Kattaqoʻrgʻon suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kattaqo‘rg‘on suv ombori (shimoliy chetida)

Kattaqoʻrgʻon suv ombori -gidrotexnika inshooti, Oʻzbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqoʻrgʻon shahri yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan. Kattaqoʻrgʻon suv omborio. Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tartibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamgʻaradi. 1940—51 yillar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi. Kattaqoʻrgʻon suv omborio.ning asosiy inshooti kompleksi suv chiqargichli toʻgʻon, suv keltiriladigan va suv oqib ketadigan kanallardan iborat. 1941 yilda uz. 4 km, balandligi 28 m tuproqtoʻgʻon koʻtarildi (keyinchalik toʻgʻon balandligi 31,5 m ga yetkazildi). Suv omborining hajmi yildan-yilga oshirib borildi va 1954 yilda loyihada koʻrsatilgan miqdor — 662 mln. m³ ga yetkazildi. Uz. 28 km, suv sarfi 45 m³/s suv keltiruvchi kanal va uz. 15,2 km, suv sarfi 123 m³/s suv chiqaruvchi kanal qurildi. 1956 yil suv keltiruvchi kanal rekonstruksiya qilinib, uning suv oʻtkazish imkoniyati 100 m³/s ga yetkazildi, oʻzani toʻgʻrilanib, kengaytirildi va oʻzanga beton toʻshama yotqizildi. Natijada kanal uz. 21,2 km ga yetdi. Toʻgʻon (maksimal balandligi 28,62 m, uz. 3915 m) va quloqlarning rekonstruksiya qilinishi natijasida (1968 yilda) Kattaqoʻrgʻon suv omborio. sigʻimi 900 mln. m³ ga yetkazildi, shundan foydali sigʻimi 840 mln. m³. Suv yuzasi maydoni 79,5 km². Uz. 15 km, maksimal eni 10 km, oʻrtacha eni 5,3 km, maksimal chuq. 25 m, oʻrtacha chuq. 11,3 m.

Kattaqoʻrgʻon suv omborio. suvi bilan Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi 94 ming ga yer sugʻoriladi va 150 ming ga yerning suv taʼminoti yaxshilangan. Kattaqoʻrgʻon suv omborio. suvi kanal bilan Qoradaryoga quyiladi. Suv omborida baliqchilik tez rivojlandi, yiliga oʻrta hisobda 240—250 s baliq ovlanadi.

Ziyamiddin Artukmetov, Abdurahim Ermatov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil