turkizm kabi boshqa milliy harakatlarni ham uygʻonishiga turtki berdi. Bu gʻoyalar keyinchalik, 1830-1839-yillarda Kurdistondagi Rovanduz hokimi Mir Muhammadni yagona Kurd davlati uchun kurashishga ilhomlantirdi.
Bu davrgacha kurd zodagonlarining mustaqilligiga deyarli dahl boʻlmagan, ular shunchaki Sultonga boj toʻlab kelishardi. Kurd zodagonlari oʻz boshqaruvlaridan qoniqishar va shu sababli ular Kurdistonni yagona davlatga birlashtirishga urinib ham koʻrishmagandi. Lekin XIX asrning boshida vaziyat boshqacha tus oldi, Usmoniylar Imperiyasi ularning ichki ishiga aralashishni boshlab, Kurdistonning avtonomiya maqomini tugatishga urinishdi.
Kurdistonning birlashishi va toʻla mustaqil boʻlishiga harakatlar davri xuddi shu XIX asrning birinchi yarmidan boshlanadi. Yevropadagi kuchlardan koʻmak olgan Usmonlilar qoʻshini kurdlarga qarshi kurash boshlaydi. 1847-yilda soʻngi mustaqil kurd knyazligi boʻlmish Bohtan qulatiladi.
1847-1881-yilgacha Kurdiston tarixi ozodlik harakatlari bilan oʻtadi. Bu harakatlar koʻpincha mahalliy yoʻlboshchilar, diniy rahnamolar tomonidan boshlanar edi. Bunday harakatlarni Ikkinchi Jahon Urushigacha kuzatish mumkin, lekin ularning hammasi Imperiya tomonidan qattiqqoʻllik bilan bostiriladi.
Bu harakatlarning muvaffaqiyatga erishmaganligining sabablari turlicha: yetakchilarning yoʻqligi, zodagonlar orasidagi egoistik kayfiyat, tashqi kuchlarning aralishuvi va boshqalar.
Shu tariqa kurd jamiyati boʻlingan, yetakchisiz, kelajak uchun biror rejasiz I Jahon Urushiga yetib keldi. 1915-yildagi Fransuz-Ingliz yashirin kelishuvlariga koʻra Kurdiston urushdan keyin boʻlib tashlanishi kerak edi. Kurdlarning oʻzi shunday ham gʻoyaviy jihatdan boʻlinib ketgandilar. Turkiyaning pan-islomizm va pan-turkizm gʻoyalari asoratiga tushib qolgan kurdlarning baʼzilari yashab qolishning yagona yoʻli Usmonlilar tarkibida qolishdir desa, boshqalari ularni batamom inkor qilib, Fransuz Inqilobi va Qo`shma shtatlardan ilhom olgan holda, Kurdistonning mutlaq mustaqilligi uchun kurashish zarur deb daʼvo qilishardi.
1918-yilda Germaniya tomonida jang qilgan Turkiya Ittifoqdosh Kuchlar tomonidan magʻlub etilgan soʻng, mustaqillik tarafdorlari Kurd davlatini tuzish talabi bilan Versal Konferensiyasiga delegatsiya yuborishdi.
Kurdlarning bu talabi xalqaro hamjamiyat tomonidan hisobga olindi. 1920-yilning 10-avgustida Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Turkiya tomonidan imzolangan Sevr shartnomasining 111-boʻlimiga Kurdiston hududida mustaqil Kurd davlati tuzsih borasida moddal (62-64)lar qoʻshildi. Lekin keyinchalik shartnomaning oʻzi kabi bu boʻlim ham eʼtibordan chetda qoldi.
Bu vaqtga kelib kurd jamiyatida kuchli taʼsirga ega, asosan diniy rahnamolar tomonidan boshqariladigan kurd harakatining anʼnaviy qanoti faollashadi. Bu harakat rahnamolari xristian balosi dan ehtiyot boʻlishga va musulmon hududlarda tashqi kuchlar taʼsiridan holi boʻlgan Turklar va Kurdlarning mustaqil davlati ni tuzishga daʼvat eta boshlashadi. Ayni damda Turkiya oʻz harakatini kuchaytirgan Mustafo Kamol bu daʼvatga eʼtibor qaratadi va Anatoliyani okkupatsiya qilgan xristianlarga qarshi kurashda koʻmak soʻrab Kurdistonga keladi. Eʼtiborga loyiq narsa shuki, Turkiyaning mustaqillik kurashidagi ilk kuchlar Kurdistondan kelgan askarlar edi.
