Prezident maktabi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Toshkent shahri,
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2019-yil
Mutaxassislar Mahalliy 43 ta, chet ellik 10 ta
Direktor Sevara Shakirova
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website

Toshkent shahridagi Prezident maktabi – 2019-yil Toshkent shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga[izoh 1] oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil Toshkent shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. 2019-yilda maktabning 5–10-sinflari uchun hujjat topshirgan 7 mingga yaqin oʻquvchidan 144 nafari oʻqishga qabul qilindi. Kanadaning „Teachaway“ va Buyuk Britaniyaning „TIC Recruitment“ rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olindi. Shuningdek, 72 nafar tajribali va malakali mahalliy oʻqituvchi ham jalb qilingan[2][3]. 2021-yil maktabni 24 nafar o‘quvchi bitirgan. Bitiruvchilar IELTS imtihonidan o‘rtacha 7 ballni qo‘lga kiritgan , ular orasida 8,5 ball olganlari ham bor[4][5].

Yaratilgan sharoitlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab standart texnik jihozlar hamda nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan jihozlangan. Taʼlim muassasasida tibbiyot xonasi mavjud boʻlib oʻquvchilar sogʻliqlari doimiy nazoratda, oʻquv muassasasida sportga katta eʼtibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan taʼminlangan, choʻmilish havzasi, basketbol hamda futbol maydonchalari oʻquvchilar ixtiyorida. Maktab kutubxonasida badiiy va oʻquv adabiyotlari mavjud boʻlib oʻquvchilar ulardan oʻzlarining boʻsh vaqtlarida foydalanidi[1].

Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi hamda bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi[5]. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan[1][4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiya, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – sanʼat, Mathematics – matematika soʻzlarining bosh harflari yigʻindisi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Toshkent shahridagi Prezident maktabi“ (portal.piima.uz). Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  2. „Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari mahalliy pedagoglar bilan tajriba almashdi“ (yuz.uz). 2020-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  3. „Toshkentda Prezident maktabi ochildi“ (tergov.uz). 2023-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Bepul forma, 5 mahal ovqat – Prezident maktabining boshqa maktablardan qanday farqi bor?“ (kun.uz). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 YouTube logotipi Kunuz News «Bepul forma, 5 mahal ovqat – Prezident maktabining boshqa maktablardan qanday farqi bor» YouTubeda