Xiyobon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xiyobon — meʼmoriy tartib bilan ikki tomoniga daraxt, buta, gul, oʻsimliklar ekilib yaratiladigan sayrgoh yoʻl, yoʻlka. Qadimdan qoʻllanilib kelingan. Odatda, parkbogʻlar orasi, maydonlar atrofi, sport inshootlari va boshqa joylarda barpo etiladi. Landshaft meʼmorligida X. koʻpincha atrofmuhit, binolarga uygʻunlashtirib rejalashtiriladi.