Antioksidlovchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antioksidlovchilar, anti-oksidantlar, oksidlanish ingibitorlari – moddalarning molekulyar kislorod bilan oksidlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan yoki oksidlanishini sekinlashtiradigan moddalar.A. ga ko‘p atomli fenollar, aromatik aminlar, dialkilsulfidlar, dialkil fosfat va diarilditiofosfatlar (rux tuzi), dialkilditiokarbamatlar (kad-miy, rux tuzlari) va boshqa kiradi. Organik birikmalarning oksidlanish jarayoni zanjir reaksiya tarzida boradi; ok-sidlanishning birinchi bosqichi erkin holatdagi faol peroksid radikal (RO2), alkoksil (RO) va alkil (R) radikallar ishtirokida bo‘ladi. A. shu radikallar bilan reaksiyaga kirishib, oksidlanishning to‘xtashi yoki sekinlashishiga – zanjir reaksiyaning uzilishiga sabab bo‘ladi. Samarali A. moddalarga juda oz miqdorda (0,01 – 0,001%) qo‘shilganda ham ularning oksidlanish tezligini keskin kamaytiradi va ma’lum vaqtgacha (to‘xtash davri, induksiya) ularda oksid-lanish mahsulotlari hosil bo‘lmaydi. A.ning ta’sirchanligi ularni reaksiyaga kiritish paytiga bog‘liq. Ular moddalarga oksidlanish jarayoni boshlanmasdan avval qo‘shilsa, juda yaxshi natija beradi. Transformator, turbina va mo-tor moylariga A. qo‘shilganda, ularning ishlash muddati 2 – 4 marta uzayadi. A. kauchuk va oziq-ovqat sanoatida ham ish-latiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil