Kontent qismiga oʻtish

Portal:Tibbiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tibbiyot

Tibbiyot, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot tibbiy biologik, klinik, tibbiy ijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiy biologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologik fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini oʻrganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. (Davomi...)

Tanlangan maqola - boshqasini koʻrsatish

Vitamin B12-kimyoviy molekulasi
Vitamin B12

B12 vitamini-kobalaminlar deb ataladigan biologik faol moddalar guruhi boʻlib, tarkibida kobalt atomini(III) oʻz ichiga olgan va xelat birikmalari boʻlgan korrinoidlarga tegishlidir. Ilmiy adabiyotlarda, vitamin B12 odatda inson organizmida koenzim shakllaridan biriga erkin aylanadigan siyanokobalaminni bildiradi. Siyanokobalamin shaklida B12 vitaminining asosiy miqdori inson tanasiga kiradi. Vitamin B12 ning sinonimi boʻlmasa-da, bir qator boshqa birikmalar ham B12 — vitamin falligiga egadirlar. Vitamin B12, shuningdek tashqi Kasl faktori deb ataladi.

Tabiatda bu vitaminni ishlab chiqaruvchilari bakteriyalar va arxeyalardir, lekin u oʻsimliklarda sintez qilinmaydi. (Full article...)

Tanlangan biografiya - boshqasini koʻrsatish

Andrew D. Huberman (1975-yilda tugʻilgan) —amerikalik podkaster va nevrolog. U Stanford universiteti tibbiyot fakultetining neyrologiya kafedrasi dotsenti va brendli parhez qoʻshimchalarini taklif qiladigan Momentous sport va ovqatlanish kompaniyasining hamkori. U 2021-yilda boshlagan Huberman Lab podkastini oʻtkazishi bilan mashhur. Podkastlari "Apple Podcasts" va Spotifydagi eng yaxshi 10 podkast qatoriga kirdi va YouTubeʼda 3,5 milliondan ortiq obunachiga ega. (Full article...)

Umumiy tasvirlar – boshqasini koʻrsatish

Quyida Vikipediyadagi Tibbiyotga oid turli maqolalardan olingan suratlar keltirilgan.

Yaxshi maqola - boshqasini koʻrsatish

Yoʻtal siropi mojarosi Oʻzbekiston Respublikasining Samarqand shahrida joylashgan bolalar shifoxonasida 18 nafar goʻdak oʻlimi bilan boshlangan jarayonlar toʻplamidir. Bolalar oʻlimiga Hindistonda faoliyat yurituvchi „Marion Biotech Pvt. Ltd“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Dok-1 Maks“ dori vositasi sabab boʻlgan. Laboratoriya oʻrganishlari natijasida preparat tarkibida zaharli etilenglikol moddasi aniqlangan. Hindiston hukumati „Marion Biotech“ kompaniyasiga qarshi ish ochgan boʻlsa, Oʻzbekiston rasmiylari bolalar vafot etgan kasalxona xodimlari va sogʻliqni saqlash tizimining bir qancha aʼzolariga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻagan.

Mamlakat hududida „Dok-1 Maks“ dori vositasini sotish va tarqatish 29-dekabr kuni rasman taʼqiqlandi. Sirop tarkibida zaharli modda borligini aniqlagan shifokor vazifasidan ozod etilgan. Kompaniya zavodlarida shu va shunga oʻxshash tarkibga ega dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni Hindiston hukumati taʼsiri ostida toʻxtatildi. Bu holat yuzasidan Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni oʻz vazifasidan ozod etdi. JSST va Oʻzbekiston rasmiylari oʻrtasida holat yuzasidan aloqalar oʻrnatilganligi, tergov ishlari hali-hanuz davom etayotgani iddao qilingan. Bojxona qoʻmitasi mojaro haqida xabarlar tarqala boshlagan kunda 60 ming qutiga yaqin dori vositalari tarqalishining oldini olgan. (Full article...)
Yaxshi maqolalar roʼyxati

Bilasizmi?

Loyihalar

Qardosh loyihalar

Boshqa portallar

Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash