Oʻzbekiston konstitutsiyaviy referendumi (2023)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2023-yilgi Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy referendumi eʼloni
Ommani referendumga jalb etish uchun yoʻl belgilari va simyogʻochlarga ilingan maxsus bayroqlar
Toshkent metropolitenining Bodomzor bekatida referendum targʻiboti
Toshkent metropolitenining Minor bekatida referendum targʻiboti

Oʻzbekiston konstitutsiyasi referendumi — 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha umumxalq referendumi[1]. „Konstitutsiya oʻzimizniki“ va „Befarq emasman“ shiorlari ostida oʻtkazildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Konstitutsiyasini yangilash zarurati 2021-yilning 6-oktabr kuni ikkinchi muddatga saylangan prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan[2]. Yangi tahrirdagi konstitutsiya zamon talabiga muvofiq takomillashtirilishi kerakligi alohida taʼkidlangan[3][4]. 2022-yil 20-may kuni Konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha komissiya tarkibi tasdiqlangan. Komissiya tarkibidan

Akmal Saidov, Murod Kamolov, Qutbiddin Burxonov, Aktam Hayitov, Alisher Qodirov, Odiljon Tojiyev, Mirakbar Rahmonqulov, Shuhrat Choʻlliyev, Muxtabar Xusanova, Rahim Hakimov, Mirafzal Miroqulov, Nodir Muxtorov, Gulnoza Ismoilova, Umid Obidxoʻjayev, Ulugʻbek Inoyatov, Zuhra Ibrohimova, Xayrillo Gʻafforov, Jahongir Shirinov, Sharofiddin Nazarov, Erkin Salixov, Ilhom Abdullayev, Bobur Bekmurodov, Viktor Pak, Qodir Joʻrayev, Shuhrat Polvonov, Adham Shodmonov, Yelena Kompolshchik, Davron Oripov, Toʻlqinjon Karimov, Inomjon Qudratov, Zafar Xudoyberdiyev, Malika Qodirxonova, Bahodir Tojiyev, Narimon Umarov, Boriy Alixanov, Qudratilla Rafiqov, Sodiqjon Turdiyev, Rustam Xolmurodov, Guliston Annaklicheva, Nusratulla Pardayev, Ikromxon Najmiddinov, Baxtigul Boʻtayeva, Hayotxon Ortiqboyeva, Abdurahim Erkayev, Dilbar Orziyeva, Gulnora Maʼrufova kabi mas’ullar joy olgan[5]. 26-maydan fuqarolardan "Mening konstitutsiyam" portali, Telegram-bot va koll-markaz orqali taklif yig'ish boshlandi[6]. Hududlar taqsimoti bo'yicha Toshkent shahri eng faol ekanligi va ular berayotgan takliflarda asosan jinoyat sodir etgan mansabdorlarga beriladigan jazoni og'irlashtirish kerakligi qayd etildi[7]. 18-iyun kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi uzoq muddatli missiyasi rahbari Owen Murphy Oliy Majlis deputatlariga ikkita taklifni ilgari surgan. Birinchisi, prezidentlik yoki deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda qo‘yilgan talablar – respublika hududida muayyan muddat yashagani (o‘troqlik senzi) hamda til bilishiga oid talablarni olib tashlash, ikkinchisi, muomala layoqati cheklanganlarga, ya’ni aqli norasolarga ham saylash huquqini berish[8]. Shavkat Mirziyoyev referendum o‘tkazishni taklif qildi va o'z takliflarini berdi[9]:

Albatta, xalqimizdan Komissiyaga kelib tushgan barcha muhim va dolzarb takliflarni bugun Sizlar bilan batafsil muhokama qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Men ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tdim, xolos. Komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni taklif etaman. To‘g‘ri, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, parlamentning o‘zi ham Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish vakolatiga ega. Lekin, konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bu “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” degan tamoyilga to‘la mos keladi. Shunda har bir vatandoshimiz “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” deb yuksak g‘urur bilan ayta oladi

Kiritiladigan oʻzgarishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzgartirish kiritish takliflaridagi tushunmovchiliklar ortidan Qoraqalpogʻistonda noroziliklar boʻlib oʻtgan. Namoyishlar tinchib, aybdorlar jazolangach, yangi Konstitutsiya loyihasi ustida ishlash jarayoni boshlandi. Jami 257ta norma va 64ta modda oʻzgarishi eʼlon qilindi[10][11].

Modda Amaldagi modda Taklif etilayotgan qoʻshimchalar
1 Oʻzbekiston – suveren demokratik respublika Oʻzbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat[10].
13 Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 1. Insonga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi davlat organi tomonidan koʻzlanadigan qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli boʻlishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tugʻdirmasligi kerak. 2. Insonning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.
16 Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi Oʻzbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi boʻlimida nazarda tutilgan asosiy prinsiplarga va qoidalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
17 Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi 1. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. 2. Oʻzbekiston barcha davlatlar bilan doʻstona va tinchliksevarlik tashqi siyosat olib boradi.
20 Fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. Insonning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini taʼminlash uchun zarur boʻlgan doirada cheklanishi mumkin.
22 Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas. Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
24 Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir. Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosi taqiqlanadi.
261 1. Ushlab turishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Shaxs sud qaror qabul qilmagunicha 48 soatdan koʻp muddat ushlab turilishi mumkin emas. Agar ushlab turish yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklash toʻgʻrisidagi qaror belgilangan muddatda sud tomonidan qabul qilinmasa, shaxs darhol ozod qilinishi kerak. 2. Shaxsni ushlab turish chogʻida uning huquqlari va ushlab turish asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerak. 3. Hech kim shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligiga asoslanib jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 4. Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. 5. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas. 6. Har bir inson oʻz shaxsini erkin rivojlantirish, qonun bilan taqiqlanmagan hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega. 7. Qonunda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi mumkin emas.
262 Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora koʻrib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga oʻzini himoya qilish uchun barcha sharoitlar taʼminlab beriladi. 1. Har bir shaxs advokat yordamidan oʻz tanloviga koʻra hamda jinoyat protsessining har qanday bosqichida foydalanish, shaxs ushlab turilganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan eʼtiboran foydalanish huquqiga ega. 2. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari toʻgʻrisida xabardor qilinish, oʻziga qarshi koʻrsatma bergan guvohlar bilan yuzlashtirilish, oʻz foydasiga koʻrsatma berayotgan guvohlarning chaqirtirilishi huquqiga ega. 3. Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. 4. Huquqbuzarliklardan va hokimiyatni suiisteʼmol qilishdan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga odil sudlovdan foydalana olishini va yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinishini taʼminlaydi. 5. Har bir shaxs davlat organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega. 6. Hech kim ayni bir huquqbuzarlik uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 7. Hech bir shaxs sodir etilgan paytda huquqbuzarlik deb topilmagan qilmish uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 8. Qilmish uchun jazoni istisno etadigan yoki yengillashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega. 9. Javobgarlikni belgilaydigan yoki ogʻirlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. 10. Hech bir inson rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan qonunga asosan hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.
27 Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. 1. Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz boʻlishi, shaxsiy va oilaviy siri, oʻz shaʼni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega. 2. Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqiga ega. 3. Har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali soʻzlashuvlarni, pochta-telegraf joʻnatmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
28 Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga koʻchish, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir. 1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda boʻlib turgan har bir shaxs respublika hududi boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. 2. Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega.
29 Har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim oʻzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Har kim internet jahon axborot tarmogʻiga kirish va undan erkin foydalanish huquqiga ega.
30 Oʻzbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim. 1. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga oʻz huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi shart. 2. Har kim davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, jamoat birlashmalarida, tashkilotlarda oʻzi haqida toʻplangan maʼlumotlar bilan tanishish va notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, shuningdek noqonuniy yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmagan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab etish huquqiga ega.
32 Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish oʻzini oʻzi boshqarish, referendumlar oʻtkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan masalalarni oʻz manfaatlaridan, rivojlanishning oʻziga xos tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va maʼnaviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar hamda anʼanalardan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda va qonun doirasida hal etish huquqi hamda uni amalga oshira olish qobiliyati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi deb eʼtirof etiladi.
36 Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli. Bankka qoʻyilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi. Har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, shu jumladan intellektual mulkka boʻlgan huquqqa ega.
37 Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni oʻtash tartibidan yoki qonunda koʻrsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. 1. Har kim mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga ega. 2. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning oʻzi va oilasi yashashi uchun yetarli boʻlishi kerak. 3. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. 4. Har bir ishlovchi ayol homilador boʻlgan taqdirda va tugʻish davrida haq toʻlanadigan taʼtilga hamda yangi tugʻilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun taʼtilga yoki bolani farzandlikka olish uchun taʼtilga chiqish huquqiga ega. 5. Majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.
38 Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir shaxs dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish va bayram kunlari, haq toʻlanadigan har yilgi taʼtilga chiqish huquqiga ega.
39 Har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qoʻyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas. 1. Davlat ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand va kam taʼminlangan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni qonunda belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlaydi. 2. Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur teng sharoitlarni yaratadi. 3. Nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qoʻyish, hisobga olmaslik, chetlatish, cheklash yoki ortiqcha yon bosish, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning obektlar va xizmatlardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishdan boʻyin tovlash taqiqlanadi.
40 Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. 1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham oʻz ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli. 2. Davlat sogʻliqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, tibbiy sugʻurtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur choralar koʻradi. 3. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 4. Davlat Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish boʻyicha zarur choralar koʻradi.
41 Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Har kim taʼlim olish huquqiga ega. Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga koʻmaklashadi. Davlat har bir bolaning umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishi uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqini kafolatlaydi. Bepul umumiy oʻrta taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Umumiy oʻrta taʼlim majburiydir. Maktab ishlari, maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat nazoratida boʻladi. Taʼlim boʻyicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega boʻlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim va tarbiya tashkil etiladi. Davlat isteʼdodli yoshlarning moddiy ahvolidan qatʼi nazar, taʼlimni davom ettirishini kafolatlaydi. Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi taʼlim muassasalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi. Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash jamiyat va davlatning maqsadi hamda mas’uliyatli vazifasidir. Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
411 Har kim davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy maʼlumot olishga haqli. Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada oʻzini oʻzi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega. Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar oʻrnatishga koʻmaklashadi.
42 Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qiladi. Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.
421 Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalar hamda yoshlarni maʼnaviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
43 Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi. Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson va fuqaroning Konstitutsiyada hamda qonunlarda mustahkamlangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaydi. Har bir shaxs oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
44 Har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har kim Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishi uchun inson huquqlari boʻyicha milliy va xalqaro institutlarga murojaat qilishga haqli.
45 Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirishga, ularga jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralar koʻradi.
49 Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir Tarixiy, maʼnaviy, madaniy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni himoya qilish, Oʻzbekiston xalqi maʼnaviy va madaniy merosining uzluksizligini taʼminlash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
52 Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish – Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish – Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar. Vatanga boʻlgan sadoqat muqaddasdir.
53 Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat isteʼmolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, oʻz faoliyatining yoʻnalishini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
531 Hech bir shaxs oʻz mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga oʻtkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning oʻrnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.
55 Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham boʻlishi mumkin. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi davlatga tegishli boʻlib, tadbirkorlik sub’yektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi.
56 Oʻzbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan mahallalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va shaxslarning boshqa jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi, uning mazmunini belgilaydi. Fuqarolik jamiyati institutlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishga, ijtimoiy hamda madaniy maqsadlarga erishish uchun koʻmaklashishga, jamiyatning maʼnaviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgandir.
61 Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi. Oʻzbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatayotgan barcha diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligi kafolatlanadi. Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil boʻladi.
63 Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy boʻgʻini, aholini saqlab qolish hamda koʻpaytirish negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida boʻladi. Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun zarur boʻlgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratadi. Davlat koʻp bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi.
64 Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi Bolaning manfaatlari, bolalarning toʻlaqonli, jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosidan faxrlanish tuygʻusini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
65 Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi Bolaning manfaatlari, bolalarning toʻlaqonli, jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosidan faxrlanish tuygʻusini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
70 Suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining suvereniteti Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquq va erkinliklar kafolatlanadi.
74 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz hududida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiq amalga oshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy mansabdor shaxsidir.
75 Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Qoraqalpogʻiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlanishi uchun zarur moliyaviy, moddiy, tashkiliy-texnik va boshqa shart-sharoitlarni yaratadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati oliy organlarida oʻz vakillariga ega boʻladi.
77 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati ayni bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas.
78 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini saylash; Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi Milliy maʼruzani koʻrib chiqish.
80 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari Prezident taqdimiga binoan Hisob palatasi va Sudyalar oliy kengashi raislarini tayinlash va lavozimidan ozod etish; Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini tayinlash hamda lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi prezident farmonlarini tasdiqlash; Oʻzbekistonning chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik vakillari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan hisobotlarni eshitish.
83 Qonunchilik tashabbusi huquqiga Prezident, oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston, Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolari; Oliy Majlis Senati; Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman); Markaziy saylov komissiyasi.
84 Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maʼqullanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda eʼlon qilingach, yuridik kuchga ega boʻladi. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunlarni Senatga yuborishning cheklangan muddatini (qonun qabul qilingan kundan boshlab) amaldagi 10 kundan 20 kunga uzaytirish; Senat maʼqullagan qonunlarni imzolash va eʼlon qilish uchun prezidentga yuborishning cheklangan muddatini (qonun maʼqullangan kundan boshlab) 10 kundan 20 kunga uzaytirish; Prezident Senatdan kelib tushgan qonunni imzolashi va eʼlon qilishining cheklangan muddatini amaldagi 20 kundan 2 oyga uzaytirish.
90 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas. Prezidentning vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish.
93 5. oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi. 6. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi ichki va tashqi siyosatning eng muhim strategik ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda ularning ijro etilishiga oid masalalar yuzasidan Oliy Majlisga murojaatnomalar yoʻllash, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashini shakllantirish va boshqarish, Prezident administratsiyasini, shuningdek prezident huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantirish.
98 ushbu Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. ekologiya boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish; oilani qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash, anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish; ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimi ishlashini taʼminlash; fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash.
99-102 Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Mahalliy hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar. Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi. Viloyat, tuman va shahar hokimlari oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va oʻzlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar. Hokim oʻziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi. viloyatlar, tumanlar va shaharlarda ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlari bir-biridan ajratiladi: Hududdagi ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi. Xalq deputatlari kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi. Kengashlar va hokimlar faoliyati qonun bilan tartibga solinadi. Kengashlarning vakolat muddati – 5 yil. Hududdagi ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi. Xalq deputatlari kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi. Kengashlar va hokimlar faoliyati qonun bilan tartibga solinadi. Kengashlarning vakolat muddati – 5 yil. Poytaxt va viloyatlar hokimlari prezident tomonidan, tuman-shahar hokimlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi, bu boradagi qarorlar hududiy kengash tomonidan tasdiqlanishi haqidagi qoida oʻzgarishsiz qoldirilmoqda.
105 Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular raisni (oqsoqolni) saylaydi. Raisni va oʻz boshqaruv organlarini saylaydigan mahallalar – shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridir. Mahallalar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va oʻz vakolatlari doirasida mustaqildir. Davlat mahallalar faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunchilikda berilgan vakolatlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi. Mahallalar faoliyatining huquqiy asoslari, shuningdek mahalla raisining va boshqaruv organlarining saylovi tartibi, vakolatlari hajmi qonun bilan belgilanadi.
109 1) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; Konstitutsiyaviy sud fuqarolarning va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini koʻrib chiqadi.
111 Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadi. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. Sudyalar oliy kengashi – sudyalar hamjamiyatining sud korpusi shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlovchi mustaqil organidir.
112 Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Sudyalarni almashtirib boʻlmaydi. Ularning vakolatlari faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga koʻra tugatilishi yoki toʻxtatilishi mumkin.
116 Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat koʻrsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi. Har kimga malakali yuridik yordam olishga boʻlgan huquq kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam bepul koʻrsatiladi. Tergovning va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordamga boʻlgan huquq kafolatlanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish uchun mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish prinsiplariga asoslangan advokatura faoliyat koʻrsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. Advokat shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
117 Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylovni Markaziy saylov komissiyasi oʻtkazadi.
122 Oʻzbekiston Respublikasi oʻz moliya va pul-kredit tizimiga ega. Oʻzbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida Davlat budjetini va davlat qarzini shakllantirish hamda ijro etish tartibi ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonunda belgilanadi.

Referendumga munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston konstitutsiyasi referendumi
Tanlash Ovozlar %
Referendum passed Ha 15 040 055 90.61
Yoʻq 1 633 134 9.39
Qabul qilingan ovozlar 16 593 425 99,56
Bekor qilingan yoki nomaʼlum ovozlar 73 672 0,44
Jami ovozlar 16 667 097 100.00
Roʻyxatdan oʻtgan saylovchilar yoki kelganlar 19 722 809 84,51
Manba: [12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Референдум по новой Конституции Узбекистана назначен на 30 апреля“.
  2. „Ўзбекистонда конституцияни такомиллаштириш масаласини кўриб чиқиш режалаштирилмоқда“.
  3. „Барча номзодларнинг сайловолди учрашувларида конституциявий ислоҳотлар қилиш таклифи илгари сурилган – Акмал Саидов“.
  4. „«Етмиш марта ўйлаб, қарор қилиш керак» — Шавкат Мирзиёев асосий қомусни янгилаш тўғрисида“.
  5. „Конституциявий ислоҳотлар бўйича кенгаш таркиби тасдиқланди“.
  6. „Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha fuqarolardan taklif yig‘ish boshlandi“.
  7. „967 ta taklif va Toshkent shahri eng faol - Konstitutsiyaviy komissiya brifing o‘tkazdi“.
  8. „YeXHT O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha takliflar berdi“.
  9. „Shavkat Mirziyoyev referendum o‘tkazishni taklif qildi“.
  10. 10,0 10,1 „Konstitutsiyaga taklif etilayotgan oʻzgarishlar roʻyxati“. Kun.uz (2022-yil 25-iyun). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  11. „O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi“. LexUz (1992-yil 8-dekabr). Qaraldi: 19-aprel 2023-yil.
  12. „Объявлены окончательные итоги референдума в Узбекистане“.