Prezident maktabi (Nurafshon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurafshon Prezident maktabi
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Nurafshon ,
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2021-yil
Mutaxassislar Mahalliy 23 ta, chet ellik 6 ta
Direktor Gʻayrat Xamrayev
Til Oʻzbekcha
Inglizcha

Nurafshon Prezident maktabi („Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida Nurafshon shahridagi Prezident maktabi) – 2021-yil Nurafshon shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga 2021–2022-oʻquv yilida maktabga 7 mingdan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan[2].

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nurafshon shahrida 2021-yil ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Mazkur taʼlim muassasasi 2 qavatli boʻlib, 168 oʻringa moʻljallangan. Dastlab 7 ming nafar maktab bolalari oʻquvchi boʻlish istagida imtihon topshirgan. Shundan 144 nafari saralab olingan. Oʻquvchilarga taʼlim berish uchun 20 nafar tajribali pedagoglar jalb qilingan, shulardan 2 nafari xorijlik mutaxassislar hisoblanadi[3].

Yaratilgan sharoitlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab standart texnik jihozlar hamda nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan jihozlangan. Taʼlim muassasasida tibbiyot xonasi mavjud boʻlib oʻquvchilar sogʻliqlari doimiy nazoratda, oʻquv muassasasida sportga katta eʼtibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan taʼminlangan, choʻmilish havzasi, basketbol hamda futbol maydonchalari oʻquvchilar ixtiyorida. Maktab kutubxonasida badiiy va oʻquv adabiyotlari mavjud boʻlib oʻquvchilar ulardan oʻzlarining boʻsh vaqtlarida foydalanidi[1].

Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi hamda bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Nurafshon shahridagi Prezident maktabi“ (portal.piima.uz). Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  2. „Nurafshon shahrida Prezident maktabi foydalanishga topshirildi“ (uzreport.news). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  3. „Nurafshonda Prezident maktabi ochildi“ (kun.uz). 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.