1922-yildagi yunonlar ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng Mustafo Kamol Otaurk va Kurd davlatini tuzishda bergan vaʼdasini davom ettiradi. Yunon-turk sulhi imzolangan Lozanna Konferensiyasida Turkiya delegatsiyasi yagona Turk va Kurd millati nomidan nutq irod qilgandi. 1923-yil 24-iyulda kamolchilar hukumati va Ittifoqchi Kuchlar oʻrtasida yangi bitim imzolanadi. Bu bitim Sevr shartnomasini bekor qilib, Kurdistonning katta qismini yangi Turk davlatiga qoʻshib yuborishni koʻzlagan edi. Bundan oldinroq, 1921-yil 20-oktyabrda imzolangan fransuz-turk bitimi Jazira va Kurd-Dogʻ kabi Kurdiston hududlarini Fransiya mandati ostida boʻlgan Suriyaga qoʻshib yuborgan edi. Katta qismi kurd yetakchilaridan biri boʻlgan Simko boshqaruvi ostidagi Eron Kurdistoni Eron tarkibida qoldiriladi.
Neftga boy boʻlgan yana bir kurd provinsiyasi Mossulning taqdiri savol ostida qoladi. Turkiya va Britaniya unga daʼvogar boʻlib chiqishadi. Va nihoyat 1925-yil 16-dekbrdagi Millatlar Ligasi kengashida bu region Britaniya mandati ostida boʻlgan Iroqqa berilishi toʻgʻrisida qaror qilinadi.
Shu tariqa 1925-yilning soʻngida XII asrdan buyon Kurdiston nomi bilan atalib kelinayotgan kurdlar diyori toʻrt davlat: Turkiya, Eron, Iroq va Suriya oʻrtasida boʻlib tashlanadi.
Oldinlari Kurdistonni bosib olgan kuchlarning har biri faqatgina iqtisodiyot, siyosat va harbiy sohalarga eʼtibor qaratgandi, xolos. Ulardan xech biri kurd aholisini milliyligidan, maʼnaviy hayotidan judo qilishga harakat qilmagandi. Bunga ilk bor turk millatchilari urinib koʻrishdi. Keyinchalik kurdlarning isyonkorligini kamaytirish maqsadida Eron va Iroq ham bu ishga qoʻl urishdi. Kurdlarning oʻzligidan ayirishga intilish, ularning ozodlik harakatlarini shu yoʻl bilan bostirish haliga qadar davom etmoqda.
Umuman olganda, oʻz geografik joylashuvi, liderlarining qoʻrqoqligi tufayli kurd millati sharqiy mintaqa siyosiy xaritasini oʻzgartirish progressining asosiy qurboni boʻldi, bu uchun katta maʼnaviy va moddiy toʻlov toʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedCIA2
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedKHRP
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedMackey
- ↑ Volume 2. Dabbagh – Kuwait University. — Iran, page 1111–1112. // Encyclopedia of Modern Middle East & North Africa. Second Edition. Volume 1 — 4. Editor in Chief: Philip Mattar. Associate Editors: Charles E. Butterworth, Neil Caplan, Michael R. Fischbach, Eric Hooglund, Laurie King–Irani, John Ruedy. Farmington Hills: Gale, 2004, 2936 pages. ISBN 9780028657691 Original matn (ingl.)
With an estimated population of 67 million in 2004, Iran is one of the most populous countries in the Middle East.... Iran’s second largest ethnolinguistic minority, the Kurds, make up an estimated 5 percent of the country’s population and reside in the provinces of Kerman and Kurdistan as well as in parts of West Azerbaijan and Ilam. Kurds in Iran are divided along religious lines as Sunni, Shi'ite, or Ahl-e Haqq.
- ↑ arxiv nusxasi, 2013-09-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-23
- ↑ John L. Henriques, „Syria: issues and historical background“, Nova Science Publishers, [1]
- ↑ 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedcoucileu
- ↑ 8,0 8,1 Ismet Chériff Vanly, „The Kurds in the Soviet Union“, in: Philip G. Kreyenbroek & S. Sperl (eds.), The Kurds: A Contemporary Overview (London: Routledge, 1992)). pg 164: Table based on 1990 estimates: Azerbaijan (180,000), Armenia (50,000), Georgia (40,000), Kazakhistan (30,000), Kyrghizistan (20,000), Uzbekistan (10,000), Tajikistan (3,000), Turkmenistan (50,000), Siberia (35,000), Krasnodar (20,000), Other (12,000), Total 450,000
- ↑ „Всероссийская перепись населения 2010 г. Национальный состав населения Российской Федерации“. Demoscope. Demoscope. Qaraldi: 4-iyul 2012-yil.
- ↑ „Information from the 2001 Armenian National Census“. Republic of Armenia. 2010-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2012-yil. (WebCite saytida 2010-01-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Table 4.1.1 Population by individual ethnic groups“. Government of Kazakhstan. stat.kz. 2013-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2013-02-28 sanasida arxivlangan)
- ↑ „The Human Rights situation of the Yezidi minority in the Transcaucasus“. United Nations High Commissioner for Refugees. United Nations High Commissioner for Refugees.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Kurd muammosiga tarixiy nazar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |