Avesto meʼmoriy majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avesto meʼmoriy majmuasi

Avesto yodgorligi
Umumiy maʼlumot
Turi Majmua
Manzili Al-Xorazmiy koʻchasi
Shahar Urganch
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°32′50″N 60°37′34″E / 41.547184685303094°N 60.6261928962799°E / 41.547184685303094; 60.6261928962799 G OKoordinatalari: 41°32′50″N 60°37′34″E / 41.547184685303094°N 60.6261928962799°E / 41.547184685303094; 60.6261928962799 G O
Qurilishi tugagan 2001-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Binoning ichki maydoni 20 gektar
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Polvonnazar Solayev
Map
Avesto meʼmoriy majmuasi xaritada

Avesto meʼmoriy majmuasi (yoki „Avesto“ bogʻ-majmuasi) – Xorazm viloyatining Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasida joylashgan bogʻ hamda monumental obyektdan iborat majmua. Majmua 2001-yili Xorazmda „Avesto“ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini oʻtkazish oldidan bunyod etilgan. Majmua Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkidir[1].

Qurilish tarixi va maydoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan UNESCO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi „Avesto“ yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash borasida qaror qabul qilgan. Qarorda, shuningdek, „Avesto“ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini belgilab olingan. Shundan soʻng Xorazmning Urganch shahrida bogʻ va „Avesto“ monumenti barpo etildi. 2001-yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda „Avesto“ga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlari boʻlib oʻtgan[2].

Monumentda „Avesto“ kitobining kattalashtirilgan nusxasi oʻrnatilgan. Monumentdagi kitob nusxasini bezashda asosan oq va qizil ranglardan foydalanilgan. Qizil rang Avestoga koʻra yonayotgan olov va tomirlarlarda oqayotgan qon ramzi boʻlsa, oq rang – nur, yorugʻlik ramzi sanaladi[3].

Majmuaning umumiy maydoni 20 gektarni tashkil etadi. Majmua hududida Avesto yodgorligi, amfiteatr, dam olish maskanlari hamda bogʻ joy olgan. Avestoga oʻrnatilgan yodgorlikning balandligi 16 metr boʻlib, loyihasi meʼmor Polvonnazar Solayev tomonidan yaratilgan[4].

Avesto meʼmoriy majmuasida „Oltin meros“ xalqaro fondining Xorazm viloyat boʻlimiga qarashli muzey joylashgan. Muzey 8 boʻlimdan iborat boʻlib, unda 2 mingdan ortiq Xorazm tarixi va „Avesto“ yaratilgan davr aks ettirilgan eksponatlar, shuningdek, hunarmandchilik hamda sopol buyumlar va koʻplab arab yozuvidagi kitoblar saqlanadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]