Bikanjon-bika majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bikanjon-bika majmuasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi majmua
Shahar Xiva
Qurilishi boshlangan XVI asr

Bikanjon-bika majmuasi – Majmua shayx Shoqalandar boboning yaqinida qurilgan. Majmuaga; madrasa, minora, masjidni oʻz ichiga oladi. Qurilish jarayonida bir qancha muammolarga duch kelingan. Majmuaning qurilishi boshlangandan keyin biroz vaqt choʻziladi. Ayrim vaqtlarda toʻxtab qoladi. Shoqalandar bobo ziyoratgohining yoniga 1894-yilda masjid, madrasa va minora qurilgan. Qurilish ishlaridagi bosh usta Abdullo boʻlgan[1]. Qurilish ishlari biroz choʻziladi. Muhammad Rahimxon II (1845-1910) ning singlisi Bikanjon bika qurilish ishlarini oxiriga yetkazdi. Qurilish ishlarni yakunlashdagi bosh usta Usta Ovul edi. Tarixshunoslar majmua qurilishini shunday talqin qiladilar; majmua qurilishining boshlanishida xondan ruxsat olinmagan. Xon esa qurilishni toʻxtatgan. Muhammad Rahimxon II davrida qurilish qayta boshlangan ammo mablagʻ yetishmovchiligi uchun u 2 ta pudratchiga pul yigʻishni va qurilishni yakunlashni buyuradi[2]. Bikanjon-bika majmuasining qurilish ishlarini Muhammad Rahimxon II ning singlisi Bikanjon Bika yakuniga yetirgani uchun majmuani uning nomi bilan ataydilar.

Majmua tuzulishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bikanjon-Bika majmuasi 3 ta binodan tashkil topgan. Bular: madrasa, minora, masjid hisoblanadi.

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino kirish qismida 4 metrlik minora boʻlib, majmua toʻrtburchak shaklda qurilgan. Majmua shimol tomonga qarab qurilgandir. Bikanjon-Bika majmuasiga kirish gumbazli qatorlar orqali oʻtuvchi yoʻlak uch gumbazli ayvondan boshlangan. Darsxona toʻsin bilan qoplangan boʻlsa, masjid sfrerasimon gumbaz bilan oʻralgandir. Shuningdek majmuada madrasa ham bor. Madrasaning oʻlchami 32/32 oʻchamda qilingan boʻlib, minora balandligi 18 metrni tashkil etadi. Maqbar 6.2 metrga 6.2 metrda qurilgan boʻlsa, hujralarning oʻlchami 4/4 metrni tashkil qilgan. Madrasaning kirish qismida 3-gumbazli ayvon bor[3]. Majmuadagi masjid sferasimon gumbazlar bilan oʻralgan boʻlsa, darsxonalar toʻsinlar bilan oʻralgan. Darsxona hujralari toʻrtburchak shaklida qurilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://meros.uz/object/bikajon-bika-majmuasi
  2. https://ilmlar.uz/xiva-bikanjon-bika-majmuasi-tarixi-va-rasmlari/
  3. https://meros.uz/object/bikajon-bika-majmuasi
  4. https://ilmlar.uz/xiva-bikanjon-bika-majmuasi-tarixi-va-rasmlari/