Kampirravot toʻgʻoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kampirravot toʻgʻoni - Qoradaryodagi gidrotexnika inshooti. 193740 y.larda qurilgan. Kampirravot toʻgʻoni radiusi 167 m li egriliqda. Umumiy uz. 137,5 m, bal. 6 m, eni 4 m. Toʻgʻon 8 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 15 m. Qoradaryoga oʻngdan Yassi, chapdan Oʻzgan qoʻshilgach, suv Kampirravot darasidan oʻtadi va Fargʻona vodiysiga chiqib kengayadi. Ilgari daryoning shu qismi tosh, chim, shox-shabba bilan toʻsilib, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqarilgan. Qoradaryoda toshqin boshlangan paytlarda kanal va suv chiqaruvchi toʻsiqlar xavf ostida qolar edi. Shularni hisobga olib, Kampirravot toʻgʻoni qayta qurildi. Qurilish 1937 yilda Shahrixon va Andijon kanal rostlagichi va toʻgʻon asosini qazish bilan boshlandi. Toʻgʻonning maksimal suv sarfi 1500 m3/sek. Bu suv uzelida toʻgʻondan tashqari, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan, u 10 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 5 m. Rostlagichning eng koʻp suv sarfi 230 m3/sek.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil