Al-Beruniy meʼmoriy majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Beruniy meʼmoriy majmuasi
Al-Beruniy majmuasi
Beruniy majmuasi
Umumiy maʼlumot
Turi Majmua
Manzili Al-Xorazmiy koʻchasi
Shahar Urganch
Mamlakat O‘zbekiston
Qurilishi tugagan 2000-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Binoning ichki maydoni 20 gektar

Al-Beruniy meʼmoriy majmuasi (yoki Al-Beruniy majmuasi, Beruniy majmuasi) – Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasida joylashgan majmua[1]. Majmua 2000-yili Oʻzbekistonning sobiq Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qurib bitkazilgan. Muzey majmuasi hududi 20 gektar boʻlgan bogʻdan tashkil topgan.

Majmua Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozirda Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli[2].

Qurilish tarixi va uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beruniy meʼmoriy majmuasi Urganch shahrida joylashgan Xalqaro aeroport yaqinidagi Al-Xorazmiy majmuasi roʻparasida qurilgan. Maqbara qurilishida Xorazmshohlar davlati davridagi meʼmoriy uslubga xos – gumbazli qilib barpo etilgan. Gumbaz hamda peshtoq koshin bilan bezatilgan. Maqbaraga peshtoq ostida joylashgan oʻymakor eshik orqali kiriladi[3].

Majmuaning joylashuvi va tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Beruniy meʼmoriy majmuasi Urganch aeroportiga piyoda masofada joylashgan ikkita majmuadan biridir. Aeroportdan janubga tomon yurilganda majmua yoʻlning oʻng tomonida joylashgan.

Majmuaning gʻarbiy qismi orqali bino tomon yurilganda, yoʻlakning ikki tomonida bezatilgan inshootlar koʻzga tashlanib turadi. Majmua hovlisi shu bilan birga uch derazali devorga ega va devor asosan koʻk rangdagi plitkalar bilan bezatilgan. Majmua peshtogʻi toʻrtta yogʻoch ustunlar bilan mustahkamlangan. Odatda bu maydonda plitkalarning ranglariga mos keladigan gullar ekiladi.

Kompleksning asosiy diqqatga sazovor qismi – eng oxirida joylashgan binodir. Unda koshinlar bilan bezatilgan baland ayvon, shuningdek, ichki arkali maydonda doimiy qulf turadigan eshik mavjud[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"AL-XORAZMIY" BU QANDAY KOʼCHА?“. Telegraph (2020-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.
  2. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.
  3. „Беруний мажмуаси“. Урганч шаҳар ҳокимлиги. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.
  4. „Мемориальный комплекс Ал Беруний, Ургенч: лучшие советы перед посещением“ (ru). Tripadvisor. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.