Dok-1 Maks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dok-1 Maks — dori vositasi. Ishlab chiqaruvchisi Marion Biotech Pvt. Ltd.[1]. Hindistonda ishlab chiqarilgan. Tarkibi paratsetamol, gvayfenezin, genilefrin gidroxloridi[2].

Farmakoterapevtik guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Analgetik antipiretik guruhga mansub boʻlib xalqaro farmokologik kodi ATX N02BE51[3].

Farmakologik xususiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farmakokinetikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paratsetamol — oshqozon-ichak traktida(MIT) soʻriladi, qabul qilinganidan 10-60 daqiqadan soʻng plazmada eng yuqori konsentratsiyaga koʻtariladi.

Gvayfenezin — oshqozon-ichak traktida tez soʻriladi (isteʼmol qilingandan 25-30 daqiqa oʻtgach). Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim yemirilish davri 1 soat. U peshob bilan nofaol metabolitlar shaklida chiqadi.

Fenilefrin gidroxlorid — ogʻiz orqali qabul qilinganidan keyin soʻtilish jarayoni sekin kechadi. Ichak devori va jigar orqali oʻtish paytida monoamin oksidaza (MAO) ishtirokida metabollanadi. Qabul qilingan dozaning bir qismi peshob bilan oʻzgarmagan holda chiqadi.

Farmakodinamikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dori tarkibidagi paratsetamol oʻrganib qolishni chaqirmaydigan analgetik hisoblanadi. Bundan tashqari paratsetamol antipiretik va kuchsiz yalligʻlanishga qarshi dori vositasi hamdir. Taʼsir mexanizmi prostaglandin sintezini ingibirlash va markaziy asab tizimidagi siklooksigenaza fermentini (COX-1, COX-2) bloklash bilan bilan bogʻliq boʻlib, termoregulyatsiya markaziga va gipotalamusdagi ogʻriq retseptorlariga taʼsir qiladi. gvayfenezin esa baʼlgʻam koʻchiruvchi vosita hisoblanadi. Balgʻamning sirt tarangligini va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi, bu balgʻamning nafas olish yoʻllaridan evakuatsiya qilinishni osonlashtiradi. Fenilefrin gidroxloridi vazokonstruktiv taʼsirga ega, yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari va nazal sinuslarning shishishi hamda giperemiyasini kamaytiradi[3].

Qoʻllashga koʻrsatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabul qilish usuli va dozalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirop:

  • 12 yoshdan kattalar 10 mldan kuniga 3-4 marta
  • 6-12 yoshdagilar 5 mldan kuniga 3-4 marta
  • 2-6 yoshdagilar 2.5 mldan kuniga 3-4 marta[4]

Nojoʻya taʼsirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp hollarda kuzatiladi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bosh ogʻrigʻi
  • Bosh aylanishi
  • Terida toshmalar toshishi
  • Koʻngil aynish
  • Qayd qilish
  • Epigastral sohada ogʻriq

Kamdan-kam kuzatiladi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doza koʻp qoʻllanilsa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Diareya
  • Oshqozondan qon ketish
  • Psixomotor buzulishlar
  • Gipoglikemik koma
  • Nefrotoksik holatlar[3].

Qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dori tabletka va sirop shaklida ishlab chiqarilgan. Shifokor retseptisiz berilgan[2]. 2022-yil 27-dekabr holatida dori vositasi Oʻzbekistondagi barcha dorixonalardagi sotuvdan qaytarib olingan[5].

Dok-1 Maks voqeasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dok-1 Maks tabletki“. Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Dok-1 Maks“. Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Dok-1 Maks (sirop)“ (rus tilida). 29-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.
  4. „Dok-1“ (rus tilida). 29-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.
  5. „«Dok-1 Maks» dorisi tarkibida zaharli modda — etilenglikol topildi“ (27-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.