Prezident maktabi (Samarqand)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samarqand Prezident maktabi
Samarqand shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Amir Temur koʻchasi, 82-uy
Samarqand viloyati
Samarqand shahri, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Ochilgan sanasi 2021-yil 20-noyabr
Mutaxassislar Mahalliy 22 ta, chet ellik 11 ta[1].
Direktor Raxmatov Lazizxon Temirxonovich[2].
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website

Samarqand shahridagi Prezident maktabi2021-yil 18-oktabr kuni Samarqand shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi[3]. Maktabga xorijiy davlatlardan 11 nafar mutaxassis jalb qilingan. Ular bilan birga 22 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi[1]. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand shahridagi Prezident maktabi 169 o‘ringa mo‘ljallangan. Maktabda barcha sharoitlarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oshxona va dars tayyorlash xonalari mavjud. Bundan tashqari 2 qavatli kompleks tarkibida 4 ta laboratoriya, 17 ta auditoriya 240 ta zamonaviy interfaol qurilmalar bor. Loyihaning umumiy qimati 73 milliard 725 million soʻm. Ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova qatnashgan[3]. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin.

Qulayliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan. Barcha turdagi sport anjomlariga ega sport zali, basketbol va futbol maydonchalari ham mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]