Toshkent tibbiyot akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent tibbiyot akademiyasi
(TTA)

Yotoqxona
Xalqaro nomi The Tashkent Medical Academy
Yoʻnalish tibbiyot
Manzili Tashkent Medical Academy 100109, Tashkent, Uzbekistan Farabi street 2 Toshkent, Mahtumquli 103 Oʻzbekiston 
Vebsayti tma.uz/uz/

Koordinatalari: 41°18′37.000007999999″N 69°18′6.0000120000109″E / 41.31027777999999984°N 69.301666670000003023°E / 41.31027777999999984; 69.301666670000003023 G O va Koordinatalari: 41°21′33.95705708541″N 69°10′31.794607838862″E / 41.3594325158570584°N 69.17549850217746155°E / 41.3594325158570584; 69.17549850217746155 G O{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page

Toshkent tibbiyot akademiyasi — respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2-Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (qarang Toshkent birinchi tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 ta (davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, oliy hamshiralik ishi va malaka oshirish) fakultetlari, 58 kafedra, aspirantura, markaziy ilmiy tadqiqot va markaziy klinik lab., 2200 oʻrinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boʻli-mi, muzey, akad. litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bos-maxona bor. Hozirgi 7000 ga yaqin talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 40 mutaxassislik boʻyicha 280 dan koʻproq rezident taʼlim oladi (2005). Toshkent tibbiyot akademiyasia. Toshkent shahridagi yirik kasalxonalarda qoʻshimcha klinik bazalarga ega. Akademiyada 1100 oʻqituvchi, shulardan 10 ga yaqini Oʻzbekiston FA va xalqaro akademiyalar akad., 200 dan koʻproq fan doktori, professor, 600 dan koʻproq fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha 6 ta ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Akademiya ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.[1]

TTA — Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy Osiyoda tibbiyot mutaxasisilari tayyorlaydigan eng yirik oliy taʼlim muassasi xisoblanadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiston davlat universiteti, tibbiyot fakulteti

(1919-1931-yillar)

1919-yil 13-aprelda Turkiston davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish qarori qabul qilingan.

1919-yil 17-sentyabrda Turkiston davlat universitetining birinchi ilmiy kengashida tibbiyot dekani etib professor P. P. Sitnovskiy saylangan.

1920-yilning 7-sentyabrida Turkistonda dorilfunun taʼsis etish haqidagi xujjat imzolangan. Dorilfunun tarkibiga tibbiy fakultet ham kiritilgan edi. 1921 yildan boshlab tibbiy fakultet shifokorlarni tayyorlay boshlagan.

1919-1921-yillarda fakultetning tashkiliy davri boʻlib, fakultetning moddiy bazasi yaratilgan.

Keyingi davrlarda fakultetga prof. K. G. Xruщev (1921-1924-yillar) va M. I. Slonim (1924-1926-yillar) rahbarlik qilganlar. Ushbu davrlarda fakultetning moddiy texnik bazasi ancha yaxshilangan bulib, klinik kafedralarda darslar oʻtilishi takomillashib borgan. Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy-pedagoglar tarkibiga prof. N. I. Ragoza (ichki va yuqumli kasalliklar), A. N. Murzin (koʻz kasalliklari), I. S. Milman (teri va tanosil kasalliklari), N. I. Osinovskiy (bolalar kasalliklari), S. A. Molchanov (rentgenologiya), G. N. Terexov (patologik anatomiya), G. I. Ilin (operativ jarrohlik), S. E. Tsimmerman (normal anatomiya), M. S. Astrov (fakultet jarrohligi), D. A. Vvedenskiy (urologiya) lar taklif etilgan. 1922-yilda 27 ta talaba tibbiyot fakultetini tamomlagan.

1923-yilda tibbiyot fakultetida 973 ta talaba tahsil olgan boʻlib, ularning koʻpchiligini (425 tasini) qizlar tashkil etgan edi.

Fakultetning rivojlanishida fakultet dekanlari P. F.Borovskiy (1926-1928-yillar), N. I. Ragoza (1928-1929-yillar) hamda G. P. Fedorov (1929-1931-yillar) katta hissalarini qoʻshganlar.

Toshkent Davlat tibbiyot instituti

(1931-1990-yillar)

1931-yilda tibbiyot fakulteti mustaqil tibbiyot institutiga shakllantirilgan. 1931-yilda uning birinchi direktori lavozimiga G. P. Fedorov tayinlangan, shu yilning oxiriga kelib tibbiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan X. U. Umarov institut direktori etib tayinlangan.

1932-yilga kelib 177 ta oʻqituvchi, shundan 25 ta professor, 26 ta dotsent, 104 assistent 1099 ta talabaga tahsil berar edi.

1932-yildan 1936-yilgacha institutga B.Sattarov raxbarlik qilgan.

1935-yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti Toshkent tibbiyot instituti deb nomlana boshlagan.

1937-yilga kelib institutda 1400 ta talaba tahsil olar edi.

1938 yilda institutga M. U. Mirsagatov rektor lavozimiga tayinlangan. Ushbu davrga kelib Respublika rahbariyati institutga katta mablagʻ ajratgan bulib, koʻpgina yangi klinik binolar (eksperimental bino, yuqumli kasalliklar, onkologiya, protezlash ortopediyasi) qurilib, mavjudlari esa katta mukammal taʼmirdan chiqarilgan. Institut maydoni yangi qurilgan binolar, klinikalar hisobiga 2 barobarga kengaygan.

1940-yilda institutga B. I. Berliner, 1941 yilda R. I. Poʻlatov rektor lavozimiga tayinlangan.

1941-1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushi davrida institut maydonida 10 dan ortiq evakogospitallar ochilgan va ayrim professor-oʻqituvchilar frontga joʻnab ketishgan. Ular orasida D. A. Vvedenskiy, L. D. Vasilenko, A. M. Geller, B. A. Stekolnikov va boshqalar bor edi.

1944-yilda institutga Ya. K.Moʻminov rektor lavozimiga tayinlangan.

Ulug Vatan Urushi yillarida Toshkent Davlat tibbiyot institutida 2122 vrach tayyorlangan boʻlsa ulardan 1630 tasi frontga ketgan. Ular orasida M. A. Ashrapova, M.Muxarramova, S. A. Fayziev, N. K. Axmedov, M.Akmalov, U.Umarov, V. S. Karuxina, L. I. Vaskovskaya, L.Ye. Sturgatskaya, S. A. Dopimov, F. F. Amirov, N. D. Maxsumov, N. A. Kanbulin va boshqalar bor edi.

ToshDavTIning tarixi satrlariga urushda halok boʻlgan A. A. Ayrapetov, R. L. Aminov, A.Yu. Gulqorov, G. D. Muxanov, V. I. Majitov, R. S. Oripov, N. G. Raщenko, Z. S. Rjevsiy, U. Z. Umarova va U.Xikmatxoʻjaevlarning xotirasi zarhal harflar bilan bitilgan.

1945-yilda institutga H. Z. Zoxidov rektor lavozimiga tayinlangan. Urushdan keyin institutda oʻqish 6 yil qilib belgilangan. Bu davrga kelib professor-oʻqituvchilar tomonidan yangi oʻquv dasturlari yaratilgan. Institut yangi maxsus tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.

1945-1946-yillarda fakultetlarda jami 2752 talaba tahsil olgan boʻlsa, shulardan 600 tasi institutga yangi qabul qilingan 1 kurs talabalari edi. Institutda darslar oʻzbek va rus tillarida olib borilar edi.

1947-yilda institutga Ya. H.Toʻraqulov rektor lavozimiga tayinlangan. Institut ushbu yillarda tibbiyotning 12 ta katta muammoli masalalar boʻyicha maqsadli ilmiy yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar olib borgan edi.

TashDavTIga 1950-yilda A.Gʻ.Gʻulomov rektor lavozimiga tayinlangan va u 15 yil davomida 1965-yilgacha institutga raxbarlik kilgan.

1945-1953-yillarda talabalar soni 2752 tadan 3158 tagacha koʻpaygan.

1954-yilda institutda stomatologiya fakulteti qayta ochilgan.

1960-yillarning oʻrtalariga kelib, institutda 57 ta fan doktori, 18 ta Respublikada xizmat koʻrsatgan fan arboblari, 13 ta xizmat koʻrsatgan vrach, 2 ta Oʻzbekiston fanlar Akademiyasining muhbir aʼzolari (A. A. Asqarov, N. I. Ismoilov) va 2 ta sobiq SSSR tibbiyot fanlari akademiyasi muhbir aʼzolari (Z. I. Umidov, E. I. Ataxanov) faoliyat koʻrsatganlar. 57 nafar professorlardan 22 tasi oʻzbek millatiga mansub edi.

1962-yildan institutda Osiyo, Afrika, Lotin Amerika davlatlaridan talabalar kelib oʻqiy boshlagan.

1960-1967-yillarda institutda kechki davolash fakulteti faoliyat koʻrsata boshlagan. 1961-yilda 4000 ta talabadan 2395 tasi oʻzbek millatiga mansub qizlar edi.

1965-yilning sentyabrida institutga akademik K. A.Zufarov rektor lavozimiga tayinlangan.

1971-yilda akademik K. A.Zufarov Ulka tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlanishi munosabati bilan institutga akademik U. A. Aripov rektor etib tayinlangan va u 1984-yilgacha institutga rahbarlik qilgan.

1972-yilda institutning 2 ta davolash, pediatriya, sanitariya-gigiena, stomatologiya fakultetilarida 10 mingdan ziyod talaba taʼlim olgan boʻlsa, shu yili 1 — kursga 1500 ta talaba qabul qilingan.

Oʻzbekistonning yarim aholisini bolalar tashkil etganligini inobatga olib 1972-yilda mustaqil Oʻrta Osiyo pediatriya instituti, keyinchalik Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tashkil etilgan va ToshDavTI pediatriya fakulteti talabalari yangi tashkil etilgan institutga oʻtkazilgan.

ToshDavTIga 1961-yilda xorijiy davlatlardan 22 ta talaba qabul qilingan boʻlsa, 1980-yillarga kelib ularning soni 170 tadan oshib ketgan. Bu institutning xalqaro miqyosidagi obroʻ-eʼtibori oshganligini koʻrsatgan.

1980-yillarning oxirlariga kelib institutda professor-oʻqituvchilarning soni 1042 tani, shu jumladan 6 ta akademik, 24 ta Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor, 90 ta tibbiyot fanlari doktori, professorlar, 207 ta tibbiyot fanlari nomzodlari, dotsentlar talabalarga taʼlim-tarbiya berishgan.

Ushbu davrda institutdagi oʻquv, oʻquv — uslubiy, ilmiy, davlat ishlari va xalqaro aloqalar yanada yaxshilangan. Institut Vengriya, Germaniya, Polsha va Rossiyaning etakchi tibbiyot oliygoxlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 1984-yilda institutga rektor lavozimiga professor O. S. Maxmudov tayinlangan. 1987-yilda tanlov asosida professor N. X. Shomirzaev rektor etib tayinlangan. Ushbu yillarda institutda talabalar Rossiya va Ukrainaning etakchi tibbiyot oliygoxlariga ham ukishga qabul qilina boshlangan. 2 yil mobaynida ularning soni 2000 ta talabadan ziyod bulgan.

Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilga kelib bir necha oʻquv bazalarida joylashgan katta institutni boshqarishda tugʻilgan qiyinchiliklarni eʼtiborga olib institutni ikki kismga — birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlariga ajratish xakida 1990-yil 23-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori qabul qilingan.

Institut ikkiga ajratilgandan soʻng, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi professor T. A. Daminov, Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga professor X.Yo. Karimov tayinlanganlar.

Dastlab, Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida ikkita fakultet — davolash va stomatologiya fakultetlari, Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida davolash va sanitariya-gigiena fakultetlari mavjud edi.

Filiallar va malaka oshirish markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil mart oyida Urganch shahrida Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining filiali ochilgan. 1992-yilning mart oyida Fargʻona shahrida Fargʻona Davlat universiteti qoshida Tibbiyot markazi ochilgan (sanitariya -gigiena fakulteti) keyinchalik ushbu markaz Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti filialiga aylantirilgan. Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshida yangi oʻqituvchilar malakasini oshirish fakulteti tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu fakultet 1998-yilda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarini malakasini oshirish Markazi deb nomlangan. Ikki institutda ham 1998-yildan umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash dasturiga oʻtilgan. 2000-yilda yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlarni hamda mutaxassis shifokorlarni tayyorlash maksadida magistratura yunalishi tashkillashtirilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent tibbiyot akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyulidagi PF-3629 sonli farmoni asosida faoliyati tugatilgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlarining negizida yuqori malakali tibbiy xodimlarini tayyorlash sifatini oshirish va oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablariga javob beradigan zarur oʻquv va moddiy-texnik bazani yaratish, unga ilgor taʼlim texnologiyalarini kiritish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislar tayyorlanishini tibbiyot amaliyotining muayyan koʻnikmalari bilan bir vaktda egallashlarini uzviy bogʻlash maqsadida tashkil etilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]