Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublkasi Sog'liqni saqlash vazirligi
Turi sog'liqni saqlash
Maqomi vazirlik
Joylashuvi Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 55
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vazir Asilbek Anvarovich Xudayarov
Bosh mahkamasi Vazirlik
Vebsayti minzdrav.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus
Hamkor tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — sogʻliqni saqlash boʻyicha markaziy davlat boshqaruv organidir[1][2].

Vakolatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi. Vazirlik faoliyatini boshqa davlat idoralari, jumladan davlat muassasalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ijro etuvchi hokimiyat idoralari, shuningdek boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birga olib boradi.

Vazirlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa rasmiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining buyruq va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlari, shuningdek boshqa qonuniy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi bilan sogʻliqni saqlash boʻyicha tuzilgan xalqaro shartnomalar, shuningdek ushbu Nizom asosida yuritiladi.

Vazirlik vakolati doirasida chiqarilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi davlat idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va umuman Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan mulkchilik shaklidan qaʼtiy nazar barcha jamoatchilik birlashmalari va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qaraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat va Toshkent shahrida sogʻliqni saqlash boʻyicha faoliyat olib borayotgan idoralar, ularning shahar va tumanlardagi boʻlimlari respublikada yagona sogʻliqni saqlash boshqaruv idorasi tizimini tashkil etadi.

Tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sogʻliqni saqlash vazirligi binosi (2023)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
  • Litsenziya berish va nodavlat muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifatini nazorat qilish boshqarmasi
  • Nazorat inspeksiyasi
  • Iqtisodiyot, moliyalashtirish va istiqbolni aniqlash bosh boshqarmasi
  • Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi
  • Yuridik xizmat
  • Maxsus boʻlim
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti
  • Devonxona
  • Matbuot xizmati
  • Sogʻliqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari
  • Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazlar
  • Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar
  • „Oʻzbekiston tibbiyot jurnali“
Vazirning birinchi oʻrinbosari
  • Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi
  • Fan va oʻquv yurtlari bosh boshqarmasi
  • Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi
  • Xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil etish markazi
  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
  • Salomatlik va tibbiy statistika instituti
  • „Uzmedinfo“ elektron sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish markazi
  • „Sihat-salomatlik“ jurnali va „Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash“ gazetasi
Vazir oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmati
  • Ikkinchi boshqarma
  • Oʻlat, karantin va oʻta xavfli kasalliklardan muhofaza qilish markazi
  • Respublika OITSga qarshi kurashish markazi
  • Global fond loyihalarini amalga oshirish byurosi
  • „Rezerv“ birlashmasi
Vazir oʻrinbosari
  • Moddiy-texnik bazani rivojlantirish bosh boshqarmasi
  • Maʼmuriy-xoʻjalik boshqarmasi
  • Sogʻliqni saqlash muassasalaridan kompleks foydalanish boshqarmasi
  • „Oʻzmedeksport“ respublika davlat tashqi iqtisodiyot korxonasi
  • Birlashgan qurilishlar direksiyasi
  • Sogʻliqni saqlash vazirligining idoraviy arxivi
Vazir oʻrinbosari
  • Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi
  • Oʻsmirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi
  • Sogʻliqni saqlash vazirligi muzeyi
  • „Hamshira“ jurnali
  • Respublika perinatal markazi
  • Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
  • „Ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-tekshirish markazi“ aksiyadorlik jamiyati

Vazirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy oʻquv yurtlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. arxiv nusxasi, 2017-04-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-04
  2. arxiv nusxasi, 2017-04-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-04
  3. https://daryo.uz/2021/11/16/ozbekistonning-barcha-sogliqni-saqlash-vazirlari-bitta-suratda/