Shayx qalandar bobo majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shayx qalandar bobo majmuasiXivadagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr1894). Shoh amaldorlaridan Rahmatulla Yasovulboshi tomonidan qurila boshlangan, Muhammad Rahimxon II ning singlisi BekajonBeka tomonidan nihoyasiga yetkazilgan. 16-asrda yashagan Shayx Qalandar bobo maqbarasi atrofida Madrasa, masjid, minoradan iborat majmua barpo etilgan. Madrasaga 3 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Miyonsaroyning 3xonasi darsxona va masjid bilan oʻzaro bogʻlangan. Peshtogʻi shim.ga qaragan, uning 2 burchagida guldastalar qad. koʻtargan. Minora (bal. 18 m, asosining diametri 6 m) peshtokdan 4 m narida, bosh tarzi markazida joylashgan. Uning belbogʻiga gʻishtlar mavjli shaklda terilgan. Maqbaraning 3 xonasidan bizgacha ziyoratxona saklangan.