Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soib Tabriziy (taxallusi; asl ism-sharifi Mirzo Muhammad Ali) (1601 — Eron, Isfahon —1677) — ozarbayjon shoiri. Asosan, fors tilida ijod qilgan. Koʻp sayohatlarda boʻlgan, 8 yil Hindistonda yashagan. Eronga qaytgach, "malik ush-shuaro" unvoniga sazovor boʻlgan. Shoh Abbos II (1642—66) saroyida yashagan. Harbiy yurishlar haqida sheʼrlar — jangnomalar, didaktik asarlar — pandnomalar, falsafiy mazmundagi gʻazallar yaratgan. Qandahor yaqinidagi janglarga bagʻishlangan "Qandahornoma" dostoni mashhur. Ozarbayjon tilidagi sheʼrlarida Fuzuliy anʼanalarini rivojlantirgan. Soib shoir sifatida Sharq xalqlari adabiyotlarida koʻplab izdoshlarga ega. Uning katta hajmdagi (120 ming baytga yaqin) sheʼriy merosi nisbatan kam oʻrganilgan.
- ↑ 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)