Prezident maktabi (Termiz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Termiz Prezident maktabi
Termiz shahridagi Prezident maktabi
Termizdagi Prezident maktabi
Termizdagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Hakim at-Termiziy shoh ko'chasi, 34b-uy
Termiz shahri, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2021-yil 1-noyabr
Mutaxassislar Mahalliy 20 ta, chet ellik 12 ta[1].
Direktor Togʻayev Gʻafur Erkin oʻgʻli[2].
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website
Map
Termiz Prezident maktabi manzili xaritada

Termiz shahridagi Prezident maktabi — 2021-yil 1-noyabr kuni Termiz shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[3][1]. Taʼlim jarayoni Cambridge universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlar asosida ingliz tilida olib boriladi. Maktabga xorijiy davlatlardan 12 nafar mutaxassislar jalb qilingan. Ular bilan birga 22 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi[1]. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Termiz shahridagi Prezident maktabi 168 o‘ringa mo‘ljallangan. Maktabda barcha sharoitlarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oshxona va dars tayyorlash xonalari mavjud. Ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova va senator Orziqul Soatov qatnashgan[4]. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin.

Imtihonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021—2022-oʻquv yili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2021—2022-o‘quv yilida 9 ming 676 nafar talabgor hujjat topshirgan[5]. Baʻzi manbalarda bu koʻrsatkich 9074ta ekanligi qayd etilgan[1]. Bir o‘ringa o‘rtacha 67,7 nafardan talabgor to‘g‘ri kelgan[5]. Ikki bosqichli sinovda ulardan 144 o‘quvchi saralab olingan.

2023—2024-oʻquv yili[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023—2024-oʻquv yili uchun Termiz shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 2023-yilning 15-iyul kuni Surxon sport majmuasi va Termiz olimpiya zaxiralari kollejida 3 smenada oʻtkazilgan[6]. Imtihonlarning 2-bosqichi esa 31-iyul kuni oʻtkazilgan[7]. Unda 1-bosqichqan muvaffaqiyali oʻtgan 480 nafar oʻquvchi ishtirok etgan[8].

Qulayliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi[9].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]