Obid Xoja xazirasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Obid Xoja xazirasi
Muqobil nomlari Obid Xoja xazirasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi xazira
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVIII asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Obid Xoja xazirasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVIII asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Obid Xoja xazirasi Mozori Daroz darvozasi qarama-qarshisida joylashgan boʻlib, eshik qismidan kirib boriladi. Xazira Xoja Saʼd maqbarasi ichkarisi joylashgan. Qurilgan paytda Obid Xoja xazirasi toʻrt tomoni devor bilan oʻrab olingan boʻlgan. Taʼmirlash jarayonida devorlar taʼmirlangan va tiklangan. Xazira shimol tomonida chillaxona mavjud. Chillaxona usti gumbazli boʻlib, oldi ustunli va ayvonli qilib qurilgan. Chillaxona ikki yon tomonidan va sharq tomonidan eshigi mavjud. Xazirada chiroqpoya yasalgan. Ammo hozirgi kunda chiroqpoyalar saqlanmagan faqatgina oʻrni saqlanib qolgan. 1999-yilgi taʼmirlash natijasida xazirada taʼmirlash ishlari olib borilgan. Taʼmir jarayonida yer ostiga qarab 1,5 metr balandlikda devor oʻrnatilgan. Xazirada qabrlar mavjud va ularga qabrtoshlar qoʻyilgan. Tarixchi Ibodat Rajabova soʻzlariga koʻra, mazkur xaziradagi qabrtoshlar ikkinchi, uchinchi marta ishlatilgan[1]. Obid Xoja xazirasidagi birinchi bitiktoshda shunday yozilgan: „Bu munavvar qabr dindor Faxriya bonu binti Hazrati Eshon ibn Muhammad Obid Xojaniki. U hijriy 1170-yilning muharram oyida vafot etgan. Dorulfanodan dorulbaqoga rixlat qildilar[2]“. Mazkur qabrtosh 1755-yilda qoʻyilgan. Ikkinchi qabrtoshda shunday yozuvlar bitilgan: „Bu munavvar sogʻona Shamsiyabonu Sultonimga tegishli. U Bibi Joʻyboriy nomi bilan mashhur boʻlgan“[3]. Joʻyboriy xojalari Obid Xoja xazirasi uchun koʻplab yerlarni vafq qilib berishgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Чор Бакр 2001, s. 91.
  2. Чор Бакр 2001, s. 92.
  3. Чор Бакр 2001, s. 93.
  4. Тўраев 2007, s. 252.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ҳусенов С, Ражабова И.. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144 bet. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309 bet.