Xarsangtosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarsangtosh — koʻpincha ohaktosh, dolomit, qumtosh, baʼzan fanit kabi togʻ jinslarining ajratib olinadigan notoʻgʻri shaklli (koʻndalangiga 15— 50 sm) boʻlaklari. X. tayyorlash uchun qisilishga mustahkamlik chegarasi 100 Mn/m2 (1000 kgs/sm2)gacha boʻlgan togʻ jinslaridan foydalaniladi. X.lar poydevorlar ostiga solishga, ehromlar, yordamchi devorlar, kanalizatsiya, kanallar, gidrotexnik inshootlar va boshqa qurishda ishlatiladi. Ilgarigi vaqtlarda tegirmon toshlari sifatida keng foydalanilgan. X. oʻtmishda koʻpincha ochiq usulda, kam hollarda yer ostidan ajratib olingan. Qadimda X. keng koʻlamda Xitoy, Misr, Mesopotamiya, Yunoniston, Rimda, oʻrta asrlarda hozirgi Oʻrta Osiyo hududida oddiy usudda qazib olingan. 18-a.dan X. olishda burgʻilab portlatish usulidan foydalanila boshladi.