Kontent qismiga oʻtish

Prezident maktabi (Fargʻona)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Qashqar koʻchasi
Fargʻona shahri, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2021-yil 6-noyabr
Mutaxassislar Mahalliy 22 ta, chet ellik 10 ta[1].
Direktor Mo'minov Obidxon Norxo'jayevich[2].
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website
Map
Fargʻona Prezident maktabi manzili xaritada

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi2021-yil 6-noyabr kuni Fargʻona shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi[3]. Maktabga Kanada, AQSH, Filippin, Yangi Zelandiya, Zimbabve va Yamayka kabi xorijiy davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan[1]. Ular bilan birga 22 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi[4].

Ochilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fargʻona shahridagi ushbu oʻquv muassasasi rasman 2021-yil 6-noyabrda ochilgan. Oʻquv kompleksi qurilishi uchun 80 milliard soʻm sarflangan[1]. Kompleks tarkibida 168 oʻrinli oʻquv binosi, shuncha oʻrinli yotoqxona, oshxona, sport zali, bosseyn va 15 oʻrinli oʻqituvchilar yotoqxonasi mavjud[3]. 2021-yilda 10 mingga yaqin talabgorlar ushbu maktabda oʻqish istagini bildirgan va ulardan 144tasi imtihon asosida oʻqishga qabul qilingan[3]. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin[4].

  • Maktab oʻquvchilari bepul taʼlim, 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi[5].
  • Har bir oʻquvchi davlat tomonidan maktab davrida foydalanish uchun shaxsiy komputer bilan taʼminlanadi.
  • Darslardan soʻng kamondan otish va chavandozlik, suzish, futbol kabi sport turlaridan va drama hamda musiqiy asboblar oʻrganish uchun mashgʻulotlar tashkil qilinadi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona viloyat boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan[1].

Taniqli shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1 2 3 4 Botir, Madiyorov „Fargʻonada Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi“. xs.uz. Xalq so'zi. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  2. „O’zbekiston Respublikasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar to‘g‘risida umumiy ma’lumot (nomi, joylashgan joyi, ish tartibi, aholi bilan ishlash bo‘yicha telefon raqamlari, rasmiy veb-sayti, elektron pochta manzili, rahbarning F.I.Sh., geografik joylashuvi)“. data.egov.uz. data.egov.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  3. 1 2 3 „Farg‘onada Prezident maktabi foydalanishga topshirildi (fotoreportaj)“. daryo.uz. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  4. 1 2 „Farg'onada Prezident maktabi ochildi.“. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  5. „Farg'ona shahridagi Prezident maktabi“. portal.piima.uz. 2023-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  6. „Farg‘onalik oʻquvchi Garvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi“. talimxabarlari.uz. 2025-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 19-dekabr.