Karkidon suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karkidon suv ombori

Karkidon suv ombori - Fargʻona viloyati Quvasoy daryosidagi gidrotexnika inshooti. Suv ombori Fargʻona viloyati Kuva tumani bilan Qirgʻiziston Respublikasi chegarasida, Nazarota togʻoldi bilan Quvasoy vodiysi adirlari oraligʻidagi tabiiy botiqda qurilgan. Birinchi navbati 1961—63 yillar oxirida, ikkinchi navbati 1967-yilda qurib bitirildi. Karkidon suv ombori toʻgʻoni balandligi 70 m, uz. 420 m. Umumiy hajmi 218,4 mln. m³, foydali hajmi 211,5 mln. m³; suv yuzasi mayd. 9,65 km²; maksimal uz. 5,5 km; oʻrtacha chuq. 36,7 m. Karkidon suv omboridan suv chiqarish inshooti (uz. 340 m) va maxsus kanal (uz. 2,7 km, chuq. 2,7 m, suv oʻtkazish imkoniyati 50 m3/s) orkali suv Janubiy Fargʻona kanalita oqib oʻtadi. Karkidon suv omboriga suv uz. 27 km boʻlgan kanal orqali beriladi. Suv ombori qurilishi Fargʻona viloyatining Quva, Oxunboboyev, Oltiariq, Fargʻona tumanlari ekin maydonlari suv taʼminotini yaxshiladi.[1] Karkidon suv ombori Janubiy Farg’ona kanalidan hamda Isfayramsoydan sug’oriladigan maydonlarni suv taminotini yaxshilash maqsadida qurilgan. Suv ombori qurilishi bilan Andijon va Farg’ona viloyatining JFK dan sug’oriladigan 69 ming ga maydonida suv tanqisligi to’la xal qilinadi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyati va Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatining Isfayramsoydan sug’oriladigan 43 ming ga maydonida suv tanqisligi 192 mln. m³ dan 96 mln. m³ ga kamaydi , yani suv taminoti 70 % dan 85% ga oshdi. Qirg’iziston Respublikasiga 13 % suv taqsimoti kafolatlangan. Karkidon suv ombori kurilishi “Uzdavsuvloyiha” instituti loyihasi asosida “Fargona suv qurilish” tresti tomonidan tugallangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil