Shayx
Qiyofa
Islom haqidagi tushunchalarning bir qismi |
Usul al-Fiqh |
---|
Fiqh |
Ahkom |
Yuridik lavozimlar va unvonlar |
|
Shayx (arab. — keksa, oqsoqol; qabila, urugʻ, oila oqsoqoli) — islom dini tarqalgan mamlakatlarda avvalo bilimdon kishilarga, soʻngra ulamolar, faqixlarga berilgan nom. Keyinchalik so‘fiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham Shayx deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urugʻ, qabila boshliqlari, katta patriarxal oila oqsoqollari Shayx deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir Shayx oliy diniy maktablarning mudarrislari va yirik ulamolarga nisbatan qoʻllanadi. Tariqatda esa shu yoʻlga kirgan kishilarni tariqatni sayru suluk asoslariga koʻra voyaga yetkazish va ularni sinash huquqiga ega shaxs. Shayx bundan tashqari murshid, xalifa va ota deb ham atalishi mumkin.[1][2][3][4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- N.Toʻychiyeva, Islomshunoslik qomusiy lugʻat 278 b., Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. -T.: «Movarounnahr». 2014
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |