Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston parlament saylovi (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
← 2019-yil   Oʻzbekiston  2029-yil →
Oʻzbekiston parlament saylovi (2024)
2024-yil 27-oktyabr

Oʻzbekiston parlament saylovi (2024) Oʻzbekistonda 2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi[1]. Saylovda 5 ta siyosiy partiyalar ishtirok etadi yaʼni bular Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi. Saylovlar „Mening tanlovim – Obod Vatanim“ shiori ostida oʻtkaziladi.

Markaziy Salov komissiyasi Matbuot markazining maʼlumotiga koʻra 2024-yil 27-oktyabr kuni oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari sayloviga Markaziy Saylov komissiyasining 2024-yil 26-iyuldagi qaroriga asosan start berildi[2]. Markzaiy Saylov komissiyasining 2024-yil 21-avgustdagi qarorlariga koʻra mamlakatdagi 5 ta siyosiy partiyaga saylovlarda ishtirok etish uchun ruxsat berildi [3].

Saylov jarayonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda ilk marotaba Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, yaʼni majoritar-proporsional tizim asosida oʻtkazilmoqda. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar, 75 nafari esa, proporsional tizim boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi. Saylov jarayonlari birinchi marotaba „E-saylov“ axborot tizimi orqali tashkil etilmoqda. Salovlarda Qonunchilik palatasining 150 nafar deputat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi 65 nafar deputati, viloyatlar va Toshkent shahar, 208 ta tuman (shahar) Kengashlari deputatlari saylanadi. Partiyalar tomonidan deputatlik oʻrinlari uchun 30 mingdan ortiq nomzodlar koʻrsatiladi hamda nomzodlarning jarayonlarda 90 minga yaqin ishonchli vakillari ishtirok etadi. 120 mingdan ortiq fuqarolar saylov jarayonlarini tashkil etish uchun saylov komissiyalari aʼzosi sifatida ishtirok etadi. Siyosiy partiyalar oʻzlarning yuqori organlarida nomzodlari koʻrsatish masalasini koʻrib chiqib, Markaziy Saylov komissiyasiga taqdim etmoqda, Markziy Saylov komissiyasi esa saylovda ishtirok etuvchi nomzodlarning roʻyxatini 2024-yil 22-sentyabr kuni eʼlon qiladi hamda shu kundan targʻibot jarayonlari boshlanib, 2024-yil 25-oktyabr kuniga qadar davom etadi.

  1. „Mazmunan yangi va texnologik saylovlarga start berildi“. saylov.uz (2024-yil 26-iyul).
  2. [Mazmunan yangi va texnologik saylovlarga start berildi „Mazmunan yangi va texnologik saylovlarga start berildi“]. saylov.uz (2024-yil 26-iyul).
  3. „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar“. saylov.uz (2024-yil 21-avgust).