Kontent qismiga oʻtish

Toʻgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
toʻgʻon

Toʻgʻondaryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. „To‘g‘on“ so‘zi o‘rta ingliz tiliga, undan oldin esa o‘rta golland tiliga borib taqaladi[1]. Bu so‘zni Amsterdam va Rotterdam kabi ko‘plab qadimiy shaharlarning nomlarida ko‘rish mumkin[2]. Suv sathini koʻtarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. Toʻgʻonlar daryo suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga barham berishga, uning atrofidagi mikroiqlimni yaxshilashga imkon beradi. Ekinlarni sugorish va ichish uchun suv manbalaridan suv chiqarishga intilish milloddan avvalgi 4 va 3 ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Ayniqsa, sugʻorma dehqonchilikning asta-sekin rivojlanib borishi tufayli toʻgʻonlar (dambalar) qurishga ehtiyoj tugʻildi (qarang Dehqonchilik). Ibtidoiy dehqonchilikdan madaniy dehqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham sugʻorma dehqonchilikka va, demak, damba va toʻgʻonlarga talab kuchaydi. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda milloddan avvalgi X asrda asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va boshqa oʻstirilgan. Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim, Xorazm davlati va boshqa joylarda sugʻorish inshootlari (sunʼiy kanallar, dambalar, toʻgʻonlar) qurilgan. Keyinchalik toʻgʻonlar qurish usullari va ularni mustahkamlash tadbirlari takomillashib bordi. Oʻzbekistonda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Osmonsoyiga X asrda Xonbandi toʻgʻoni (uz. 50 m, bal. 15,2 m), 12-asrda Kattaqoʻrgʻon tumanida gʻisht toʻgʻonqurilgan. XVI asrda qurilgan Abdullaxon bandi toʻgʻonining balandligi 15 m, uzunligi 83 m, eni 4,5 m boʻlgan. Oʻsha paytlarda toʻgʻon qurilishida tuproq, tosh, ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Beton toʻgʻonlar XX asr 20-yillaridan qurila boshladi. Oʻzbekistonda Boʻzsuv GES toʻgʻoni (1923 27), 1-May toʻgʻoni (1926 30), Kampirravot toʻgʻoni (1935 —38), Farhod GES toʻgʻoni (1943 —50) va boshqa qurildi. XX asr 50-yillaridan baland toʻgʻonlar paydo boʻddi. Toshkent dengizi va Karkidon, Kattaqoʻrgʻon va Pachkamar suv omborlari toʻgʻonlari (tuproqdan), Kosonsoy suv ombori toʻgʻoni (toshdan) va Qoradaryodagi Andijon toʻgʻoni (betondan) shular jumlasidan.

Vazifasiga qarab, toʻgʻonlar suv ombori va GESlarga quriladigan, suv sathini koʻtaradigan, oqova (ortiqcha suvni chiqarib yuboradigan), stansion (suv olish tuynugi boʻlgan) xillarga boʻlinadi. Toʻgʻon, asosan, tuproq, tosh, beton va yogʻochdan quriladi. Beton toʻgʻonning gravitatsion, ravoqli va tirgakli xillari boʻladi. Toʻgʻonning turi geologik, topografik, gidrologik va iqtisodiy sharoitlarga qarab tanlanadi. Ularning balandligi 300 m ga yetishi mumkin (masalan, Nurek GES).

Suv bosimi kichik (2 –4 m, kamdankam 4 –8 m, ayrim hollarda 16 –20 m) boʻlgan joylarda yogʻoch toʻgʻon quriladi va kontrfos (tirgak)lar bilan mahkamlanadi. Tuproq toʻgʻon bir xil materialdan, yaʼni maʼlum tartibda joylashtiriladigan qumoq va qumloq yoki tuproq, qumloq va qum va sh.k.dan quriladi. Toʻgʻon korpusi ichida suv oʻtkazmaydigan ekran (plastik yoki qattiq) yoki materiallar (tuproq, qumoq tuproq, beton, temirbeton yoki metall)dan ichki yadro yasaladi. Tuproq toʻgʻon toʻkma va quyma turlarga boʻlinadi. Suv omboridagi poʻrtanalar taʼsiridan saqlash uchun toʻgʻonning yuqori bagʻri tosh, beton plitalari va boshqa suv oʻtkazmaydigan materiallar bn qoplanadi. Aralash tipdagi toʻgʻon tosh va tuproqdan quriladi. Tosh toʻgʻon, asosan, tosh tashlash yoki tosh toʻkish yoʻli bn quriladi. Toʻgʻon ekrani yoki suv oʻtmaydigan markaziy elementi (diafragmasi) temirbeton, asfalt va polimer va boshqa materiallardan quriladi. Beton va temirbeton toʻgʻon konstruksiyasi boʻyicha gravitatsion, arkasimon va tirgakli (kontrfosli) turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon xarsangtosh terib yoki beton, toshbetondan quriladi, oʻz massasi bn suv bosimini toʻsib turadi, asosi va ekrani mustahkam, suv oʻtkazmaydigan qilinadi. Arkasimon, yaʼni yoysimon toʻgʻon (dara kengligi katta boʻlganda) yuqorigi byefi suv bosimi ostida boʻladigan qirgʻoqqa yoki maxsus tirgaklarga birlashtiriladi. Gravitatsion toʻgʻonlar maxsus tayyorlangan, suv oʻtkazmaydigan mustahkam zaminga quriladi va katta massaga ega boʻladi. Tirgakli (kontrfos) toʻgʻonlarning bosim tushadigan tomoni temirbeton plitalar bn toʻsiladi. Tirgakning oʻzi mustahkam qoya yoki zaminga oʻrnatiladi. Metall toʻgʻonlar boshdanoyoq metalldan ishlanadi, qimmatligi tufayli qoʻllanish doirasi cheklangan. Zamonaviy toʻgʻonlar, asosan, temirbetondan quriladi.

  1. „Bartleby.com: Great Books Online – Quotes, Poems, Novels, Classics and hundreds more“. bartleby.com. 2009-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.http://www.bartleby.com/
  2. Source: Tijdschrift voor Nederlandse Taal- en Letterkunde (Magazine for Dutch Language and Literature), 1947