Kontent qismiga oʻtish

Tizimli qizil yugurik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tizimli qizil yugurik

Tizimli qizil yugurik TQYU – etiologiyasi noaniq surunkali autoimmun kasallik boʻlib, aʼzolar va toʻqimalarning immun yalligʻlanishi va aʼzolar yetishmovchiligi bilan namoyon boʻluvchi kasallik[1].

Kasallik statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu kasallik erkaklarga nisbatan oʻsmir qizlar va yosh ayollarda yaʼni reproduktiv yoshda 11-30 yoshgacha ayol va qizlarda koʻproq uchraydi. Kasallik ayollarda erkaklarga nisbatan 1:10 nisbatda kuzatiladi. Kasallanish har 100000 aholidan 5 tasida kuzatiladi. Yevropa va Shimoliy Amerikada har 100000 aholining 40 tasi shu kasallikga chalinadi[2].

Kasallik etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Noaniq holda. Tarixiy kuzatuvlar asosida kasallik bakteriyalardan: streptokokk, sil tayoqchasi, stafilokokk kabi bakterial faktorlar; surunkali virusli infeksiyalar: RNK saqlovchi va retroviruslarda; genetik faktorlar: HLAA1, B8, DR2, DR3 genotipga ega odamlarda kuzatiladi[3].

Kasallikni qoʻzgʻatuvchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Antibakterial ingolatsiya
  2. Vaksinatsiya
  3. Sovuqqotish
  4. Turli infeksiyalar
  5. Oʻsma kasalliklari

Bu kasallik „tizimli kasallik“ boʻlgani uchun ham barcha sistemaga taʼsir oʻtkazmay qolmaydi[4].

Kasallikni tasdiqlovchi belgilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil yugurukning klinik belgisi
  • „Kapalak“ simptomi.

Bu belgi tananing yuz sohasida, peshonada, burun, yanoqlar va iyakda qizil toshmalar koʻrinishida „kapalak“ shaklini hosil qiladi[5].

  • LE hujayrasi yoki ANF titrining yuqoriligi

Biriktiruvchi toʻqima shikastlanganda zararlangan oʻchoqda amorf massali yadroning Kumbas reaksiyasida musbat qiymatga ega boʻlishi.

  • Tana haroratining 37,5 dan yuqori ekanligi doimiy va bir vaqtda sodir boʻlishi, bosh, quloq, chanoq sohasida ogʻriq .
  • Tanada alergik belgilar qizil toshmalar yoki tangacha dogʻlar paydo boʻlishi.[6]

Kasallik darajalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻtkir
  2. Oʻtkir osti
  3. Surunkali

Surunkali shaklining oʻzi ham notartib fazalarga boʻlinadi:

A)Qaytalanuvchi poliartit yoki Serozit;

B)Diskoid valchonka sindromi;

D)Reyno sindromi;

G)Verlgof sindromi;

V)Epileptiform sindromi

Faollik darajasi: yuqori(3), oʻrtacha(2), minimal(1)

Nofaol darajasi: remmesiya.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]