Dashkin bobo majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dashkin bobo majmuasi
Dashqinjon bobo majmuasi
Etimologiya Toshqin qaytaruvchi avliyo
Umumiy maʼlumot
Maqomi Arxitektura yodgorligi
Turi Majmua
Manzili Yuldosh Bobojanov koʻchasi, 43 a-uy
Shahar Urganch
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 41°33′32″N 60°37′24″E / 41.55883227758731°N 60.623198999983885°E / 41.55883227758731; 60.623198999983885 G OKoordinatalari: 41°33′32″N 60°37′24″E / 41.55883227758731°N 60.623198999983885°E / 41.55883227758731; 60.623198999983885 G O
Qurilishi boshlangan VII asr
Qurilishi tugagan 1915-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Dashkin bobo majmuasi xaritada

Dashkin bobo majmuasi (yoki Dashqinjon bobo majmuasi) — Xorazm viloyatining Urganch shahridagi arxitektura yodgorligi. Majmua 1915-yilda qurilgan boʻlib, bugungi kunda Yuldosh Bobojanov koʻchasi, 43 a-uyda joylashgan[1].

Obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Hozirda Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli[2].

Tarixi va rekonstruksiya qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab majmua oʻrnida tarixiy qabriston mavjud boʻlgan. Maqbara VII—VIII asrlarda Xorazmga Islom dinini yoyish maqsadida kelgan arab lashkarboshisi Sayid ibn Abu Vaqqos nomiga qoʻyilgani aytiladi. Shuningdek, bu nomdagi qabristonlar Xorazm viloyatining Hazorasp va Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanlarida ham mavjud.

Lashkarboshi Saʼd ibn Abu Vaqqos islom dinini targʻib qilgan va buning uchun vohada janglar olib borgan. Bu janglarning birida boshqa jangchilar qatorida lashkarboshining oʻzi ham halok boʻlgan va shu qabristonga dafn etilgan.

Har yili ikki marta Amudaryoning oʻz oʻzanidan chiqib ketib, toshishi va aynan qabriston hududiga yetib kelganda daryo suvi sathining pasayishiga guvoh boʻlgan aholi tomonidan qabr sohibiga „Toshqin qaytaruvchi avliyo“, yaʼni Doshqin bobo degan nom berilgan.

1646—1648-yillarda Abulgʻozi Bahodirxon qabriston atrofini paxsa devor bilan oʻrattirgan va maqbara ham qurdirgan.

Yana bir Xiva xoni Olloqulixon Xuroson va Janubiy Turkmaniston hududlarida olib borgan muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlaridan soʻng qabriston atrofini obod ettirib, hozirgi kungacha yetib kelgan maqbarani bunyod ettirgan.

Inqilobdan avval bu yerda qorixona-madrasa faoliyat yuritgan. 1927-yilda Shoʻrolar tomonidan maqbara yopib qoʻyilgan. 1939-yilgacha maqbara qamoqxona vazifasini bajarib kelgan. 1941—1947-yillarda qaytadan ochilgan. 1948-yilda davlat roʻyxatiga olingan va yodgorlik „Oltin meros“ jamiyatiga berilgan. 1973-yil 21-dekabr kuni obida davlat muhofazasiga olingan. 1980-yillarda qisman taʼmirlangan va arxivga aylantirilgan. 1991-yilda Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi ixtiyoriga berilgan. 2005-yilda Maʼmun akademiyasining 1000 yilligi munosabati bilan qayta taʼmirlangan. Hozirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyat vakilligi va ziyoratgoh sifatida foydalanib kelinadi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ургенч, Узбекистан. Достопримечательности, что посмотреть, фото“ (ru-RU). Туризм и путешествия, континенты, страны и города. Самое интересное о каждом уголке мира всем туристам! (2023-yil 22-aprel). Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.
  2. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.
  3. „Мавзолей и мечеть Дошкинжон-бобо в Ургенче“ (ru). Туристер.ру (2022-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.