Prezident maktabi (Navoiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navoiy Prezident maktabi
Navoiy shahridagi Prezident maktabi
Address
Kimyogar mahallasi
Navoiy shahri, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2-noyabr, 2021-yil[1]
Mutaxassislar Ruminiya
Janubiy Afrika
Yangi Zelandiyalik
va mahalliy mutaxasislar[2].
Direktor Uluknazarova Gulmira Ruzikulovna[3].
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website
Map
Navoiy Prezident maktabi manzili xaritada

Navoiy shahridagi Prezident maktabi — 2021-yil 2-noyabr kuni Navoiy shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM (Science - tabiiy fanlar, Technology — texnologiya, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — sanʼat, Mathematics — matematika soʻzlarining bosh harflari yigʻindisi) yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi[1][4][5]. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi. Maktabda oʻquv jarayonlari ham shu kengash tomonidan olib boriladi[1].

Maktab qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

75 milliard soʻmga yaqin mablagʻ sarflangan maktab binosi ikki qavatli qilib qurilgan[4].

Maktabning ilk yili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktabning ochilish marosimi 2021-yilning 2-noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Marosimda Navoiy viloyatiining oʻsha paytdagi hokimi Qobul Tursunov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov ishtirok etdi[1]. Maktabga ilk yili, 2021-2022-oʻquv yillari uchun jami 6,000ga yaqin talabgor orasidan 144 nafar oʻquvchi va mingga yaqin pedagog orasidan 35 oʻqituvchi koʻp bosqichli imtihonlar orqali saralab olindi[5].

Maktab pedagoglari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktabda mingga yaqin pedagog orasidan koʻp bosqichli imtihonlar orqali saralanb olingan 35 nafar oʻqituvchi pedagoglar dars beradi. Ular orasida mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda Ruminiya, Janubiy Afrika, Yangi Zelandiyalik mutaxasislar ham dars beradi[2]. Ulardan biri fizika fani oʻqituvchisi, Navoiy prezident maktabiga kelishidan oldin AQSh va Angliyada qariyb yigirma yil taʼlim tizimida ishlagan, asli Ruminiyalik boʻlgan Bogdan Dimitrudir[4].

Qulayliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab hududida ikki qavatli oʻquv binosi, yotoqxona, barcha sharoitlarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oshxona va dars tayyorlash xonalari mavjud[1]. Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi[6].

Qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]