Furoʻgʻ Farruhzod
Furo'g' Farruxzod | |
![]() | |
Tavallud sanasi: | 5-yanvar 1935-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | Tehron |
Vafot sanasi: | 13-fevral 1967-yil (32 yoshda) |
Vafot joyi: | Tehron, Eron |
Kasb: | Shoira |
Faoliyat: | shoira, aktrisa, prodyuser |
Furo'g' Farruxzod (1935—1967) — mashhur eronlik shoira, aktrisa va prodyuser.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Furo'g' 1935 - yil Tehronda dunyoga kelgan. 13 - 14 yoshligidan she'rlar yoza boshlagan. 16 yoshida institutni bitirib, Parvez Shopurga turmushga chiqqan. Keyinchalik ayollar san'at kollejining tikuvchilik va rassomlik bo'limini tugatgan. Ilk kitobi 1952 - yilda "Asir" nomi bilan nashr ettirdi. Shu yili "Gunoh qildim, to'liq lazzat gunohi" nomli she'ri jurnalda bosilib, katta shov - shuv va oilaviy mojarolarga sabab bo'ldi. Furo'g' uyini tashlab ketib, ijarada yashay boshladi. 1955 - yil eri bilan ajrashadi va unga hukumat farzandi bilan uchrashishni ta'qiqlaydi. 1959 - yil shoira Italiyaga safarga chiqdi. Safardan qaytgach she'rlarini Nimo Yushij va Ahmad Shomlu uslubida yoza boshladi. Kinolarda prodyuserlik qildi. 1958 - yil "Bir olov" nomli ilk qisqa metrajli filmini montaj qildi. Qator filmlarda rol ijro etib, buyuk iste'dod egasi ekanligini namoyon etdi. Ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 1967 - yil 13 - fevral kuni Furo'g' avtohalokat oqibatida dunyodan ko'z yumdi. Shoiraning "Qayg‘u guli" nomli saylanmasi ilk bora o‘zbek tilida 2019-yil "Akademnashr" nashriyoti tomonidan nashrdan chiqqan.
Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Asir (1952)
- Devor (1957)
- Isyon (1959)
- Qayta tug'ilish (1964)
- Sovuq fasl boshlanishiga iymon keltiraylik (vafotidan keyin).
Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
|