Prezident maktabi (Namangan)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan Prezident maktabi
Namangan shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Islom Karimov
Namangan shahri, Namangan viloyati, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, 160100,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2019-yil 6-dekabr
Ochilgan sanasi 06.12.2019
Mutaxassislar Mahalliy 20 ta, chet ellik 7 ta
Direktor Aziboyev Shuxrat Olimovich
Principal Rosetum Galos
Vice principal Bahodirxon Ergashov
Age 11 to 18
Classes 12
Average class size 12
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Campuses 2
Sports Futbol, Voleybol, Suzish, Basketbol.
Website
Map
Namangan Prezident maktabi manzili xaritada

Namangan Prezident maktabi (toʻliq nomi Namangan shahridagi Prezident maktabi) — 2019-yil 6-dekabr kuni Namangan shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Taʼlim muassasasining oʻquv reja hamda dasturlari Cambridge universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Shuningdek, maktabda oʻquvchilarning tahsil olish jarayoni asosan STEAM yoʻnalishiga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari orqali olib boriladi[1]. Bu kabi darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press, Oxford University Press hamda Collins kabi nashriyotlardan olib kelinadi[2].

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan shahrida rasman 2019-yil 6-dekabr kuni ochilgan ushbu oʻquv muassasasiga dastlab Namangan viloyatining 7 ming nafardan ortiq 5-dan 10-sinfgacha bo'lgan maktab bolalari oʻquvchi boʻlish istagida imtihon topshirgan[2]. Shundan 144 nafari saralab olingan[3]. Chet ellik malakali mutaxassislarni ishga yollash bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelayotgan Teachaway (Kanada) va TIC Recruitment (Buyuk Britaniya) rekruting kompaniyalari tomonidan 11 nafar mutaxassis maktabda dars berish maqsadida saralab olingan[2]. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomi (International Advanced Levels)ga ega boʻlishi mumkin[4]. Muassasada 2020-yildan boshlab 11-sinf oʻquvchilari uchun Cambridge Mock imtihonlari tashkil etilgan[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Namanganda Prezident maktabi ochildi“. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Namanganda ham Prezident maktabi ochildi (foto)“. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  3. „Namanganda Prezident maktabi ochildi“. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  4. „Namanganda Prezident maktabi qurilishi boshlandi“. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  5. „Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Cambridge A/AS Level imtihonlariga tayyorgarlik ko'rmoqda“. 2020-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.