Sotim ulugʻzoda
Sotim Ulug'zoda | |
Tavallud sanasi: | 11-sentabr 1911-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | Chust |
Vafot sanasi: | 25-iyun 1997-yil (85 yoshda) |
Vafot joyi: | Dushanbe, Tojikiston |
Fuqarolik: | Tojikiston |
Kasb: | yozuvchi, dramaturg, adabiyotshunos |
Faoliyat: | adabiyot |
Sotim Ulugʻzoda (1911.11.9, Chust — 1997, Dushanbe) — tojik yozuvchisi, dramaturg, adabiyotshunos. Tojikiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1951). Toshkent Oʻqituvchilar institutini tugatgan (1929). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1944 —46). Ijodi 1930 -yildan boshlangan. "Oʻt ichida" dramasi (1944)da xalqning fashizmga qarshi kurashi tasvirlangan. "Himmatli doʻstlar" (1947), "Yoshligimiz tongi" (1951) qissalari, "Izlovchilar" komediyasi (1951) oila muammolari haqida. "Yashnagan diyor" (1953) romani urushdan keyingi yillar qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirishga bagʻishlangan. Sotim Ulug'zoda "Ibn Sino" (1953), "Shoir qismati" (1957), "Rudakiy" (1958), "Vakila" (1960) kinossenariylari, "Gavhari shamchiroq" (1962) komediyasi, "Voseʼ" romani (1967) muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yoshligimiz tongi [qissa], T., 1958;
- Voseʼ [roman], T., 1970.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|