Prezident maktabi (Nukus)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nukus shahridagi Prezident maktabi
Address
Nukus shahri, Almazor ko’chasi
Map
Nukus Prezident maktabi manzili xaritada

Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston bayrogʻi Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2019-yil 11-dekabr
Mutaxassislar Mahalliy 32 ta, chet ellik 11 ta
Maktab raqami 403
Direktor Maxmud Nasiror Ualievich
Faculty Tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalari
Sinflar 5-sinfdan 11-sinfgacha
Gender aralash (oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda oʻqitiladi)
Pupils 157 dan koʻp
Til Qoraqalpoqcha
Inglizcha
Tuition bepul
Website
Website

Nukus shahridagi Prezident maktabi – 2019-yil Nukus shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nukus shahridagi Prezident maktabiga 2018-yilning mart oyida qurilish boshlangan. 2019-yil Nukus shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda oʻquv jarayoni qoraqalpoq, oʻzbek tillarida hamda STEAM taʼlim dasturi asosida olib boriladi. Shu yoʻnalishdagi aniq fanlar Buyuk Britaniyaning Cambridge University tashkilotining dasturi asosida ingliz tilida oʻqitiladi. Mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda Keniyadan Ondeki Xezbon Opiti, Buyuk Britaniyadan Tajerout Nourid, Janubiy Afrikadan Lerato Irin va Moytsa Mokege Richard kabi tajribali oʻqituvchilar taklif etilgan[2].

Nukus shahridagi Prezident maktabiga 2019–2020-oʻquv yilida maktabga 7500 dan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan.

Yaratilgan sharoitlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab standart texnik jihozlar hamda nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan jihozlangan. Taʼlim muassasasida tibbiyot xonasi mavjud boʻlib oʻquvchilar sogʻliqlari doimiy nazoratda, oʻquv muassasasida sportga katta eʼtibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan taʼminlangan, choʻmilish havzasi, basketbol hamda futbol maydonchalari oʻquvchilar ixtiyorida. Maktab kutubxonasida badiiy va oʻquv adabiyotlari mavjud boʻlib oʻquvchilar ulardan oʻzlarining boʻsh vaqtlarida foydalanidi.

Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi hamda bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nukus shahridagi Prezident maktabi“ (portal.piima.uz). Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  2. „Nukusda Prezident maktabi ochildi“. 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  3. „NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI - Nukusda“. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.